tashvishlantiruvchi ba’zi belgilariga qarshi davo choralarini qo‘llashdan iborat. M, yurak
parogida- nafas qisilishi, kuchli yo‘tal, yurak sohasida og‘riq, badanda shish, uyqusizlik va
boshqa belgilar paydo bo‘ladi. Bunday yo‘talni vaytarish uchun- kodein beriladi. Uyqusizlikda
uyqu keltiruvchi dorilar beriladi. Og‘riqni qoldirish uchun og‘riq qoldiruvchi dorilar buyuriladi.
Bu tadbirlar garchi yurak parogini davolashga qaratilmagan bo‘lsa ham, bemorni bezovta
qiluvchi og‘riq va ba’zi boshqa belgilarini yo‘qotadi.
Bemorni davolashda bir qancha davo tadbirlari birga qo‘llanilishi- kompleks davolash
deb yuritiladi. Parhez choralari, kurort sanatoriylar, fizioterapevtik davo tadbirlari, dori-
darmonlar shular jumlasidandir.
Nafas fiziologiyasi to‘g‘risida tushuncha
Nafas fiziologiyasi- inson organizmining kislorod yutib, karbonat angidrit chiqarishiga
aytiladi. Kishining nafas olish jarayoni uch fazadan iborat: tashqi nafas olish, havoning qon
yordamida o‘pka alveolalariga tushishi, ichki nafas olishdan iborat. Tashqi nafas olishning
me’yorida bo‘lishi havo tarkibiga, o‘pkaning xayotiy sig‘imiga, havo yo‘llarining
o‘tkazuvchanligiga, kichik qon aylanish doirasining holatiga, nafas olishning chuqurligi va
soniga bog‘liq.
Atmosferadan nafas olinayotgan havoning tarkibi doimo har xil bo‘ladi.
Kislorod
Azot
So
2
Suv bug‘lari
Atmosfera havosi
20,95%
78,07%
0,04%
0,094%
O‘pka alveolalaridagi
havo
13,4%
74%
5,6%
7%
Nafas bilan
chiqariladigan havo
16,4%
75%
4,1%
4,5%
Gipoksiya turlari
Organizm to‘qimalarining kislorod bilan etarli miqdorda ta’minlanmasligi to‘qimalarda
kislorod etishmasligiga olib keladi, ya’ni –gipoksiya holati rivojlanadi. SHu sababli organizmga
qo‘shimcha kislorod kiritishga to‘g‘ri keladi.
Nafas olinadigan havo tarkibida kislorod miqdori oshirilganda, alveolalarida uning bosimi
oshib ketadi, natijada qon tarkibidagi etishmay qolgan kislorod miqdori to‘ldiriladi va
organizmdagi kislorod (miqdori) muvozanati tiklanadi.
Kislorod tanqisligiga markaziy nerv sistemasi ayniqsa sezgir bo‘ladi. Birinchi galda bosh miya
shikastlanadi, bosh miyada moddalar almashinuvining o‘tishi organizmning boshqa a’zolariga
qaraganda kislorodni juda ko‘p talab qiladi. Bosh miyaning og‘irligi tana og‘irligining 2% ni
tashkil etadi. Bosh miya organizmdagi kislorod miqdorining 25% ni o‘zlashtiradi.
Organizmda kislorod etishmasligining kelib chiqishiga qarab ikki xilga: tashqi va ichki
sabablar natijasida paydo bo‘ladigan xillarga ajratish mumkin. Tashqi sabablar natijasida paydo
bo‘ladigan kislorod etishmasligida, nafas oladigan havo tarkibida kislorod miqdorining keskin
kamayishi kuzatiladi. Bu holat samolyot yuqoriga ko‘tarilganda kuzatiladi.
Ichki sabablar tufayli paydo bo‘ladigan kislorod etishmasligida organizmning patalogik
jarayon vujudga kelishi asosiy o‘rinni egallaydi.1949 yil Kiev shahrida quyidagi gipoksiya
holatlari tasnifi qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: