3. Kon mashinalari elektr jixozlariga qo’yiladigan asosiy talabalar



Download 262,83 Kb.
bet1/6
Sana30.05.2022
Hajmi262,83 Kb.
#620796
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- ma’ruza umumiy ma‘lumotlar. Bir kovshli ekskavatorlar elektr


1- MA’RUZA
Umumiy ma‘lumotlar. Bir kovshli ekskavatorlar elektr jihozlari va elektr ta'minoti
Reja
1. Kon mashinalari elektr jixozlari va elektr ta’minoti to’g’risida umumiy tushunchalar.
2. Kon mashinalari elektr jixozlari va elektr ta’minoti turlari.
3. Kon mashinalari elektr jixozlariga qo’yiladigan asosiy talabalar.
4. Bir cho’michli ekskavatorlarni elektr jixozlari.
5.Bir cho’michli ekskavatorlarni elektr yuritmalari.
6.Bir cho’michli ekskavatorlarni elektr ta`minoti.
7.Bir cho’michli ekskavatorlarni energetik ko`rsatkichlari.

Har turli elektrotexnika jixozlardan yig’ilgan, ma’lum bir ish bajarish uchun mo’ljallangan qurilmalar elektr uskunalar deb ataladi. Kon korxonalaridagi qazib olish, kon laximlarini tayyorlash uchastkalarini, yuk ko’tarish, suv chiqarish, shamollatish yuk tashish burg’ulash va maydalash kabi mashinalarning elektr uskunalar bunga misol bo’ladi. Elektr uskunalarda elektr energiyani tarqatish taqsimlash, himoyalash va boshqarish uchun har turli elektrotexnik jixozlari ishlatiladi. Shu bilan birga bu uskunalarda boshqarish, tarqatish va taqsimlash uchun kuchli elektr zanjirlar va bu uskunalarni holatini nazorat qilish, shikastlardan saqlash har xil elektr o’lchovlarni bajarish uchun yordamchi elektr zanjirlar ham mavjuddir.


Bajaradigan ishiga ishlatish, konstruktiv xususiyatlariga qarab. Elektr uskunalarni turli guruxlarga bo’lish mumkin. Elektr uskunalarni ishlatish jarayonida odamlarning xavfsizligini ta’minlash, qurilma qobig’ining ko’rinishi va tuzilishiga qarab elektr uskunalar - ochiq (himoyasiz) va yo’iq (himoyalangan) ko’rinishda bo’ladi.
Ochiq elektr uskunalarda, tok o’tqazuvchan yoki harakatda bo’lgan qismlarga tegib ketishdan saqlovchi va begona narsalarni uskunaning ichki qismiga kirib qolishdan himoyalovchi qobiq bo’lmaydi.
Yopiq elektr uskunalarda, yuqorida keltirilgan xavflardan saqlovchi 14254-80 raqamli UDS (umumdavlat standart) talablariga asosan tayyorlangan qobiq ishlatiladi. Shuning uchun bu uskunalar "himoyalangan uskuna" bo’lib IP belgisi Bilan belgilanadi. Bu uskunalarda yuqoridagi belgidan tashqari, Yana ketma-ket ikkita raqam yoziladi. Bu raqamlarni birinchisi, shu qobiqning xizmat ko’rsatuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash va begona narsalarni qobiqning ichki qismiga Kira olish darajasini ifodalaydi. Bu raqam 0 dan 6 gacha bo’lib qo’yidagi pog’onalarni ko’rsatadi; 0- hech qanday himoya yo’q;
1 - odam qo’li yoki 50 mm o’lchamli qattiq jism:
2 - odam barmog’i yoki 12 mm o’lchamli qattiq jism;
3 - qalinligi 2,5 mm elektr asbob yoki qattiq jism;
4 - 1 mm qalinlikdagi sim yoki qattiq jism;
5 - 0,2 -0,5 mm o’lchamga ega bo’lgan qattiq jism;
6 - chang, qobiqni ichki qismiga kira olmasligini ko’rsatadi.
Ikkinchi raqam qobiqning suvdan va namdan himoyalash darajasini ko’rsatadi. Bu 0 dan 8 gacha raqamlar bilan belgilanadi va qo’yidagilarni bildiradi: 0-hech qanday himoya yo’q;
1-vertikal joylashgan uskuna qobig’iga tomayotgan suv elektr uskunaga zarar keltirmaydi,
2-150 og’ib joylashgan uskuna qobig’iga tomayotgan suv elektr uskunaga zarar keltirmaydi,
3-600 og’ib joylashgan uskuna qobig’iga tomayotgan suv, elektr uskunaga zarar keltirmaydi.
4-elektr uskuna suv ichida bo’lgan holda ham qobiq ichiga suv kirmaydi, 5,6,7,8 - raqamlar yuqorida ko’rsatilgan holatlarda suv bosim ostida qobiqqa yo’naltirilgan taqdirda ham himoyani taominlaydi.
himoyalangan elektr uskunalarga - suv tomchisidan (IP23), suv sachrashdan (IP34), tizillama yo’naltirilgan suvdan (IP55, IP56), changdan (IP50, IP51, IP54) himoyalangan, nam (IP57) va chang (IP65) o’tqazmaydigan uskunalar misol bo’ladi.
Sanoatda qo’llanadigan elektr uskunalar iqlim sharoitiga qarab 15150-69 UDS issiq (tropik), sovuq va mo’tadil iqlim sharoitida ishlash uchun tayyorlangan. Bundan tashqari; korxonalarning turiga, ishlash sharoitiga qarab. Elektr uskunalar -umum va maxsus korxonalar uchun mo’ljallangan. Maxsus korxonalar uchun mo’ljallangan elektr uskunalar, shu korxonalarning o’ziga xos xususiyatlarini va talablarini qondirishi kerak.
Maxsus elektr uskunalarga -kon elektr uskunalari misol bo’ladi. Bu uskunalar o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan kon korxonalarida, ayniqsa yer ostki usul bilan foydali qazilmalarni qazib olish korxonalarida keng qo’llanadi.
Kon korxonalarining o’ziga xos xususiyatlariga - mashina va mexanizmlarning surilib turishi, tor va chegaralangan sharoitda ishlashi, ishlatish jarayonida sun’iy yoritgichlardan foydalanishi, yong’in va portlash xavflarining borligi, yer osti suvlarining agressivligi va hokozolar kiradi. Bundan tashqari foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib chiqaradigan korxonalarida namlik, xarorat darajasi va chang ko’rsatgichlari juda yuqori qiymatga ega bo’lishi bu elektr uskunalarni ishlatish sharoitini murakkablashtiradi.
Kon korxonalarida qo’llaniladigan elektr uskunalarning maxsus tayyorlanishi. Kon elektr uskunalari ishlash joyiga qarab qo’yidagi guruxlarga bo’dinadi:

Download 262,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish