17-rasm. Bir (a-v) va ikki (g) quvurli vertikal isitish tizimida quvurlarning isitish asboblariga bir tomonlama ulanishi: 1 - isitish asboblari; 2 – bir quvurli tik quvurlar, 3 – o’qi siljitilmagan birlashtiruvchi tik quvurlar; 5 va 6 – ikki quvurli tik quvurlarda isitish tizimlariga issiqlik uzatuvchi va qaytaruvchi quvurlar; 7 – o’qdan siljitilgan tutashtiruvchi quvur; 8 – siljitilmagan tutashtiruvchi quvur.
Bunday tartibdagi isitish tizimidagi bog’lamda isitish asbobidan o’tayotgan issiqlik miqdori tutashtiruvchi quvurdan o’tayotgan issiqlik miqdoridan doimo kam bo’ladi. Bunda o’rnatilgan o’tkazuvchi boshqaruv jo’mragi (BJ) yordamida issiqlik miqdorini to’liq yoki yarimini tutashtiruvchi quvur orqali o’tkazib yuborish mumkin, ya’ni tutashtiruvchi quvurda issiqlik miqdorining maksimal miqdorigacha o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Uskunalar bog’lamining uchinchi turi (17-rasm, v) uch tomonlama boshqariluvchi jo’mrak (BJ) va aylanma quvur (ular ham o’qdan siljitilgan yoki siljitilmagan holda bo’ladi), bo’limlaridan iborat bo’ladi. Bunda BJ orqali jami issiqlik miqdorini isitish asbobi orqali o’tkazishga, yoki uni to’liq yopish imkoniyatiga ega bo’linadi.
Agar suv va bug’ bilan ishlayotgan isitish tizimlari ikki quvurli bo’lsa, ularga ulangan isitish asbobi tarqatuvchi va qaytaruvchi quvurlarning har biriga alohida ulanadi (17-rasm, g).
Ma’lumki, uzatuvchi quvurlardan issiq suv va bug’ tarqatilsa, qaytaruvchi quvurlardan sovigan suv yoki kondensat olib ketiladi. Uskunalar tizimi ikki quvurli tik quvurlar ko’rinishida bo’lganda, issiqlik tashuvchi suv bo’lsa ikki tomonlama boshqariluvchi jo’mrak (IBJ), agar bug’ bo’lsa bug’ ventillari o’rnatiladi.
18-rasm. Bir quvurli (a, b), ikki quvurli (v) va yuqoridan uzatuvchi tik quvurlarga isitish asboblarining ulanishi: 1- tik quvur o’qidan siljitilgan uzatma; 2 - UBJ; 3 - tik quvur o’qidan siljitilgan uzatma; 4 - O’BJ; 5 - IBJ.
Vertikal joylashtirilgan bir quvurli issiqlik qurilmasiga isitish asbobi bir xil uzunliklarda uzatma quvur yordamida jo’mrak bilan (18-rasm, a) yoki jo’mraksiz (18-rasm, a, b, v, g) bir tomonidan ulanadi.
Bug’ yordamida ishlayotgan isitish tizimlarining qaytaruvchi magistral quvuridan kelayotgan kondensatni qaytarish uchun isitish asbobining pastki tomonidan olib chiqib ketishi kerak bo’lgan holda (19-a, rasm) isitish asbobi uzatuvchi magistral quvurlarning oxirgi uchida joylashsa (19-b, rasm), yirik isitish asbobini o’rnatish shart bo’lgan (19-v, rasm) taqdirda va ikkidan ko’p isitish asboblari ilgakli birlashtirilgan paytida isitish asboblari bevosita ikki tomonlama ulanadi.
19-rasm. Issiqlik tashuvchining isitish tizimida yuqoridan pastga harakatlanganda quvurlarni isitish asboblariga har tomonlama ulanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |