50
2.1.
|
Tenglamalarga doir testlarni grafik usulda yechish................
|
50
|
2.2.
|
Tenglamalar sistemasiga doir testlarni grafik usulda yechish...............................................................................................
|
65
|
Xulosa.............................................................................................................
|
70
|
XOTIMA........................................................................................................
|
71
|
Foydalanilgan adabiyotlar............................................................................
|
72
|
|
|
KIRISH
"Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak."
I.A.Karimov
Biz mustaqil O’zbekiston yoshlari har tomonlama yetuk barkamol avlod bo’lib yetishishimiz uchun bizga keng imkoniyatlar yaratilib, yosh avlod tarbiyasiga juda katta e’tibor berib kelinmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhimlaridan biri – bu ta’lim tizimini hozirgi zamon talablari asosida qayta tashkil etishdan iboratdir. “Ta’lim – tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyat barpo etib bo’lmaydi” – deydi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov.
O’zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to’g’risida” va ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi Qonunlar hamda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1997-yil 6-oktabrdagi “Ta’lim – tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida”gi farmoni bu borada muhim ahamiyatga ega.
,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” – Islom Karimov tomonidan ijtimoiy ongga kiritilgan, davlatni, jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi tushunchadir. Ta’lim – tarbiya esa shu keng qamrovli vazifaning tarkibiy bir qismidir. Ta’lim-tarbiya tizimi kadrlarning yangi avlod tafakkurini, ongini shakllantirishga xizmat qiladigan zarur bir sohadir.
,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni uch bosqichda amalga oshirish mo’ljallangan edi. Har bir bosqichning o’z oldiga qo’ygan aniq vazifalari bor. Ularning sifatli bajarilishi keyingi bosqichning muvaffaqiyatiga sabab bo’ladi.
Birinchi bosqich 1997 – 2001-yillarni o’z ichiga oladi. Bu bosqichda amalga oshiriladigan eng asosiy ishlardan biri – bu uch yillik akademik litseylar va kasb – hunar kollejlari tizimiga zamin tayyorlashdan iboratdir. Ularni moddiy va moliyaviy ta’minlashning 1999 – 2001-yillarga mo’ljallangan ikkinchi bosqich dastur ishlab chiqildi va hukumat qarori bilan tasdiqlandi. Ushbu dasturda akademik litsey va kasb – hunar kollejlarini qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, yangidan qurish zaruratidan kelib chiqqan holda (har bir viloyat, tuman, qishloq miqyosida) ularning moddiy ba’zasini ta’minlash masalalari o’z yechimini topgan va nihoyat, uchinchi bosqichda (2005-yildan keyin) kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish jarayoni amalga oshirildi. Yuqoridagi uch bosqich to’la - to’kis bajarildi.
Xususan, akademik fan va ta’lim integratsiyasi bosqichma-bosqich mustahkamlanmoqda. Har yili Fanlar akademiyasi olimlari oliy maktablar uchun 100 dan ortiq magistr tayyorlamoqda. So’nggi yillarda Fanlar akademiyasi olimlari respublika ta’lim tizimi uchun asosiy ta’lim fanlari bo’yicha 100 dan ortiq yangi darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishdi. O’zR FA ilmiy muassasalari qoshida oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda respublikaning ustuvor ixtisosliklari bo’yicha 30 dan ortiq ilmiy-o’quv markazlari va sohaviy kafedralar faoliyat yuritmoqda. Fanlar akademiyasi olimlari va oliy o’quv yurtlari xodimlarining qo’shma ilmiy loyihalari soni ortib bormoqda.
Akademik fan va ta’lim o’zaro aloqasini faollashtirish va ilmiy-texnikaviy soha uchun yosh mutaxassislarni tayyorlash O’zR Fanlar akademiyasi va O’zR Oliy ta’lim vazirligining 2006-yil 22-iyundagi 134-sonli qo’shma qarori asosida ilm-fanga iqtidorli yoshlarni kengroq jalb etish, yosh ilmiy avlodni tayyorlash, shuningdek yosh ilmiy kadrlarni har tomonlama qo’llab-quvatlash maqsadida amalga oshirildi. Bunda yosh xodimlarni davlat ilmiy-texnik dasturlar bo’yicha konkurs loyihalarni bajarish va ularga rahbarlik qilishga ahamiyat qaratildi. Akademiyaning yangilangan tarkibdagi Yosh olimlar kengashi faol ish yuritmoqda.
Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari oliy o’quv yurtlari bilan doimiy, uzoq muddatli ish olib boradilar va yosh mutaxassislar, bakalavr va magistrlarni birgalikda tayyorlash ishiga o’z hissalarini qo’shmoqda, shuningdek, o’qituvchilarni qayta tayyorlash va respublika universitetlari va oliy o’quv yurtlari uchun izlanuvchilarni tayyorlashda ko’maklashadilar. Masalan, Astronomiya instituti tomonidan 2006-2012-yillar oralig’ida respublikada davlat universitetlari – Samarqand, Andijon, O’zbekiston Milliy universiteti va Toshkent pedagogika universitetida 4 ta ilmiy-ta’lim astronomiya observatoriyalari barpo etilib, ishga tushirildi. U yerda astronomiya sohasidagi mutaxassislarni o’qitish va tayyorlash amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PQ-1533 raqamli «Oliy o’quv yurtlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sifatini tubdan o’zgartirish haqida»gi qarori hamda O’zR Fanlar akademiyasining 2011-yil 4-sentyabrdagi 120-raqamli va O’zR Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 26-avgustdagi 361-raqamli qo’shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Fizika-texnika institutida (FTI) “Qayta tiklanadigan energiya manbalari” ilmiy-o’quv markazi tashkil etildi. Markaz tarkibiga O’zR FA «Fizika-Quyosh» IICHB, TDTU, QarshiDU, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti va Farg’ona politexnika instituti kiradi.
2010-yilda O’simliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi instituti olimlari va O’zbekiston Milliy universiteti xodimlari hamkorligida oliy o’quv yurtlari uchun «Selektsiya asoslari va genetika» o’quv qo’llanmasi tayyorlandi va nashr etildi.
O’zR FA ITI tuzilmasini yanada maqbullashtirish va respublika oliy o’quv yurtlari ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida 2014-yilda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
-O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi tugatilish arafasidagi Sharqshunoslik instituti bazasida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo’lyozmalari markazi tashkil etilmoqda;
- O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Polimerlar kimyosi va fizikasi bazasida O’zbekiston milliy universiteti qoshida Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy tadqiqot markazi tashkil etilmoqda;
- O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inshootlar mexanikasi va seysmobarqarorligi institutining mashinalar, mexanizmlar, suyuqliklar va gazlar bloki bazasida Toshkent davlat texnika universiteti qoshida Sohaviy mashinasozlik muammolari bo’yicha ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilmoqda.
Ta’kidlash joizki, 2011-2016-yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta’lim muassasasining 202 ta obyektida yangi qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi. Iqtisodiyotning real sektori talablaridan kelib chiqib, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish, uning umumiy soniga nisbatan 23 foizdan 33,2 foizga oshdi. Oliy ta’lim sohasida mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yangilangan davlat oliy ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari joriy qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta’lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida:
Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin:
- har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
- oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
- ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;
- pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish;
- oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;
- oliy ta’limning ma’naviy-ahloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;
- oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, oliy ta’lim ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash;
- oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |