3 I bob leksikologiya tilshunoslikning mustaqil bo’limi sifatida


Italyan tilidagi toponimlarning etimologik tahlili



Download 99,45 Kb.
bet18/29
Sana17.05.2021
Hajmi99,45 Kb.
#64940
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
BMI RUXSORA

3.1. Italyan tilidagi toponimlarning etimologik tahlili

Etimologiya (yun.— haqiqat; soʻzning haqiqiy maʼnosi va ...logiya) — 1) soʻz va morfemalarning kelib chiqishini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi; 2) soʻzning kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usullari majmui; 3) soʻzning kelib chiqishi. 19-asr tilshunosligida "etimologiya" termini "grammatika" maʼnosida ham qoʻllangan.

Tilshunoslik boʻlimi hisoblangan etimologiyaning asosiy vazifasi qadimiy manbalarni hamda til lugʻat tarkibining shakllanish jarayonini va uning dastlabki, qadimiy holatini tiklashdan iborat. Har bir til leksikasida muayyan miqdordagi soʻzlar borki, ularning shakli bilan maʼnosi oʻrtasidagi bogʻliqlik shu til egalari uchun tushunarsiz boʻlib qolgan, chunki soʻzning tarixan oʻzgara borishi uning dastlabki shakl va maʼnosini xiralashtirib qoʻyadi, bunday soʻz strukturasini tildagi mavjud yasalish qoliplari orqali izohlab boʻlmaydi. Etimologik tahlilning maqsadi muayyan soʻzning qachon, qaysi tilda, qanday yasalish qolipi boʻyicha, qaysi til materiali asosida qanday shakl va maʼnoda paydo boʻlganini aniqlashdir. Etimologik tahlilning asosiy metodi qiyosiy-tarixiy usul boʻlib, u fonetik qonuniyatlar, morfologik qoidalar, morfologik oʻzgarishlarga tayanib ish koʻradi. Bunday tadqiqot natijalari til tizimi va strukturasidagi turli jarayonlarni hamda soʻzlarning etimologik maʼnolarini aniqlashda, etimologik lugʻatlar tuzishda ahamiyatlidir. Muayyan til uchun oʻzlashma hisoblangan soʻzlar etimologiyasini aniqlash unchalik qiyin emas. Masalan, hozirgi oʻzbek tilida qoʻllanayotgan "daftar", "piyola", "qalam" kabi soʻzlarning yunon tiliga mansubligi, oʻsha tildagi (dastlabki) maʼnosini aniqlash uchun leksikografik izlanish — tegishli tillar (arab, fors, yunon) lugʻatlarini solishtirish kifoya qiladi. Biroq "juda qadimiy" maʼnosidagi "daqyonus (daqqiyunus)dan qolgan" iborasining etimologiyasini aniqlash uchun din tarixidan, Qurʼoni karimdagi "Kahf surasi"dan, Rim imperiyasi tarixidan xabardor boʻlish kerak.

Soʻz etimologiyasining ilmiy etimologiya, soxta etimologiya va xalq etimologiyasi kabi turlari bor. Ilmiy etimologik tahlil til tarixiga, lahja va shevalarga murojaat qilish, faktlarni turli yoʻllar bilan qiyoslash orqali yuzaga keladi. Masalan, pichoq soʻzining "bi" (tigʻ) oʻzagiga chak qoʻshimchasini yoki "bich" (kes, kesib tashla) feʼliga ak qoʻshimchasini qoʻshish orqali, "kuy" soʻzining qadimiy turkiycha "kug" (koʻp maʼnoli soʻz; bir maʼnosi — ashulada ovozning pastbalandligi) soʻzining "koʻy", "kuy" kabi shakl oʻzgarishi va qisman maʼno oʻzgarishi orqali paydo boʻlganligi ilmiy etimologik tahlillar bilan aniqlangan. Lisoniy birliklarni etimologik tahlil qilishda ular tarkibida tejamkorlik natijasida roʻy bergan oʻzgarishlarga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Masalan, hozirgi kunda oʻzbek tilida qoʻllanayotgan, payt maʼnosini bildiruvchi tunovgi — tunovkun — tunovin soʻzlari aslida 3 tarkibiy qismdan iborat boʻlib, "tun ogʻgan qun" shaklida qoʻllangan; bir qancha shakl oʻzgarishlaridan keyin mazkur qoʻrinishlarga ega boʻlgan. Demak, "tunovin", "tunovgi" soʻzlari, mavjud lugʻatlardagidek oʻtgan kun, burnogʻi kun, kechadan oldingi kun maʼnolarini emas, balki kecha, yaʼni tun ogʻgan kun (tun chappa boʻlgan kun) maʼnosini ifodalagan.

Soxta etimologiya eskirgan yoki oʻzlashma soʻzning morfologik tuzilishi va boshqalar xususiyatini notoʻgʻri tushunish natijasida yuzaga keladigan izoh. Masalan, "meditsina" soʻzini "madadi Sino" tarzida ajratib, Ibn Sino nomi bilan yoki "dorchin/dolchin" soʻzini "haqiqiy dori" birikmasi bilan bogʻlash soxta etimologiya boʻlib, aslida lot. tesIsta — "vrachlik mahorati davolash" maʼnosini, forscha dorchin/dolchin esa "doruyi chin" — xitoy dorisi maʼnosini bildiradi. Xalq etimologiyasi muayyan soʻz maʼnosini aniq faktlarga asoslanmagan holda, faqat tovush tomonining tasodifiy oʻxshashligiga qarab, shuningdek, afsona va rivoyatlarga tayanib izohlashdan iborat.

Tillardagi soʻzlarning dastlabki kelib chiqish maʼnosi etimologik lugʻatlarda beriladi. Ensiklopedik nashrlarda, jumladan, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida, odatda, boshqa tildan oʻtgan soʻzlargagina etimologiya koʻrsatiladi. Oʻzbek tilshunosligiga bagʻishlangan bir qator tadqiqotlarda va ayrim sohalar boʻyicha tuzilgan lugʻatlarda etimologik izlanishlar mavjud boʻlsada, E. toʻla maʼnodagi fan sohasi sifatida shakllanib yetmagan. Prof. Sh.Rahmatullayevning keyingi yillardagi tadqiqot va lugʻatlari bu sohadagi dastlabki tajribalar hisoblanadi. Detoponimizatsiya

Har qanday tilning so‘z zahirasi bir qancha manbalar hisobiga boyib boradi. Ana shunday manbalardan biri toponimiya, ya’ni geografik nomlardir Toponimlarning leksikaning boshqa turlariga o'tishi ya’ni atoqli (ism-familiyalarga) yoki turdosh otlarga aylanishi detoponi-mizatsiya(toponimlikdan voz kechish) deyiladi. Toponimlarga nom bergan so‘zlar inson faoliyatining barcha sohalarini (fan, texnika, san’at, adabiyot, iqtisodiyot, kundalik hayot sohalarini), tevarak- atrofdagi narsalar hamda hodisa-voqealarni qanuab olgan. Bunday so'zlar minerallar va tog‘ jinslarining, kimyoviy elementlarning, o‘simliklar va hayvonlarning, kiyim-kechak, asbob-uskunalarning, kasalliklarning, tarixiy voqelarning nomlari bo‘lishi mumkin. Xilma-xil toponimlar haqida tasavvur berishdan oldin bir necha misol keltiramiz.

Sibir deganda g‘arbda Ural tog‘laridan sharqda Tinch okeani sohili bo‘ylab joylashgan tog‘ tizmalarigacha, shimolda Shimoliy Muz okeani sohilidan janubda Qozog‘iston dashtlari hamda Mo‘g‘uliston Respublikasi ehegaralarigacha bo‘lgan ulkan hududni egallab yotgan past tekislik tushuniladi.

Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olgandan keyin, uning qonunlaridan bosh tortgan fuqarolar qishi qahraton sovuq, yozda chivin-chirkaylar nafas olishga ham kun bermaydigan qattiq tabiatli o'lkaga badarg'a qilinar edi va bu sibir qilmoqdeyilgan. Ushbu atama­dan bir qancha narsa-buyumlar ham nom olgan. Masalan, yashil tusdagi bir buyoq, tik yoqali kamzul, qog‘oz pul, sovuqqa chidamli olma, sovuq xonali avaxta sibirkadeb atalgan. Geologlar qizil tusdagi qimmatli toshni sibiritdeyishadi. Toponimlarning leksikani boyitishda eponim bo‘lib xizmat qilishini, ya’ni, o‘z nomini berishini shu misollardan bilsa ham bo‘ladi.

Aholi punktlari, ayniqsa shaharlar (bordo, kagor, xeresvinolari, borjomisuvi, satingazlamasi, qo‘qonarava, chustdo‘ppiva hokazo.). Davlatlar, mamlakatlar, o‘lkalar, xududlar, turli joylaming nomlaridan kelib chiqqan turdosh otlar juda ko‘p.

Masalan, alebastrMisrdagi shu nomli shahar, andezitJanubiy Amerikadagi tog‘, boksitFrantsiyaning janubidagi Boks degan joy nomidan, kaolin(chinnigulning ilmiy nomi) XitoydagiKaolin Izyansi viloyatidagi joy nom idan, muskovitMoskvaning Moskoviya,

to‘yamo‘yin Farg‘ona viloyatdagi To‘yamo‘yin koni, xibinit Rossiyaning shimolidagi tog‘lar nomidan olingan. Yer tarixidagi devon, kembriy, perm toponimlardannom olgan geologik davrlardir. Daryolarning buralib oqadigan qismining meandratalishi kichik Osiyodagi Meandr daryosi nomidan kelib chiqqanini geograflar yaxshi bilishi kerak.

Ameritsiy, balxashit, germaniy, yevropiy, yerevanit, indiy, kalifomiy, Fransiy kabi kimyoviy elementlar va moddalarning qanday toponimlardan nom olganini bilish qiyin emas. O‘simliklardan apelsinning gollandcha «xitoy olmasi» degani, kofening Afrikadagi Kaffao'lkasi, shpanka Ispaniya, qirmiskauzumi va qirimsag ‘izo'simligi Qrim, kanareykazotli sayroqi qush Atlantika okeanidagi Kanar orollari nomidan, sardina(sardinka)balig‘i. O‘rta dengizdagi Sardiniya oroli nomidan olingan. Shuningdek gazlama turlaridan boston movuti AQShdagi Bostonshahri nomidan, nafis gazlamalar kashemir Hindistondagi Kashmir viloyati kelib chiqqan. Krepdeshin «Xitoy matosi» degan so‘z. Boshqa sohalardan misollar ketiradigan boisak, limuzin avtomobili Fransiyaning Limoj departamentining nomidan, mayonez sousi O‘rta dengizdagi Menorka orolining markazi Maon shahri nomidan, plombir muzqaymogi Fransiyadagi shu nomli shahardan, konyak Fransiyadagi shu nomli shahardan, feska, fesbosh kiyim Marokashdagi Fets shahri nomidan olingan. Dollar so'zini oling, u Germaniyadagi Ioaximstal shahri nomidan olingan boiib ioxamstaler so'zining amerikacha qisqarib o‘zgargan shaklidir. Akademiya Gretsiyaning Afina shahri yaqinidagi Akademiyao‘rmonzori nomidan, roman — asli lotincha romanusso‘zidan kelib chiqan (Rumniki — Rimniki). Shpingalet(tamba) Ispaniya nomidan, fara chirogi Iskandariya shahri yaqinidagi (Misr) Farosoroli nomidan, Bibliya (Injil — Bibliyaning bir qismi) nomi yunoncha biblos (papirus o‘simligining po‘stlog‘i) so'zidan yasalgan boiib, asli Suriyadagi Bibl shahri nomidan, fujerryumkasi Fransiyadagi Fujershahri nomidan, ryumka Rum (Rim) so‘zidan, satin, satinet — Xitoydagi Tsyotung porti nomidan, vulkan — Tirren dengizidagi Vulkanooroli nomidan kelib chiqqan.

Biz quyida turli sohalarga oid toponimlardan misollar keltirar.iiz.

Minerallar va tog’ jinslari

Avstralit— mineral, Avstraliya qit’asi nomi.

Amazonit — mineral, kaliyli dala shpatining ko‘k-yashil turi. Zebu-ziynat buyumlari yasashga ishlatiladi. Amerikadagi Amazonka daryosi nomidan olingan.

Andaluzit — olovga va kislotaga bardoshli yashil yoki kul rang qattiq mineral. Ispaniyaning Andaluziya viloyati nomidan kelib chiqqan.

Arkanzas — qayroq tosh sifatida ishlatiladigan donador oq tosh

(AQShning Arkanzas shtati nomidan).

Baykalit — Baykal koii yaqinidan topilgan mineral.

Vezuvian(Vezuviy vulkani nomidan) — xilma-xil rangdagi mineral; zebu-ziynat buyumlari yasashda ishlatiladi.

Kimberlit — tarkibida olmos uchraydigan ultraasosiy tog' jinsi.

Janubiy Afrika Respublikasidagi Kimberli shahri nomidan yasalgan.

Labrador — zebu-ziynat buyumlari yasashga ishlatiladigan mineral. Shimoliy Amerikadagi Labrador yarim oroli nomidan.

Magnezit — mineral, Gretsiyadagi Magneziyaviloyati asosida nomlangan.

Sibirit — qizil rangli qimmatli tosh (Sibir).

Sienit — donador otqindi tog* jinsi. Misrdagi Asvonshahrining qadimiy nomi.

Yerning geologik davrlari nomlari

Devon — paleozoy erasining to'rtinchi davri. Angliyadagi Devon grafligi nomidan kelib chiqqan.

Kembriy— paleozoy erasining birinchi davri (Buyuk Britaniyaning ma’muriy-siyosiy qismi Uelsning Kambriya degan qadimiy nomidan).

Perm — paleozoy erasining oxirgi davri (Rossiyadagi Perm shahri).

Yura — mezozoy erasining ikkinchi davri. Shveytsariya va Fransiyadagi Yura tog‘lari nomidan.

Kimyoviy elementlar va buyumlar

Ameritsiy — kimyoviy element. Kashf qilingan joyi (Amerika)

nomidan.


Galliy — kimyoviy element. Fransiyaning qadimiy atamasi — Galliy

bo‘lgan.


Yevropiy— noyob kimyoviy element ( Yevropaqit’asi).

Kalifomiy— sun’iy yo‘l bilan hosil qilingan kimyoviy element

(AQShdagi shtat nomi).

Skandiy — noyob metall (Skandinaviya yarim oroli).

Fransiy — radioaktiv kimyoviy element (Fransiya Respublikasi).

O‘simlik nomlari

Kashtan— qora qayinlar oilasidan bo‘lgan daraxt (Kichik Osiyodagi Kastana shahri nomidan). Kofe(arabchasi qahva) — Afrikadagi Kaffaviloyati nomi (Efiopiya).

Maxorka— jo ‘n tamaki. Niderlandiyadagi Amersfortshahri nomidan olingan. Sudanka— boshoqdoshlar oilasidan boMgan bir yillik o‘t o‘simligi. Sharqiy Afrikadagi Sudan mamlakati nomidan kelib chiqqan. Qrimsag'iz— kauchukli o‘simlik. Qrimyarim oroli nomidan.

Qirmiska — uzum navi. Qrim yarim oroli nomidan (ruschasi- krumskiy).

It nomlari

Nyufaundlend — uzun junli yirik it. Shimoliy Amerikadagi Nyufaundlend oroli nomidan.

Senbemar— yirik it. Shveytsariyadagi Senbemar monastiri nomidan.

Spanieli — ovchi itlar zoti. Ispaniya mamlakati nomi asosida kelib chiqqan.

Gazlama nomlari

Jerseyoki jersi — ipakva junli trikotaj gazlama. Fransiyaning Normandiya viloyati yaqinidagi Jersioroli nomidan. Muslin — nafis gazlama. Iroqning Mosulshahri nomidan.Tyul — pardabop gazlama. Fransiyaning Tyul shahri nomidan.

Bu ro‘yxatnini yana davom ettirish mumkin. Masalan, har xil ovqatlar (mayonez ~ Monarxa oroli poytaxti Maon shahri nomidan, plombir— Fransiyaning Plombirshahri nomidan), ichimliklar (bor-do, kagor— Fransiyaning shaharlari), portveyn — Portugaliyaning Oporto shahri), xeres — Ispaniyadagi shahar, shampun — Fransiya viloyati, borjomi — Gruziyadagi kurort nomi, уessentuki — Shimoliy Kavkazdagi shahar nomi), kiyim-kechaklar( bolonya-Italiyadagi shahar, gamashi — Liviyadagi Gadameshshahri, qorako‘l — Buxoro viloyatidagi joy nomi).Toponimlar bilan atalgan ismlar va nisbalar Joy nomlari eponim bo’lib xizmat qilgan, ya’ni toponimlardan nom olgan so‘zlar inson faoliyatining barcha sohalarini va tevarak- atrofdagi xilma-xil narsa-hodisalarni qamrab olganini ko‘rdik. Kishilarning ism va familiyalari ham bundan mustasno emas. O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda farzandlami joy nomlari bilan atash qadimdan rasm bo‘lgan. Ko‘pincha bola aytaylik, boshqa bir mashhur muzofotda, shaharda tug‘ilsa o‘sha joy nomi ism bo‘lib qilgan. Buxorboy, Toshkanboy, Qo‘qonboy, Sayramboy ismlari ana shular jumlasidandir (biroq Qarshiboy ismi bundan mustasno, bola tug'ilayotganda teskari kelib qolsa, Qarshiboydeb ism olgan). Bunday ismlarda o‘sha joy nomining imlosiga amal qilinmagan, Buxoroboy, Toshkentboy deb talaffuz qilinmagan. Qo‘qon qadimda Xuqand, Xuvaqand deb atalgan. Shuning uchun ham, sovet hokimiyatining dastlabki yillarida chet elga ketib qolgan o‘zbeklar uchun chiqariladigan gazetalarda u shahar hozir ham Xuqand deb yoziladi. Toponimlardan nom olgan ismlar ko‘p emas, biroq joy nomlarini o‘zlariga nisba, ya’ni nisbiy familiya qilib olgan mashhur kishilar tarixda juda ko‘p bo‘lgan.

Shu narsa xarakterliki, O‘rta Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda joylarni ma’lum va mashhur shaxslaming nomlari bilan atash rasm bo‘lmagan.

Kishilar hammaga tanilib, xususan qo‘liga qalam olib yuksak ijod sohibi bo‘]gandan keyin o‘zlari tug‘ilib o‘sgan shaharlar, viloyatlar nomlarini o‘zlariga nisba,ya’ni nisbiy familiya qilib olganlar. Tarixda Andijoniy, Buxoriy, Nomongoniy, Samarqandiy, Termiziy, Toshkandiy, Xorazmiy singari ko‘plab allomalar o‘tgan.

Hozirgi davrda kishilar familiyasiz bo'lishi mumkin emas. llgari zamonlarda esa odamlar kam bo‘Igan. Buning ustiga ulaming laqabi, taxallusi, xususan qaysi urug‘dan ekanligi familiya vazifasini o'tagan. Buni «Boburnoma» kabi tarixiy asarlarda uchratish mumkin. Masalan, biron shaxsning nomi yoniga «nayman», «qovchin», «minglig‘» deb yozib qo‘yilgan.

Quyida italyan tilidagi ayrim toponimlar (shaharlar)ning etimologik tahlili:




Download 99,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish