ketadi. Bu holat nervni fallajlovchi ta’sirga ega bo‘lgan zaharli moddalar bilan zaharlanganda
vujudga keladi, ta’sirlovchi zaharli moddalar, azot kislota va uning bug‘laridan nafas olganda
vujudga keladi.
Anemik gipoksiya- bu qon tarkibida gemoglabin kamayishi va ba’zi zaharli moddalardan
zaharlanish natijasida qon tarkibida metgemoglabin hosil bo‘lganda rivojlanadi. Metgemoglabin
qon tarkibida 20-50% ni tashkil qilishi mumkin. Agar qon tarkibida 50% dan oshib ketsa,
gipoksiya holati ro‘y beradi.
Dimlangan (sirkulyar) gipoksiya- bunda qon harakati sekinlashadi. Bu gipoksiya azot kislota,
bo‘g‘uvchi ta’sirga ega bo‘lgan zaharli moddalar, nervlarni fallajlovchi zaharli moddalardan
zaharlanganda yaxshi rivojlanadi.
Gistotoksik gipoksiya- bunda kislorodning qondagi va to‘qimalarning to‘qimalarga tashilishi
o‘zgarmaydi, lekin keltirilgan kislorod to‘qimalar tomonidan o‘zlashtirilmaydi, buning natijasida
qon tarkibidagi kislorod mio‘dori 15-18% ni tashkil etadi. Karbonat angidrit esa kamayib ketadi.
Bu holat organizmda vitamin V va vitamin RR etishmaganida, endokrin buzilishlarida,
narkotiklar ta’sirida ham rivojlanishi mumkin.
Gipoksiya rivojlanishi va davom etishi muddatiga qarab- yashin tezlikda o‘tuvchi, o‘tkir va
surunkali turlariga bo‘linadi.
YAshin tezlikda kechuvchi gipoksiya- inert gazlari ( azot,metan, geliy ) sianid kislota bug‘laridan
kislorodsiz havoda nafas olgandan so‘ng 1-1,5 daqiqa bemor hushdan ketadi va halok bo‘ladi.
O‘tkir gipoksiya turi- zaharli moddalardan zaharlanganda, tog‘ kasalligida samolyotlarda
uchayotganda, kislorod miqdori kam bo‘lgan gaz aralashmalaridan nafas olganda vujudga keladi.
Surunkali gipoksiya turi- organizmda nafas a’zolari, yurak-tomir kasalliklari natijasida
rivojlanadi. Bir oz qo‘zg‘alishdan so‘ng charchash, loqaytlik, uyquchanlik, boshning og‘irlashuvi
ro‘y beradi. Psixik o‘zgarishlar yuz beradi, jismoniy va aqliy mehnat qobiliyati pasayib ketadi,
ish bajarganda yurak urishi tezlashadi, nafas siqiladi, ko‘karish paydo bo‘ladi.
Kislorod etishmovchiligi natijasida paydo bo‘lgan klinik simptomlarga ko‘k va kulrang
gipoksiyalar misol bo‘ladi.
Ko‘k gipoksiya belgilari- perifirik va vena qon tomirlarida qon harakatining susayishi
tufayli teri qavatlari va shilliq qavatlarning rangi ko‘kimtir-qizil rangda bo‘ladi. Nafas qisilishi
kuchayadi, yurak-qon tomirlar sistemasi tomonidan o‘zgarishlar uncha rivojlanmagan bo‘ladi,
harakatlar buziladi, qon tarkibida karbonat angidrid ko‘payadi. (giperkapniya)
Kulrang gipoksiyaning belgilari: terio‘avatlari kul rangga kiradi, nafas olishi kuchayadi,
yurak-tomir sistemasida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, hushdan ketish kuzatiladi va kislorod
etishmovchiligi rivojlanadi, qon tarkibida karbonat angidrit miqdori kamayib ketadi. Bunday
holatlar bug‘uvchi ta’sirga ega bo‘lgan zaharli moddalardan zaharlanganda, terida paydo
qiluvchi zaharli moddalardan nafas olganda vujudga keladi.
Sun’iy nafas oldirish usullari
Nafas to‘xtashi belgilari: og‘iz va burunda havo oqimining yo‘qligi, ko‘krak qafasining
ko‘tarilib tushmayotganligi kabilarda ifodalanadi.
Sun’iy nafas oldirish uchun bemor chalqancha yotqiziladi. Og‘zini ochib tozalanadi, tish
protezlarni olinadi. Boshni orqaga engashtirib, til halqumni yopmasligiga e’tibor beriladi. Sun’iy
nafas oldirish maqsadida hozir Silvestr, SHefer, Lobardo, Ruben usullaridan keng
foydalaniladi. Sun’iy nafas oldirishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri Silvestr usulidir. Bu
quyidagicha bajariladi: Bemor chalqancha yotqizib qo‘yiladi. Sun’iy nafas oldiradigan odam
bemorning bosh tomoniga o‘tib, uning ikki bilagidan tutadi. Qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, bosh
tomoniga keltiradi. Bunda ko‘krak qafasi kengayadi va bemor nafas oladi. Bemorning qo‘llarini
tezlik bilan pastga tushirib, ko‘krak qafasining pastki qismiga bosiladi va nafas chiqariladi.
Bunday harakat ritmik ravishda minutiga 16-18 marta takrorlanadi va nafas olish
yaxshilanguncha davom ettiriladi.
Asfiksiya vaqtida SHefer usulidan ham foydalanish mumkin. Bunda bemor qorni bilan
yotqiziladi. Yordam beruvchi bemor dumbasiga o‘tirib oladi va qo‘llari bilan bemor ko‘krak
qafasining pastki qismini bosadi - natijada bemor nafas chiqaradi. Ko‘krak qafasini bosish
to‘xtatilgach, u asl holatiga qaytadi, nafas olinadi. Qovurg‘alar chetini qo‘l bilan yuqoriga
ko‘tarish va uni kengaytirish nafas olish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Bunday harakat
minutiga 16-18 marta takrorlanadi.