3-ma’ruza (2 soat) 5-mavzu. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish(1 soat)


Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga о‘qitish va qayta tayyorlash tizimi



Download 46,01 Kb.
bet11/24
Sana24.11.2022
Hajmi46,01 Kb.
#871553
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
3-ma\'ruza

3.Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga о‘qitish va qayta tayyorlash tizimi.
2016 yil 22 sentyabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi qonunda quyidagilar belgilangan:
17-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda ta’minlanadi.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha xususiyatlari hisobga olingan holda talabalar va o‘quvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish kursi majburiy o‘rganilishini tashkil etishi kerak.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ish beruvchilar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar qayta tayyorlanishini va ularning malakasi oshirilishini ta’minlaydi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
25-modda. Xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish va ularni o‘qitish.

Ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga o‘qitishni tashkil etishi shart.


Xavfliligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishga ishga kirayotgan yoki kasbiy tanlov talab etiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga dastlabki tarzda tayyorlash, kasb bo‘yicha imtihonlar topshirgan holda bir oy mobaynida stajirovka va so‘ngra mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha davriy attestatsiya o‘tkaziladi.
Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari uchun mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan o‘tishi, yo‘l-yo‘riqlar olishi, bilimlari tekshirilishi va attestatsiyadan o‘tishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘quvdan o‘tmagan, yo‘l-yo‘riqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini muhofaza qilish vazirining 2010-yil 12 – avgustdagi “ Mehnat muhofazasi bo’yicha o’qishlarni tahkil qilish va bilimlarni sinash to’g’risida”gi namunaviy nizomga o’zgartirishlar kiritish haqida”gi 156-B-son buyrug’iga asosan mehnat muhofazasiga o’qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo’yicha barcha korxona, tashkilot, muassasa, institut, ilmiy-tadqikot tashkilotlari, birlashma, assotsiasiya, korporatsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat’iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan.
Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo’yicha yo’riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ro’xsat beriladi. Bug’ va issiqlik qozonlari, yuk ko’tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga maxsus o’kuv kurslarini bitirganlari xaqida hujjatlari bo’lsagina ishlashga ruxsat beriladi. Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o’qitish va ularni to’g’ri tashkil qilish bo’yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. Sexlarda, bo’limlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga o’rgatish shu tsex hamda bo’lim rahbarlariga, shuningdek, o’z vaqtida va sifatli o’qitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi bo’limlari zimmasiga yuklatiladi.

Download 46,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish