3 I bob. Ta'lim sifatini boshqarish Davlat tizimi


Ta'lim muassasalarini akkreditatsiya va attestatsiyadan o'tkazish



Download 30,21 Kb.
bet5/8
Sana28.06.2022
Hajmi30,21 Kb.
#714701
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kursovoy

1.2 Ta'lim muassasalarini akkreditatsiya va attestatsiyadan o'tkazish.
Ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash — ta’lim muassasasini baholash va tan olish bo‘yicha tadbirlar tizimi, shuningdek, ular tavsiya qilgan tayyorlov dasturlarini, mazmunini, to'laqonligicha, o‘qitish darajasi va uning sifatini tan olish.
Rivojlangan mamlakatlarda ta'lim muassasasini va uning dasturini akkreditatsiyalash ta'lim tizimining va o'zi xizmat qiladigan keng jamoatchilikning unga ishonch bildirish marosimidir. Akkreditatsiya ixtiyoriy — hukumatga aloqadorsiz (AQShda) va majburiy hukumatga aloqador (G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida) bo‘lishi mumkin. Har ikki holda ham akkreditatsiyadan o'tkazuvchi tashkllot tan olish mezonini belgilaydi, mazkur mezonlarga ta’lim muassasalari muvofiqligini belgilash magsadida joylarda tekshiruvlar tashkil etadi va ta'lim muassasasi hamda uning tayyorlov dasturlariga akkreditlangan maqomini berish to'g‘risida qaror qabul qiladi. Ta’lim muassasasiga xalqalar(omillar)ning tushib qolishi ta’lim sifatini boshqarish tizimida uzilish sodir bo'lishiga olib keladi. Mazkur tizimdagi uzilishlar biror omil yo'l qo‘yilgan.
Ta'lim muassasssiga akkreditlangan maqomi nima beradi?
Birinchidan, mazkur maqom bir qator moliyaviy muammolarni hal etish imkonini beradi. Masatan, AQShda federal byudjet agentligi akkreditatsiyaga muayyan ta’lim muassasasiga moliyaviy yordam ko‘rsatish to'g'risida qaror chiqarish uchun asos sifatida qaraydi. Shu bilan birga talabalarga stipendiya berish bo‘yicha komissiya va turli xayriya jamg’armalari o'z grantlarini, odatda, akkreditlangan ta’lim muassasasi yoki o‘quv dasturlariga ajratadi.
Ikkinchidan, bunday maqom ta'lim Jarayonining subiektlariga ma’muriyat, professor-o'qituvchilar tarkibi va ta’lim oluvchilarga sezilarli ta’sir o'tkazadi. AQShda kollejlar va universitetlaming ma’muriyati o‘qituvchilar akademik muvaffaqiyatlarini baholash hamda ularga mukofot belgilashda akkreditatsiya qarorini hisobga oladilar, ya'ni ular mehnatni natijalariga mos ma‘naviy va moddiy rag‘batlantirishni amalga oshiradilar. Akkreditatsiya qarori ma’muriyat va professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun ta’lim muassasasining maqsad va vazifasi, o'quv dasturlarini ishlab chiqarishda foydalidir. Bo'lajak talabalar uchun akkreditatsiya qarori kolle| yoki universitetni, ya’ni ta'lim sifatiga qo‘yiladigan minimal talablarga javob beradigan ta'lim muassasasini tanlashlarida kerak bo'ladi.
Uchinchidan, akkreditatsiya qarori ishga oluvchilar va bo'lajak xodimlar o'rtasida o'ziga xos “ko'prik” vazifasini o'taydi. Ishga oluvchilar bo'lajak xodimlaming ma’lumoti to‘g'risidagi hujjatlarni baholashda tegishli oliy ta’lim muassasasi va uning o‘quv dasturlari akkreditatsiyalangan maqomiga asoslanadi. Shu bilan bir vaqtda maktab konsultantlari kasbga yo'naltirishda akkreditasiya maqomidan, muhim omil sitfatida, bo'lajak talabalarga muayyan ta'lim muassasasi va o'quv dasturini taysiya etishda foydalanadi. Nihoyat, akkreditatsiya jarayoni ta'lim muassasasi uchun ta'lim mezonlari va ta'lim sifatini yaxshilashga yuqori talablar qo'yish uchun zarur.
Akkreditatsiya jarayoni o'z-o'zini attestatsiyalashdan boshlanadi. Bunda ta'lim muassasalari oʻzining ahvoli va faoliyatini, o'z tayyorlov dasturlarini erishilgan muvaffaqiyatini va uning o'z oldiga qo'ygan avvalgi maqsadlariga mosligini har tomonlama aniqlash maqsadida baholaydi. O'z-o'zini attestatsiyalashda qatnashchilar ta'lim olayotganlar, oʻqituvchilar, ma'muriyat, sobiq talabalar uyushmasi, xomiylik kengashi, qator hollarda mahalliy jamoa keng doirasi manfaatlari obiektiv tarzda tadqiq etiladi. Mazkur tadqiqot attestatsiya komissiyasi tomonidan, shu jumladan o'quvchilar tarkibi bo'yicha tadqiqot natijalari ham ularning oʻz-o'zini attestatsiyalashi asosida umuman ta'lim muassasasini baholashga asos boʻladi. Akkreditatsiya komissiyasi yana oʻqituvchi xodimlar tashqi attestatsiyani o'tkazadi va uning natijalarini o'z-zini attestatsiyalash natijalari bilan taqqoslanadi. Tashqi attestatsiya nozirlar guruhi tomonidan o'tkaziladi, bular ta'lim tizimi mutaxassis xodimlardan iborat attestatsiya komissiyasi tarkibiga kiradi. Ta'lim muassasalari shu jumladan oʻquvchi xodimlar tashqi attestatsiyasi va o'z-o'zini attestatsiyalash deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda o'tkaziladi. Har Ikki tur attestatsiya oʻz afzallik va kamchilik tomonlariga ega bo'lgan holda, bir-birini to'ldiradi va ta'lim muassasasi haqida toʻliq tasavvur beradi. Tashqi attestatsiya davlat ta'lim standartlarini joriy etishda ta'lim muassasasini hosil tekshirish kafotatini beradi. U o'quv-tarbiya jarayoni butkul muammolarini ochishga va unda yaxshi tomonga o'zgarishi yasash keng istiqbolini ta'minlashga xizmat qiladi. Oʻz-o'zini attestatsiyalashda ta'lim muassasasidagi ish maromini buzishga hojat yo'q.
O'z-o'zini attestatsiyalash asosiy e'tiborni o'qituvchilar malakasiga qaratadi va ularga tashqi attestatsiyadan farqli o'laroq kamroq ruhiy ta'sir oʻtkazadi. Shu bilan birga o'z-o'zini attestatsiyalar ozmi koʻpmi muntazam jarayon hisoblanadi va ta'lim muassasasini har qanday faoliyat turiga taaluqli bo'lishi mumkin. Lekin o'z-o'zini attestatsiyalash ta'lim muassasasi va uning oʻqituvchilari tarkibining faoliyati obyektiv baholanishini kafolatlamaydi. Attestatsiyada va o'z-o'zini attestatsiyadan oʻtkazishda ta'lim muassasasi va oʻqituvchilar tarkibini talabalar va ularning ota-onalaridan so'rab o'tkazish muhim oʻrin tutadi. Talabalar bevosita ta'limiy xizmat talabgorlari hisoblanadilar. Rivojlangan mamlakatlarda attestatsiya va o'z-o'zini attestatsiyalash bir-biri bilan turlicha muddat va funksiyaviy bog'iqlikka ega. U, norveg ma'rifatparvari "Trond Alevik tasnifiga ko'ra, bir vaqtda, ketma-ketlikda yoki birgalikda oʻtkazilishi mumkin.
Bir vaqtda parallel o'tadigan attestatsiya va o'z-o'zini attestatsiyalashda tashqi idora hamda ta'lim muassasasi har biri o'z bahosini beradi. Tekshiruv so'ngida natijalarni almashadilar va ularni qiyoslaydilar. Ketma-ket attestatsiyada va o'z-o'zini attestatsiyalashda avval ta'lim muassasasi o'z faoliyatini baholaydi, so'ng tashqi idora bulardan o'z nazoratida asosi sifatida foydalanadi. Birgalikdagi attestatsiyada tomonlar baholash jarayoni xususida kelishib oladilar.
Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o'zbek xalqining milliy turmush tarzi va ma'naviy-axloqiy an'analari bilan hamnafasdir. Zero, xalq orasida qadimdan «ma'rifatli inson» tushunchasi qo'llanilib kelingan bo'lib, u o'zida keng ma'noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma'rifatli bo'lish o'zbek xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor o'rin tutuvchi omil sanaladi. Ma'rifatlilik — faqatgina bilim va malakaga ega bo'lish emas, ayni vaqtda chuqur ma'naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun mohiyati o'zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog'lanib ketgan.


Download 30,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish