Metamorf tog‘ jinslari
Birlamchi va ikkilamchi jinslarni har xil fizik, kimyoviy va mexanik jarayonlar (jinslar o‘rtasidagi o‘zaro reaksiyalar, tektonik jarayonlar, gazlar ta’siri, harorat, yuqori bosim) ta’sirida xossalari va shaklining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan jinslardir. Metamorf jinslar tabiatda turli kattalikda, kristall va qatlamli slanets shakllarda uchraydi. Ko‘pgina metamorf jinslar tuzilishi bo‘yicha otilib chiqqan jinslarga o‘xshaydi. Metamorf tog‘ jinslariga quyidagilar kiradi: gneyslar, marmar, kvarsitlar, slanets, asbest.
Metamorf tog‘ jinslarini tashkil etuvchi minerallarni bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin: magmatik yoki birlamchi tog‘ jinslari hamda metamorf jinslari tarkibida uchraydigan minerallar (dala shpati, kvars, slyuda, rogovaya obmanka, piroksenlar, olivin va boshq.); cho‘kindi jinslar tarkibida uchraydigan oddiy minerallar (kalsit, dolomit), shuningdek, metamorf jinslarning o‘zidagina uchraydigan tubdan o‘zgargan maxsus minerallar. Qurilishda ishlatiladigan asosiy metamorf jinslarning ayrimlari bilan tanishamiz.
Gneys - granit, kvars por-firlari va ayrim konglome-ratlarning atmosfera ta’sirida ko‘rinishi va xususiyatlari o‘zgar-gan, yaxlit yoki yupqa slanetslar qatlamidan tashkil topgan jins (5.7-rasm). Ular tarkibi bo‘yicha granitga o‘xshash. Zichligi 2400– 2800 kg/m3, siqilishdagi mustah-kamlik chegarasi 120–200 MPa. Gneys xarsangtosh, beton uchun yirik to‘ldirgich, yo‘lkalar uchun plita sifatida ishlatiladi.
Loysimon slanetslar - loyning yuqori bosim ostida qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan qattiq loysimon kulrang jins. Suv ta’sirida namlanmaydi. Tarkibida, asosan, kvars, slyudalar va tuproq bor. Loysimon slanets yupqa (qalinligi 2,5 mm. dan katta) plastinkalar tarzida tilinadi. Bunday plastinkalar tom va qoplama ashyolar sifatida ishlatiladi. Undan tashqari, pol qurishda va elektr tokidan muhofazalovchi taxtachalar tayyorlashda ham qo‘llaniladi.
Marmar – kristalli kalsit donalaridan tashkil topgan zich jins. Unda slyuda, dala shpati, kvars, temir oksidi va ko‘mir birikmalari ham bo‘ladi. Toza marmar oq rangda, agar unda marganets va temir birikmalarining aralashmalari bo‘lsa, qizil, binafsha, kulrang, hatto qora bo‘lishi mumkin.
Marmarning qattiqligi 3–4, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 80–300 MPa, zichligi 2600–2800 kg/m3. Marmarni arralash, silliqlash va pardozlash qiyin emas. Ammo u kislotalar, atmosferadagi gazlar va karbonat suvlari ta’sirida buziladi. SHu sababli marmar binoning ichki qismini qoplashda, shuningdek, haykaltaroshlikda, zinapoya va pol plitalarini tayyorlashda mozaik betonlar uchun to‘ldirgich sifatida ko‘p ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |