3. Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari Lizing shartnomasi va turlari



Download 89,85 Kb.
bet1/12
Sana11.06.2022
Hajmi89,85 Kb.
#655645
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
13-mavzu


Tijorat banklarining faktoring operatsiyalari

Reja:
l. Faktoring operatsiyalarining mohiyati, maqsadi va belgilari


2. Faktoring xizmati bo‘yicha shartnoma va uning tarkibi

3. Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari

4. Lizing shartnomasi va turlari

5. Lizing qiymati va uni hisoblash usullari


l. Faktoring operatsiyalarining mohiyati, maqsadi va belgilari
Faktoring ixtisoslashtirilgan savdo vositachilarining, keyinchalik esa savdo banklarining operatsiyasi sifatida XVI–XVII asrlarda vujudga kelgan.
Ingliz tilidan „factor“ so‘zi „makler, vositachi“ degan ma’noni anglatadi. Iqtisodiy nuqtayi nazardan, faktoring shubhasiz vositachilik bilan bog‘liq operatsiya hisoblanadi. Faktoring keyinchalik to‘lovlarni olish bilan tovar va xizmatlarni qayta sotish, qarzlarni undirib olish huquqiga ega bo‘lish sohasida ham qo‘llaniladigan bo‘ldi. Boshqacha qilib aytganda, faktoring – vositachilik faoliyatining bir turi bo‘lib, bunda faktoring kompaniyasi ma’lum to‘lovlar evaziga mol yetkazib beruvchi korxonadan mol sotib oluvchilarga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini undirib olish huquqini oladi (debitor qarzdorlikni inkassatsiya qilish).
Faktoring – bank yoki boshqa moliya tashkilotlarining korxonalar qarzini, xususan yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, xizmatlar uchun haq to‘lash majburiyatlarini sotib olishdir. Faktoring ushbu tovarlar uchun ular yetkazib berilishiga ko‘ra, yuklash hujjatlari ko‘rsatilganda to‘lanishini ko‘zda tutadi, kelgusida faktoring xizmatini ko‘rsatayotgan tashkilot (bank) xaridorlardan qarzl arni undirib oladi. Jahon amaliyotida faktoring deganda, tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida faktor tomonidan mijozga ko‘rsatiladigan bir qator komission-vositachilik xizmatlar tushuniladi.
Faktoring riskli, lekin yuqori foydali bank biznesi, moliya marketingining samarali quroli, iqtisodiyotning rivojlanishi, zamonaviy jarayonlarga mos bo‘lgan bank operatsiyalarining integratsiyalash shakllaridan biri hisoblanadi. Faktoring operatsiyalari xalqaro kreditning bir shakli bo‘lib, eksportyor, importyorlarga pul mablag‘larini maxsus kompaniya tomonidan sotib oladi va ularning inkassatsiyasi bilan shug‘ullandi.
XX asrning 60-yillaridan boshlab, faktoring kompaniyalarining rivojlanishiga to‘lovlarning to‘xtab qolishi, to‘lay olmaslik, shuningdek, eksportyorlarning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojining o‘sishi sabab bo‘ldi. Ulardan avval tovar oldi-sotdisi, komission operatsiyalar bilan shug‘ullangan faktoring turi bo‘lgan. O‘rta asrlarda savdogarlar guruhi ishlab chiqaruvchilar uchun noma’lum bozorlarda tovarlarni sotish bo‘yicha agent shaklida, ishtirok etganlar va shu asnoda tovarli faktoringga asos solingan.
Moliya faktoringi AQSHda 1890-yilda to‘qimachilik bo‘yicha Yevropadan importni to‘xtatish uchun himoya bojlarining kiritilishi bilan paydo bo‘ldi, lekin u Ikkinchi jahon urushidan keyingina keng rivojlandi.
Faktoring operatsiyalari sotilgan tovarlar uchun to‘lovni kechiktirish shaklida sotuvchilar tomonidan sotib oluvchilarga taqdim etiladigan tijorat krediti asosida vujudga kelgan. 1988-yil xususiy huquqni unifi katsiyalash Xalqaro instituti tomonidan qabul qilingan Xalqaro faktoring to‘g‘risidagi konvensiyaga asosan operatsiya quyidagi 4 ta belgilardan kamida 2 tasini qondirsa, faktoring hisoblanadi, deb kelishib olingan. Ular quyidagilardir:

  1. Qarz talablarini oldindan to‘lash shaklida kreditlashga ega bo‘lish.

  2. Yetkazib beruvchining buxgalteriya hisobini, ayniqsa, sotuv hisobini yuritish.

  3. Uning qarzini inkassatsiya qilish.

  4. Yetkazib beruvchini kredit riskidan sug‘urta qilish.

Faktoring operatsiyalarining asosiy maqsadi shundan iboratki, faktor (bank, faktoring kompaniya) o‘z mijozlarining sotib oluvchilarga bo‘lgan talabini sotib oladi, ularga 3–4 kun ichida mol yetkazib beruvchilardan pul undirish-undirmasligidan qat’i nazar, albatta, foiz to‘lovlarini ushlab qolgandan keyin 70–90 % ish haqi to‘laydi. Qarzning qolgan qismini shartnomada belgilangan muddatda to‘lab berishi lozim. Faktoring to‘lagan summasi va qarzn ing qolgan qismini u keyin sotib oluvchidan undirib oladi. Ayrim holatlarda, masalan, majburiyatlar bo‘yicha savollar tug‘ilib qolsa va boshqa holatlarda (kechiktirilsa) 50 % va juda kam holatlarda esa oldindan 100 % to‘lanadi. Bu operatsiyada uchta shakl qatnashadi. Ular:

  1. Faktor-vositachi (tijorat banki yoki faktor kompaniyasi).

  2. Mol yetkazib beruvchi.

  3. Mol sotib oluvchi.

Yana boshqacharoq qilib aytganda, faktoring – mol yetkazib beruvchining tijorat bankiga ma’lum bir summada mol sotib oluvchining qarzidan kechishi va ma’lum bir vaqtda kechilgan qism (diskaunt) va asosiy qarz mol sotib oluvchidan undirib olinishidir.

Download 89,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish