Operatsion tizim yadrosi. BIOS kompyuterning apparat ta’minotini to’liq tekshirib
bo’lgach, boshqaruv operatsion tizim yuklovchisiga uzatiladi, natijada operatsion tizim
yadrosi kompyuter operativ xotirasiga yuklanadi.
Kompyuter ishga tushirilgandan boshlab, ish seansini tugashiga qadar operatsion tizim
yadrosi kompyuterning operativ xotirasida bo’ladi, boshqa barcha tizimli yoki amaliy
dasturiy komponentlarning ishlashi operatsion tizim yadrosi bilan o’zaroaloqada amalga
oshiriladi.
Operatsion tizim yadrosi istalgan jarayonni to’xtatishi mumkin, lekin aksincha
bo’lishi mumkin emas, yadro dasturlar bajara olmaydigan instruksiyalarni bajarishi,
dasturlarni o’zini esa bajarmasligi mumkin.
Amaliy dasturiy ta’minotlar OT yadrosi ichida va uning boshqaruvi ostida ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |