3-Labaratoriya ishi.
Uch fаzаli to’g’riligich qurilmаlаri.
Uch fazali o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash sxemalari. Uch fazali o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash sxemalari mashhur elektrotexniklar Mitkevich va Larionovlar tomonidan ishlab chiqilgan. Mitkevichning eng sodda sxemasi «ko‘prik to‘rtdan birinung uchtasi parallel» deb nomlanadi.Buning ma’nosi uch fazali transformatorning ikkilamchi chulg‘amlariga parallel ulangan uchta diodni bildiradi.
Larionov sxemasi murakkabroq bo‘lib, «ko‘prik yarmining uchtasi parallel» deb nomlanadi. Uning ma’nosi sxema ko‘rinishidan yaqqol ko‘zga ko‘rinadi.
1-rasmda uch fazali o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash sxemasi (a) va to‘g‘rilangan uch fazali kuchlanish (tok)ning diagrammasi (b) ko‘rsatilgan.
a) b)
1 - rasm. Uch fazali sinusoidal tokning bitta yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi(a) va to‘g‘rilangan tok grafigi(b)
Uch fazali bitta yarim davrli to‘g‘rilagichda (1, a-rasm,Mitkevich sxemasi) har bir berilgan momentda qaysining ventil anodi transformator chulg‘amlarining qismalariga ulangan bo‘lsa va chulg‘amning neytral nuqtasiga nisbatan qaysi ventil anodining musbat potensiali yuqoriroq bo‘lsa, shu ventil orqali tok yo‘nalgan bo‘ladi. Shuning uchun to‘g‘rilangan kuchlanish ikkilamchi chulg‘am faza kuchlanishlarining musbat yarim to‘lqinlarining egiluvchi egri chizig‘i bo‘yicha o‘zgaradi.
Bu yerda pulslanish chastotasi to‘g‘rilanayotgan o‘zgaruvchan tokning chastotasidan uch marta katta (1, b-rasm). Bir taktli ko‘p fazali to‘g‘rilagichlar katod tipida bo‘lishi mumkin, bunda hamma katodlar bitta tugunga birlashtiriladi yoki anod tipida bo‘ladi, bunda hamma anodlar bitta tugunga biriktiriladi.
Ikkita yarim davrli uch fazali to‘g‘rilagichda (2, a-rasm, Larionov sxemasi) ventillarning birinchi yarmi katod guruhini, ventillarnint boshqa yarmi anod guruhini hosil qiladi. Har qaysi berilgan momentda katod guruhidan anodi yuqoriroq musbat potensialga ega bo‘lgan ventil tokni o’tkazadi va anod guruhidan qaysi ventilning katodi absolyut qiymati bo‘yicha eng ko‘p manfiy potensialga ega bo‘lsa, shu ventil o‘tkazadi. Bunday to‘g‘rilagich uchun kuchlanishning pulslanish chastotasi to‘g‘rilanayotgan o‘zgaruvchan tok chastotasidan olti marta ortiq bo‘ladi (2, b–rasm).
2-rasmda uch fazali tokni ikkita yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi (a) va to‘g‘rilangan tokning grafigi (b) ko‘rsatilgan. Ayrim fazalardagi tok va kuchlanishlarni to‘g‘rilash quyidagicha amalga oshiriladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi faza kuchlanishlari bir-biriga nisbatan 23 burchakka siljigan:
; ; .
Bu sinusoidalarning musbat yarim to‘lqinlaridagi maksimumlar davrning uchdan bir qismi ( T) da almashib turadi.
a) b)
2- rasm. Uch fazali sinusoidal tokning ikkita yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi(a) va to‘g‘rilangan tok grafigi(b)
Shu vaqt ichida bir tomonlama harakatlanuvchi ia, ib, ic toklar hosil bo‘ladi. Bu sxemada VD1, VD2 yoki VD3 diodlardan o‘tuvchi tok berilayotgan kuchlanishning butun musbat yarim to‘lqini davrida emas, balki T3 ichida o‘tadi. Masalan, ia toki a fazada vaqtda hosil bo‘lib, vaqtda tugaydi, tok ib esa vaqtda hosil bo‘lib, vaqtda tugaydi va hokazo.
To‘g‘rilangan kuchlanish (tok) o‘rtacha qiymati quyidagicha aniqlanadi:
yoki
Uch fazali sxemada to‘g‘rilangan tokning pulsatsiyalanish chuqurligi bir fazalidagiga nisbatan ancha kamdir. To‘g‘rilash koeffitsiyenti, ya’ni chiqishdagi to‘g‘rilangan Uto‘g‘ Uo‘r kuchlanishning kirishdagi kuchlanish U ning effektiv qiymatiga nisbati to‘g‘rilagichning fazalar soni ortishi bilan ortib boradi va fazalar soni m bo‘lganida Kto‘g‘ 1,41 bo‘ladi. Demak, ideal holatda to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati berilgan o‘zgaruvchan kuchlanish amplitudasiga tengdir.
Uch fazali ko‘prik sxemada (uch fazali ikki taktli to‘g‘rilagichning A.N.Larionov sxemasida) uch fazali o‘zgaruvchan tokning to‘g‘rilash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Agar VD1 ...VD6 diodlarning tok o‘tkazayotgandagi qarshiliklari hisobga olinmasa, Ri ning uchlaridagi kuchlanish uch fazali sistemaning liniya kuchlanishiga teng bo‘ladi.
Sxema elementlarining ulanishi UAB, UBC, UCA kuchlanishlarning qiymati musbat bo‘lganida ham, manfiy bo‘lganida ham tokning o‘tishini ta’minlay oladi.
0 dan t1 gacha bo‘lgan vaqt ichida UCB –UBC kuchlanish eng katta qiymatga ega bo‘ladi va bu kuchlanish ta’sirida tok manbaning C fazasi uchidan , VD3, Ri va VD5 orqali B fazaning boshiga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |