II BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZASIYALASH SHAROITIDA KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI PASAYTIRISH MASALALARI
2.1. Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashda korxonalarning o’rni va ahamiyati
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida iqtisodiy o’sishni ta’minlash, 2011 yilda yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik korxonalarni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
Kichik korxona – kichik biznes subyektlarining bir turi bo’lib, mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka ko’ra sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika sanoati va boshqalarda) 50 kishigacha, xizmat ko’rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik korxona hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |