Xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy usullari,tarmoqni muhofaza qilishning birinchi (yoki oxirgi) chegarasi hisoblanadi va tarmoqdan foydalanish tartibi va qoidalari barcha foydalanuvchilar uchun majburiyligini,
shuningdek, kompyuter xonalarida foydalana olish qoidalarini cheklanganligini aniqlaydigan bir qancha ko‘rsatmalar to‘plami hisoblanadi.
Xavfsizlikni ta’minlashning texnologik usullari, istalgan tizimni muhofaza qilishning asosi sifatida qaralishi mumkin. Har qanday
texnologik yechim tashkiliy, apparatva dasturiy vositalardan foydalaniladi. Texnologik yechimlarga quyidagilar kiradi:
- paketlarni filtrlash;
- tizimning monitoringi va auditi;
-ro‘yxatga olish jurnallarini avtomatik tarzda yuritish;
- tarmoqdan olisdagi foydalanuvchilar bo‘lganida “teskari qo‘ng‘iroq qilish” tizimi.
Dasturiy vositalarni muhofaza qilish, eng keng tarqalgan vositalarga kiradi, chunki ular yordamida deyarli barcha muhofaza qilish g‘oyalari va usullari ishlatilishi mumkin, bundan tashqari, apparatvositalariga nisbatan ular ancha arzondir. Xavfsizlikni ta’minlashning dasturiy vositalari yordamida deyarli barcha tarmoqlararo ekranlar va ko‘plab kriptografik muhofaza qilish usullaridan foydalanilgan. Ularning asosiy kamchiligi bo‘lib, xakkerlar tomonidan foydalana olish imkonihisoblanadi, ayniqsa bu bozorda keng tarqalgan muhofaza qilish vositalariga bog‘liq, shuning uchun original muhofaza qilish dasturiy vositalarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Apparatli muhofaza qilish vositalari,tizimning eng yaxshi muhofaza qilingan qismiga tegishli bo‘lib, ular yordamida istalgan muhofaza qilish konsepsiyasi ishlatilishi mumkin, lekin ishlatilish narxi shunga o‘xshash vazifani bajaradigan dasturiy vositalarga nisbatan qimmatdir. Shuning uchun apparatli muhofaza qilish vositalaridan foydalanish yaxshi natijaga erishish mumkin, chunki tarmoqda har qanday bevosita aralashuvga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday ishlashini o‘rganish ularga faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri fizik foydalana olish bo‘lganda malga oshirish mumkin. Apparatli vositalarning boshqa afzalliklari muhofaza qilish dasturiy vositalariga nisbatan ularning yuqori unumdorligi hisoblanadi (ayniqsa, ular kriptografik muhofaza qilish qurilmalarida foydalanilganda).
Apparat-dasturiy muhofaza qilish vositalari. Ishlash parametrlarini dasturiy usullar bilan sozlanishiga ruxsat beradigan texnologik qurilmalardan foydalanishga asoslangan vositalar hisoblanadi. Ular oldingi ikki usullar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvhisoblanadi va apparatli tizimlarining yuqori unumdorligi va dasturiy vositalar sozlanishining ixchamligini birlashtiradi. Bunday turdagi qurilmalarning na’munaviy vakili - paketli filtr sifatida sozlanishiga ruxsat etadigan CISCO firmasining apparatli marshrutizatorlar hisoblanadi. Dasturiy boshqarishni ishlatilishiga ko‘ra apparatli vositalarni quyidagi ikki:
ular ulangan telekommunikatsiya tarmog‘i yordamida o‘z dasturiy sozlanishini ko‘zda tutadigan;
telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanganda maxsus qurilma yordamida o‘z ishini dasturlanishini talab qiladiganturiga ajratish mumkin.
Ikkinchisi shunday ma’lum afzallikka egaki, telekommunikatsiya tarmog‘iga ulangandan keyin ularning dasturini o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Nazorat savollari
Amalga oshirish usullari bo‘yicha telekommunikatsiyatizimlarining xavfsizligini ta’minlashning choralariga tavsif bering?
Fizik muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq ravishda ruxsat etilmagan tarzda ochishni nazorat qilishni qanday vositalar va usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin?
Ruxsat etilmagan tarzda foydalana olishni payqash faolligi bo‘yicha muhofaza qilish vositalari turlariga tavsif bering?
Telekommunikatsiya tizimlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ogohlantirish choralari, usullari va vositalarining kompleksi nimalarni o‘z ichiga oladi?