2.1 Toponimlarning imloviy xususiyatlari
Imlo (arab. — toʻgʻri yozish), orfografiya — soʻz va gaplarning , soʻz qismlarining grafika vositalari yordamida toʻgʻri yozilishi; muayyan tildagi toʻgʻri yozish qoidalari majmui. Bu qoidalar soʻzlarning tovush tarkibi hamda soʻz va uning morfologik tarkibining yozilishi, soʻzlarni qoʻshib yoki alohida yozish, bosh harflarni toʻgʻri qoʻllash, boʻgʻin koʻchirish va boshqa bevosita yozuv bilan bogʻliq boʻladi. Shu bois imlo qoidalari vaziyatga koʻra oʻzgarib ham turadi.
Kirill yozuvidagi oʻzbek adabiy tilining imlo qoidalari 1940 yil dan shakllana boshlagan boʻlsa, 1956 yil da mukammal qoidalar toʻplami qabul qilingan. Oʻzbek adabiy tilida fonetik, morfologik, tarixiy-etimologik imlo qoidalari amal qiladi. Fonetik yozuv imlo qoidalariga muvofiq ayrim soʻzlarning oʻzak va qoʻshimchalaridagi oʻzgarishlar hisobga olinib, talaffuzga muvofiq yoziladi (koʻk+ga=koʻkka, bogʻ+ga=boqqa, buloq + ga=buloqqa va boshqalar). Morfologik imlo qoidasiga koʻra, aytilishi va eshitilishidan qatʼiy nazar, aynan oʻz holicha yoziladi (ichdi, tushdi, boribdi; bunda qoʻshimchalar — ti — ipti tarzida talaffuz qilinsa ham, di, — ibdi shaklida yoziladi). Tarixiy-etimologik qoidaga amal qilinganda esa suzlar uz holicha yoziladi (kitob, Muhammad, kimyo, tovar, geografiya, Koreya, Fransiya va boshqalar).
O’zbek xalqi o’zining ko’p asrlik tarixida bir qator yozuvlardan foydalangan. Mil.avv. VI-IV asrlarda oromiy,III-I asrlarda shu yozuv bilan bir qatorda yunon,miloddan boshlab II-III asrlarda Xorazm, V-VIII asrlarda turkey xalqlar ijodi mahsuli bo’lgan turk-rum (o’rxun-enasoy) yoki dulbarchin, VI-XVIII asrlarda uyg’ur yozuvidan foydalanildi. Shuningdek,moniy,eftalit,pahlaviy,suriya,eski uyg’ur,hind va boshqa yozuvlarda bitilgan turkiy tildagi manbaalar kam miqdorda bo’lsada bizgacha yetib kelgan. Xalqimiz qariyb o’n to’rt asr mobaynida (8-asrdan 1929-yilgacha) arab yozuvidan foydalanib keldi.
1929-yilda lotin yozuviga asoslangan yangi alifboga o’tildi. 1941-yilning may oyidan boshlab,lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi kirill grafikasidagi yozuv tizimiga ko’chirildi. Bu alifboda 30 ta harf bor edi.
Oʻzbek tilining lotin grafikasi asosidagi (1995-yilda qabul qilingan) alifbosi boʻyicha asosiy imlo qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24-avgustagi qarori bilan qabul qilingan.
Qisqa muddat ichida o’tkazilgan ikki alifbo almashuvi xalqimiz savodxonligining oshishiga, madaniy yuksalishiga jiddiy zarar yetkazdi: tilimiz ravnaqiga,imlomiz ravonligi,savodxonligimizning oshishiga bir qator to’siqlar keltirib chiqardi.
1993-yil 2-sentabrda O’zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilindi.
Quyida toponimlarga tegishli imlo qoidalari:
1.Mamlakatlar,shaharlar,qishloqlar,shaharchalar,daryo,dengiz,tog’,tepa,adir nomlari ham bosh harf bilan yoziladi: Hindiston,Muborak,Urgut,Tentaksoy, Qo’ng’irtog’,Qashqadaryo,Qora dengiz va h.k.
2.Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so’zi bilan yasalgan joy nomlari qo’shib yoziladi : Oqtepa,Uchqo’rg’on,Davlatobod,Xo’jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko’hna Urganch, G’arbiy Yevropa kabi joy nomlari ajratib yoziladi.
3.Agar joy nomlariga sifat yasovchi “-lik” qo’shimchasi qo’shilsa, ular kichik harf bilan yoziladi. Masalan: Samarqand- samarqandlik
4.Mamlakat,o’lka nomlari qo’shma so’z shaklida bo’lganda tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi : Amerika Qo’shma Shtatlari.
5.Tarkibida bo’ti,orti,oldi so’zlari ishtirok etgan jy nomlari qoshib yoziladi. Masalan: Orolbo’yi,Kavkazorti.
Do'stlaringiz bilan baham: |