3-laboratoriya mashg’uloti Viruslarning yuqish yo’llarini o’rganish. Viruslarning harorat ta’sirida inaktivatsiya nuqtasini aniqlash


Viruslarni harorat ta’sirida faolligini yuqotish nuqtasini aniqlash



Download 58 Kb.
bet2/3
Sana08.04.2022
Hajmi58 Kb.
#537670
1   2   3
Bog'liq
3-laboratoriya mashg'uloti

Viruslarni harorat ta’sirida faolligini yuqotish nuqtasini aniqlash

Viruslarni harorat ta’sirida faolligini yuqotish (XTFY) nuqtasini aniqlash ularni identifikaцiya qilishda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Undan tashqari viruslarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish jarayonida XTFY nuqtasini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi.


Ishdan maqsad. Viruslarni issiqlikdan aktivligini yuqotish nuqtasini aniqlash usuli bilan tanishtirish.
Kerakli materiallar: virusli namuna (tamaki mozai¬kasi virusining tomatdagi shtammi bilan kasallantirilgan mozaika simptomli tomat barglari), korund, 0,1 M fosfat buferi, 20 ml li yupqa devorli shisha probirkalar (12 — 14 dona), 1 — 10 ml li pipetkalar (6 — 8 ta), 50 ml kolba (2 dona), voronka (5 dona, doka 1m2, eksikatorlar (2 dona), vazelin, ip (№10), etiketkalar (15—16 dona), distillangan suv (0,5 l), xloroform (5 ml), цentrifuga (minutiga 6000 ayl /tez), rN — metr, torozilar, chinni hovoncha, suv hammomi, termometr (0-100°S).
Ishning borishi: Tamaki mozaikasi virusining (TMV) tomatdagi shtammini harorat ta’sirida faolligini yuqotish nuqtasini aniqlash uchun tomatning tomat bilan kasallantirilgan barglari (50 — 60 g) 0,1 M fosfat buferi bilan hovonchada yaxshilab maydalanadi (virusli material va fosfat buferining nisbati-1:1), sungra 4 qavat dokadan o‘tkaziladi. Dokadan o‘tkazilgan suyuqlikni 10 daqiqa davo¬mida minutiga 6000 marta aylanish tezligidagi цentrifugada aylantiriladi. Chukma usti suyuqligini yupqa devorli shisha probirkalarga (12 dona) 5 ml dan qilib quyilidi. Birinchi probirkadagi virusli o‘simlik shirasi nazorat qilib olinadi va qizdirilmaydi. Qolgan ikkita probirkadagi virusli namunalar har xil haroratda (50,55,60,65,70,75,80,85,90,95,100°S) suv hammomida 10 daqiqa davomida qizdiriladi, ya’ni probirkadagi virusli o‘simlik shirasi termometr bilan bir xil chururlikda suv hammomiga joylashtiriladi. Termometr 50°S ni kursatishi bilan suv hammomidagi issiqlik 10 minut davomida 50°S da saqlanadi. Sungra u suv hammomidan olinib vodoprovod tagida sovitiladi. Sovitilgan virusli o‘simlik shirasini Nicotina glutinosa aniqlagich usimligining korund bilan changlatilgan bargini ung tomoniga pipetka yordamida 4-5 tomchisi tomiziladi. Sungra sterillangan shisha tayyorcha yoki shisha kurakcha yordamida yoki sterillangan paxta bilan yoki sovunlab yuvib artilmay quritilgan barmoqlar bilan ohistalik bilan surtiladi (ishqalanadi). Bargning chap tomo¬niga esa qizdirilmagan nazorat o‘simlik shirasi tomiziladi va u ham ohistalik bilan surtiladi. Sungra ikki tomoniga virusli o‘simlik shirasi surtilgan bargga etiketka bog‘lanadi va nam kamera vazifasini bajaruvchi eksikatordagi ipga osib quyilidi. Xuddi shu usulda ikkinchi probirka —55°S da, uchinchisi - 60°S, turtinchisi —65°S, beshinchisi — 70°S, oltinchisi —90°S, uninchi —95°S va un birinchisi—100°S da alorida — alohida suv xammomida 10 daqiqa davomida isitilib, sovitilib tayyorlangan shira aniqlagich o‘simliklar bargini ung tomoniga yuqtiriladi va ular ham eksikatorga etiketkalari bilan osib quyilidi. Har bir variant 4 —6 ta bargga yuqtiriladi. Etiketkalarga virus yuqtirilgan vaqt, qizdirilgan temperatura, virus¬ning nomi, chap tomoniga qizdirilmagan nazorat virusli shira yuqtirilgan bo‘lib u ham belgilanib quyilidi. Eksikator qopqog‘iga vazelin surtilib zich qilib yopiladi va 48 soatga (aniqlagich o‘simlik qilib N. glutinosa ishlatilganda) yoki 72 soat (N. sylvestris ishlatilganda) havo haroratida qoldiriladi.
Kursatilgan muddat o‘tgandan sung, paydo bulgan kasallik simptomlari hisobiga olinadi va jadvalda qayd etiladi. Natijalari grafik raviщda tasvirlash uchun abцissa o‘qiga nekrozlarni soni, ordinata uqiga esa harorat o‘lchagich quyilidi. Olingan natijalar nuqtalari birlashtiriladi. Nazariy ravishda qaralganda haroratning oshishi egri chiziq nolga intiladi. Kaysi bir qizdirish haroratida virus aktivligi O gacha pasaysa (nekrozlar kuzatilmasa shu harorat virusning harorat ta’sirida faolligining yuqotish (XTFY) nuqtasi deb belgilanadi(6-jadval).
Odatda tamaki mozaikasi virusini tamakidagi shtammining XTFY nuqtasi - 95°S-97°S, TMV ning Qozoq shtamminiki 80°S —82°S, TMV ning tomatdagi shtamminiki 96-98°S, juxorining pakana mozaikasi virusiniki 50-52°S, sholg‘om mozaikasi virusiniki 60 —62°S va hakazo
Bu kursatkichlar virus yoki uning shtammini identifikaцiya qilishda ishdatiladi.


Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish