3-ma`ruza: Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning umumiy tamoyillari.
Yuqori nafas yo‘llarini tiklash. Qayta jonlantirish
Reja:
1. FVlarda shikastlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tarmoqlari va ularning vazifalari
2. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari
3 Yuqori nafas yo‘llarini tiklash
4 Yurak massaji muolajasini bajarishga doir ko‘rsatma va uning texnikasi
Kasallik haqida umumiy ma’lumot.
Kasallikni davolashdan oldin ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash muhim
ahamiyatga ega. Biologiya fani ta’limotiga ko‘ra, organizm tashqi muhit bilan chambarchas
bog‘langan. Demak, kasallik organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikning biror
darajada buzilishi natijasida organizm faoliyatining o‘zgarishidir.
Kasallikning kelib chiqishida organizmning reaktivligi ham benihoya katta ahamiyatga ega.
Reaktivlik organizmning tashqi muhit ta’siriga o‘z hayot faoliyatini o‘zgartirib javob berish
qobiliyati demakdir. Organizmning reaktivligida nerv tizimi, bosh miya po‘stlog‘i alohida o‘rin
tutadi. Kasalliklarning ro‘yobga chiqishida organizmning xususiy reaktivligi katta ahamiyatga
ega.
Kasallik bu turmushning bir shakli bo‘lib, o‘zining kechish jarayoni va kechishiga ega.
Ba’zi hollarda bir kasallikning o‘zi turli organizmda turlicha belgilar bilan o‘tadi. M,
zotiljam bir
bemorda yo‘talish, balg‘am ko‘chirishi, nafas olishning qiyinlashuvi bilan kechsa, boshqasida bu
belgilar bo‘lmasligi, bemor faqat bosh og‘rig‘i va ishtahasi yo‘qligidan shikoyat qilishi mumkin.
Bu hodisa organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatiga va kasallikdan himoyalanish
kuchiga bog‘liq. Kasallikning avj olishi esa uni keltirib chiqargan sababga bog‘liq. Kasallik
sababini aniqlash uning oldini olish, to‘g‘ri diagnoz qo‘yish va davolashda katta ahamiyatga ega.
Bu haqda I.P.Pavlov shunday degan edi: “ Kasallikning kelib chiqish sababini aniqlash, uning
oldini olish va tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik demakdir”.
Kasallikning kelib chiqish sababi ikki xil:
1.
Ekzogen sabablar- tashqi muhit ta’sirida kelib chiqadigan kasallik sabablari.
2.
Endogen sabablar- ichki muhitning o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan
sabablar.
Ekzogen sabablar bir necha xil: mexanik(yaralanish, shikastlanish), fizik (yuqori va past
harorat, organizmga elektr tokining ta’siri), kimyoviy( jangovor zaharli moddalar, sanoat
zaharlari, sifatsiz oziq-ovqatlar), biologik( turli xil kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar,
vaksina va zardoblar) sabablar bo‘lishi mumkin.
Endogen sabablarga organizmning o‘zida yuz beradigan o‘zgarishlar bilan birga, ota-
onalardan orttirilgan yoki hayotda paydo bo‘lgan xususiyatlar ham kiradi. Kasallikka to‘g‘ri
tashxis qo‘yishda uning belgilarini bilish kerak. CHunki har xil kasallikning o‘ziga xos belgisi
bor. Bular ob’ektiv va sub’ektiv belgilardir.
Sub’ektiv belgilar to‘plash jarayonida bemorning shikoyatlariga qarab aniqlanadi. M,
bosh og‘rig‘i, behollik, ko‘z tinishi va boshqalar. Sub’ektiv belgilar ta’sirida ob’ektiv belgilarni
ko‘ramiz. Bunda kasallik belgilari ko‘zga yaqqol tashlanadi. M, badanda toshmalar toshishi, ko‘z
qizarishi, elektrokardiogramma, ichki a’zolarni rentgen apparati yordamida tekshirish. Har
qanday kasallik asosan ikki xil bo‘ladi:
O‘tkir turi- ba’zi kasalliklar to‘satdan boshlanib, uzoqqa cho‘zilmaydi.