13 mart. Matematika darsi. 5 “A” sinf. Mavzu: Kasrlarni qo’shish va ayirishga doir mashqlar.
I. Darsning ta'limiy maqsadi:
Oddiy kasrlar ustida qo’shish va ayirishga doir misol va
masalalar yechishga o'rganish.
II. Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O'quvchilarda jamoa bo'lib ishlash, o'zaro yordam va
berilgan vazifani bajarishda mas'uliyat sezish ko'nikmasini
tarkib toptirish.
III. Darsni rivojlantiruvchi maqsad:
O'rganilgan mavzulardan asosiy tushunchalarni ajrata olish
va amaliyotda qo'llay bilish.
IV. Dars turi: Musobaqa.
V. Dars shiori: Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo'lingiz ogoh.
VI. Dars jihozi:
Olimlar haqida ma’lumotlar, tarqatma savollar, formulalar
yozilgan ko’rgazmalar, kichik hajmli test, doirachalar.
VII. Darsning borishi: 1) Tashkiliy qism; (kun, oy, yil, fasl, o’quv yili
nomi, bayramlar va h.) 2 daqiqa.
2) Yangi mavzuni yoritishga hozirlik: 5 daqiqa.
3) Yangi mavzuni yoritish:
a) guruhlarda ishlash; 5 daqiqa.
b) taqdimot;(savol-javoblar) 10 daqiqa.
d) tahlil va xulosa; 3 daqiqa.
a) guruhlarda ishlash. Sinf o'quvchilari uch guruhga bo'linadi.
I - guruh: Al – Xorazmiy.
Shior: Beshikdan to qabrgacha ilm izla.
II - guruh: Mirzo Ulug'bek.
Shior: Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo'lingiz ogoh.
III - guruh: Abu Rayhon Beruniy.
Shior: Bilagi zo'r birni, bilimi zo'r mingni yiqar.
Har bir guruh besh daqiqa ichida o'z guruhlarini nomlashgan buyuk allomalarimiz hayoti va ijodi haqida ma'lumot beradilar, guruh shiori va shu allomaga bag’ishlagan she’rini aytadilar.
b) taqdimot. I. BILIMINGNI SINAB KO'R.
Ushbu shartda har bir guruhga 8 tadan savol beriladi. Savollarga javob topgan guruhlar javoblarni og'zaki bayon etadilar. Har bir tog'ri javob uchun guruhlar doirachalar bilan taqdirlanadilar.
I guruh savollari:
1. Kasr deb nimaga aytiladi? Oddiy kasr deb nimaga aytiladi?
2. Kasr chizig’i nimani bildiradi?
3. Ulush deb nimaga aytiladi.
4. Aralash son nima?
5. Butunning yarmi, choragi, nimchoragi nimani bildiradi?
6. Bir xil maxrajli kasrlar qanday qo’shiladi?
7. Suratlari teng bo’lgan kasrlar qanday taqqoslanadi?
8. Bir xil maxrajli kasrlar qanday ayiriladi?
II guruh savollari:
1. Kasrning asosiy xossasi nimadan iborat?
2. Kasrning surati nimani bildiradi? Maxraji-chi?
3. Surat va maxraji o’zaro teng kasr nimaga teng?
4. Aralash sonlar qanday ayiriladi?
5. Butun son bilan kasrning yig’indisi qanday son deyiladi?
6. Har xil maxrajli kasrlar qanday qo’shiladi?
7. Kasrning surati va maxraji bir xil songa ko’paytirilsa, uning qiymati o’zgaradimi?
8. Har xil maxrajli kasrlar qanday ayiriladi?
III guruh savollari:
1. Kasr qanday o’qiladi? Misollar keltiring?
2. Qisqarmas kasr nima?
3. Kasrlarni umumiy maxrajga keltirish nima degani?.
4. Aralash son qanday qo’shiladi?
5. Qanday kasrni to’g’ri, qanday kasrni noto’g’ri kasr deyiladi?
6. Bir xil maxrajli kasrlar qanday taqqoslanadi?
7. Kasrning surati maxrajiga bo’linsa, u qanday son deyiladi?
8. Kasrni qisqartirish deganda nimani tushunasiz?
d) tahlil va xulosalar.
VIII. Yangi mavzuni mustahkamlash. Misolni to’g’ri yech.
Bu shartda har bir guruhdan bittadan o'quvchi doskaga chiqadi. O'qituvchi doskaga misollarni yozadi, o'quvchilar esa misolni to’g’ri va xatosiz, tez yechishga harakat qiladi-lar, yechib bo’lganlaridan keyin esa shu o’quvchiga 1- 2 savol qo’shimcha beriladi va baholanadi. Tog'ri yechgan guruh o'quvchisi doiracha bilan taqdirlanadi.
№ 748. № 749. № 750.
Maqollar.
IX. Baholash.
X. Uyga vazifa:
Do'stlaringiz bilan baham: |