3-ma’ruza (2 soat) 5-mavzu. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish(1 soat)



Download 46,01 Kb.
bet8/24
Sana24.11.2022
Hajmi46,01 Kb.
#871553
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
3-ma\'ruza

Intizom javobgarligi. Har bir sanoat korxonasi o’z ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqadi. Bu tartib-qoidalarning barchasi sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash, jarayonlarni normada bajarishga qaratilgan.Talablarni bajarmaslik baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ishchi-xizmatchilarlarning tartib-qoidalarga amal qilmasligi ish rejimining buzilishiga, kasallik, baxtsiz hodisa, zaharlanish va boshqa hodisalarning sodir bo’lishiga olib kelishi mumkin. Ular uchun intizom javobgarligi ta’sis etilgan.
Hodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo’llashga haqli:
1) hayfsan;
2) o’rtacha oylik ish haqining o’ttiz foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima.
Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o’rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish mehnat kodeksining 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
3) mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari).
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo’llanish ta’qiqlanadi.
Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo’llaniladi (82-modda).
Intizomiy jazo qo’llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo’ya hatti-harakati uchun jazo qo’llashga to’siq bo’la olmaydi.
Intizomiy jazoni qo’llanishda sodir etilgan nojo’ya hatti-harakatning qay darajada og’ir ekanligi, shu hatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.
Har bir nojo’ya hatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo’llanishi mumkin.
Intizomiy jazo bevosita nojo’ya hatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu hatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo’lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog’i bilan bir oy ichida qo’llaniladi.
Nojo’ya hatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy o’tganidan, moliya-xo’jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa, - sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o’tganidan keyin jazoni qo’llab bo’lmaydi. Jinoiy ish bo’yicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi.
Intizomiy jazo berilgani to’g’risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo’llanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
Intizomiy jazoni qo’llagan ish beruvchi o’z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko’ra jazoni bir yil o’tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.
Intizomiy jazo ustidan yakka mehnat nizolarini ko’rish uchun belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Mehnat nizosini ko’rib chiqayotgan organ sodir etilgan nojo’ya hatti-harakat qanday vaziyatda yuz berganligini, xodimning oldingi xulq-atvorini, mehnatga bo’lgan munosabatini, intizomiy jazoning sodir etilgan nojo’ya hatti-harakatning og’irlik darajasiga qanchalik mos kelishini, ish beruvchining intizomiy jazo berish tartibiga rioya qilganligini hisobga olib, xodimga nisbatan qo’llanilgan intizomiy jazoni g’ayriqonuniy deb topish va uni bekor qilish to’g’risida qaror chiqarishga haqli.
Rahbar shaxslar uchun javobgarlik hayfsan e’lon qilish, bir yilgacha lavozimini pasaytirish, ishdan bo’shatish yo’li bilan olib boriladi.
Ishchilar korxona rahbarlari, sex va bo’lim boshliqlari tomonidan intizom javobgarligiga tortilishi mumkin. Rahbar xodimlar esa yuqori rahbarlik xodimlari tomonidan intizom javobgarligiga tortilishi mumkin.
Rahbar xodimlar jamoa bitimida ko’rsatilgan talablarni, yuqori tashkilot buyruqlarini bajarmaganliklari va asosan xavfsizlik texnikasi, sanoat gigienasi-sanitariyasi talab-qoidalariga amal qilinmaganligi uchun javobgarlikka tortiladilar.

Download 46,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish