3-MA’RUZA Reja: 1. Issiqlik uzatuvchi quvurlarning turlari. 2. Issiqlik uzatuvchi quvurlarni bino ichiga o’rnatish. 3. Issiqlik uzatuvchi quvurlarni isitish asboblariga ulanishi.
Issiqlik uzatuvchi quvurlarning turlari. Ma’lumki, issiqlik uzatuvchi quvurlarning asosiy vazifasi - suv va bug’dan iborat issiqlik tashuvchilarni isitish asboblariga eltib berish va ularda sovigach qozon qurilmalariga (issiqlik man’baiga) qaytarishdir. Shuning uchun quvurlarni issiqlik o’tkazuvchi quvurlar deb ham aytish mumkin. Issiqlik o’tkazuvchi quvurlar vertikal va gorizontal joylashgan bo’lishi mumkin. Vertikal joylashgan issiqlik qurilmalarining quvurlari magistral, tik va ulama quvurlardan iborat bo’ladi (11-rasm).
Issiqlik qurilmalarining uzatuvchi magistral quvurlari va tarqatuvchi magistral quvurlardagi issiqlik tashuvchining harakat yo’nalishi bir xil yoki qarama-qarshi tomonga yo’nalishi mumkin.
Shuning uchun issiqlik qurilmalarida issiq suvni harakatining yo’nalishiga qarab yo’l-yo’lakay va boshi berk holatda harakat qiluvchi suv magistral quvurlari deb ataladi.
Yuqorida keltirilgan rasmda issiq suvni uzatuvchi (T1) va qaytaruvchi (T2) magistrallarning vertikal tik quvuri ko’rsatilgan. Bu sxemada yuqoridan tarqatuvchi va qaytaruvchi vertikal magistral quvurlar bo’ylab, issiq suvning harakat yo’nalishi bir tomonlama intilgan, bo’lganligi uchun suvning quvurlararo yo’l-yo’lakay harakatini kuzatish mumkin. Xuddi shuningdek 1, b va 2, b rasmda issiqlik tashuvchining boshi berk halqada harakatlanuvchi issiq suvning magistral quvuri ko’rsatilgan. Bu sxemada issiq suvni tarqatuvchi magistral quvurlardagi suvni harakati bir biriga qarama-qarshi bo’lgan harakatga ega. Magistral quvurlarning joylanishiga bog’liq holda, issiqlik tarqatuvchi qurilmalar yuqoridan tarqatuvchi (11-rasm, a), pastdan tarqatuvchi (11-rasm, b va 12-rasm, b) magistral quvurlar sxemasi deyiladi. Issiq suv tarqatuvchi magistral quvurlar pastdan uzatuvchi sxemadan iborat bo’lsa, uzatuvchi (T1) ham qaytaruvchi (T2) ham pastida joylashgan bo’ladi.
Issiq suv tizimi to’ntarilgan vertikal quvur tizimidan (11-rasm v) issiq suvni tarqatuvchi (T1) issiqlik quvurlaridan pastda, qaytaruvchi esa issiqlik magistral (T2) balandda bo’ladi.
Issiqlik uzatuvchi quvurlar materialining turiga ko’ra quyidagicha bo’ladi: po’latdan; misdan; shisha; plastmassa va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |