3-ma’ruza 3-Mavzu: Standartlar bo‘yicha xujjatlar



Download 29,37 Kb.
bet1/2
Sana18.10.2022
Hajmi29,37 Kb.
#853792
  1   2
Bog'liq
M1


3-MA’RUZA
3-Mavzu: Standartlar bo‘yicha xujjatlar.
Reja:
3.1. Standartlarni tartibga solish bo‘yicha texnik qumitalar xaqida.
3.2. Standartlashtirish xujjatlarni axamiyati ishlab chiqarish texnologiyasidagi o‘rni
3.1. Standartlarni tartibga solish bo‘yicha texnik qumitalar xaqida.
Texnik jihatdan tartibga solish — mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish;
Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi — mahsulotning, uni loyihalash, ishlab chiqarish, ishlatish (undan foydalanish), montaj qilish, sozlash, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utilizatsiya qilish jarayonlarining, bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarning holati bo‘lib, bunda insonning hayotiga, sog‘lig‘iga, atrof muhitga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga zarar etkazilishi ehtimoli bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilmaydigan xavf mavjud bo‘lmaydi;
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar — texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;
Texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
Umumiy texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
Maxsus texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umumiy texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar va xizmatlar ayrim turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
Savdodagi texnik to‘siqlar — mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud bo‘lgan tafovutlari yoki o‘zgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan to‘siqlar.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash;
atrof muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi xususida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish.
Mamlakatda texnik reglament tizimini shakllantirish birinchi navbatda milliy ishlab chiqarishni himoyalash va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini milliy iqtisodiyot manfaatlarida qo‘llashga ya’ni, davlat texnologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Bunday mazmundagi Qonunni qabul qilishdan maqsad eski texnik iqtisodiy xo‘jalik yuritish tizimidan yangi iqtisodiy boshqaruv tizimiga o‘tish va texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, Butunjahon savdo tashkilotiga(VTO). azo bo‘lishda texnik qto‘siqlarking oldini olish hamda ushbu tashkilot Kelishuvlari talablari to‘lik bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilarning chet el hamkorlari bilan teng rakobatlashishiga imkoniyat yaratadi.
Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy maqsadi - fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, jismoniy va yuridik shaxslar va davlat mulkini himoyalash, atrof-muhit muhofazasi, xayvonot va o‘simliklar xavfsizligi shuningdek, iste’molchilarni chalg‘itishga qaratilgan harakatlarni bartaraf kilishga karatilgan texnik reglamentlar qabul qilinishiga erishishdir.
O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar.
1. O‘zneftmahsulot «O‘zbekneftgaz» MXK, «O‘zlitineftgaz» OAJ 100029, Toshkent shahri, T.SHevchenko ko‘chasi, 2
2. Paxta "O‘zpaxtasanoat" uyushmasi 100070, Toshkent shahri SHota Rustaveli ko‘chasi, 8A uy
3. Don mahsulotlari AK "O‘zdonmahsulot" 100060, Toshkent shahri, SHaxrisabz ko‘chasi 36,
4. Oziq-ovqat sanoati Oziq-ovqat sanoati korxonalari assosiatsiyasi Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 73A .
5. Alkogol mahsulotlari "O‘zvinosanoat-xolding" AJ 100011, Toshkent shahri, Abay ko‘chasi -6,
6. Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi va urug‘ etishtirish Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chilik va urug‘ etishtirish Respublika birlamchi stansiyasi 100004, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 4.
7.Aloqa va informatika Aloqa, axborot va telekommunikatsion qo‘mitasi 100000, Toshkent shahri, Amir Temur prospekti, 4.
8. Avtomobilsozlik "O‘zavtosanoat" AK 100007, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 30.
9. Davarxitektqurilish Arxitektura va qurilish Davlat qo‘mitasi 100011, Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 6
10. Kimyo sanoati "O‘zkimyosanoat" DAK 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 38
11. Engil sanoat mahsulotlari "O‘zbekengilsanoat" AK 100100, Toshkent shahri, YAkkasaroy tumani, Bobur ko‘chasii, 45
12. Ipak sanoati mahsulotlari
13. O‘zbekcharmpoyabzal "O‘zbekcharmpoyabzal" assotsiatsiyasi 100174, O‘zbekcharmpoyabzal, Beruniy ko‘chasi, 41.
14. Mudofaa sohasida Respublika xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 100000, O‘zbekcharmpoyabzal, M.Ulug‘bek ko‘chasi, 100
15. Avtomobil va daryo transportini standartlashtirish O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi 100128, O‘zbekcharmpoyabzal, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3 uy
16. Uzluksiz ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekcharmpoyabzal, Mustaqillik ko‘chasi 5.
17. Turizm "O‘zbekturizm" MK 100047, O‘zbekcharmpoyabzal, Istiqlol ko‘chasi, 47
18. Elektr energiya "O‘zbekenergo" DAK 100000, O‘zbekcharmpoyabzal, Istiqlol ko‘chasi , 6 .
19. Tabiatni muhofaza qilish Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi 100159, Toshkent shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 5.
20. Sanoat xavfsizligi "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi 100011, Toshkent shahri, SHayxontoxur tumani, 27 uy.
21. Geologiya qidiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Geologiya qo‘mitasi 100060, Toshkent shahri, T.SHevchenko ko‘chasi, 11.
22. Dori vositalari va tibbiy texnika O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 12.
23. Jismoniy tarbiya va sport O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi 100159, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5..
24. Elektrotexnika va elektr xo‘jaligi "O‘zeltexsanoat" assotsiatsiyasi 100047, Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi, 13.
25. Yo‘l harakati xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 100029, Toshkent shahri, YU.Rajabiy ko‘chasi, 1 .
26. YOng‘in xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 100029, Toshkent shahri, YU.Rajabiy ko‘chasi, 1.
27. Mehnat muxofazasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi 100100 Toshkent shahri, Avloniy ko‘chasi, 20 uy.
28. Avtomobil yo‘llari "O‘zavtoyo‘l" DAK 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik ko‘chasi 68 A.
29. Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya "O‘zkommunxizmat" agentligi 100035, Toshkent shahri, Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 1.
30. Menejment tizimi "O‘zstandart" agentligi 100049, Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi 333 «a».
31. Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyasini sinovdan o‘tkazish Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyasini sinovdan o‘tkazish va sertifikatlashtirish bo‘yicha O‘zbek davlat markazi 110800, Toshkent viloyati, YAngiyo‘l tumani, Gulbaxor qishlog‘i – 2.



Download 29,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish