II-BOB: INSON SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA OZIQ-
OVQAT XAVFSIZLIGI VA UNING ASOSIY JIHATLARI
2.1. Tibbiy me’yorlar asosida oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlanish masalasi
O’zbekistonda shakllangan ko’p asrlik an’anaviy sabzavotchilik va
bog’dorchilik madaniyati azaldan mahalliy o’g’itlardan foydalanishni ko’zda
tutadigan biologik dehqonchilik printsiplariga asoslangan. Bu genlarni
modifikatsiya qilish texnologiyalarini qo’llamasdan, juda mazali ta’mga va
iste’mol xususiyatlariga ega bo’lgan ekologik toza meva va sabzavotlar yetishtirish
imkonini beradi. Biz mineral o’g’itlar, pestitsidlar va shu kabi vositalarning o’rniga
doimo qo’llab kelayotgan va biz uchun ustuvor bo’lgan organik o’g’itlardan
foydalanishni afzal deb bilamiz. Boshqa kimyoviy vositalar qishloq xo’jaligi
zararkunandalariga qarshi kurashishda ishlatilishi mumkin. Lekin ulardan
stimulyator, ya’ni ekinni tez rivojlantiradigan vosita sifatida foydalanish
umuman mumkin emas, chunki bu borada eng yaxshi, sinalgan vosita – bu
organik
o’g’itlardir. Shuning uchun ham saxovatli o’zbek zaminida
yetishtiriladigan meva va sabzavotlar yuqori nufuzga ega bo’lgan haqiqiy brendga
– tovar belgisiga aylanib, bu mahsulotlarni sotib oladigan mamlakatlarda ular
yuksak raqobatdoshligi bilan ajralib turadi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan
Oziq-ovqat dasturi aholining to’laqonli va mutanosib ratsion asosida ovqatlanishini
ta’minlashdek muhim vazifani hal etish imkonini berdi.
Iste’mol qilinadigan ovqatning tarkibi va ratsionini yaxshilash boshqa
omillar bilan birga aholi, avvalo, bolalar salomatligini tubdan yaxshilashga
ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Masalan, so’nggi 10 yilda vazni tibbiyotda ko’zda tutilgan me’yordan
kam bo’lgan bolalar soni ikki barobardan ziyod (4 foizdan 1,8 foizga)
qisqardi, ularning bo’yi o’rtacha 3 santimetrga o’sdi, bizning mintaqamizga xos
bo’lgan jiddiy kasallik, ya’ni xotin-qizlarda kamqonlik darajasi 2,5 marta pasaydi.
21
Mustaqillik yillarida O’zbekiston aholisining o’rtacha umr ko’rishi 7,5
yilga (66 yoshdan 73,5 yoshga), xotin-qizlarning o’rtacha umr ko’rishi esa 75
yoshga
uzayganQishloq
xo’jaligining mamlakat oziq-ovqat xavsizligini
ta’minlashda asosiy tarmoqlardan biri ekanligini inobatga oladigan bo’lsak,
ushbu yo’nalishda tahlil etilayotgan davrda erishilgan ijobiy natijalarni alohida
ta’kidlash joiz. Jumladan, barcha asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlari turlari
bo’yicha aholi jon boshiga ishlab chiqarish ko’rsatkichlari miqdor jixatidan
o’sgan. Masalan, sabzavotlar 147,2 kg ga, sut yetishtirish 86,6 kg ga va tuxum 69
donaga ko’paygan.
Oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan me’yordagi ehtiyojni aniqlashda
mutanosib ratsion asosida ovqatlanishni ta’minlash vazifasi faqat me’yordagi
kaloriyaga ega bo’lgan va har kuni iste’mol qilinadigan oziq-ovqat
mahsulotlaridan iborat emasligini e’tiborga olish o’ta muhimdir.
To’laqonli ovqatlanish ko’p jihatdan uning tarkibiga, iste’mol qilinadigan
oziq-ovqat
mahsulotlarining
insonning
normal
rivojlanishi
va
faoliyat
yuritishi,uning
organizmida
to’g’ri
modda
almashinuvi,
salomatlikni
mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, keksayish jarayonini sekinlashtirish
va umrni uzaytirish uchun zarur bo’ladigan to’yimli va sifatli moddalar bilan
kerakli darajada ta’minlanishiga bog’liq. Bu borada ovqat bilan birga o’rnini hech
narsa
bosolmaydigan
aminokislotalar,
vitaminlar,
mineral
moddalar,
mikroelementlar va organizmda o’z-o’zidan hosil bo’lmaydigan boshqa
moddalarning ham iste’mol qilinishi inson hayoti uchun eng muhim ahamiyatga
egadir. Ana shu foydali moddalar, vitamin va mikroelementlar katta miqdorda
faqatgina sabzavotlar, meva va uzum tarkibida bo’ladi va ularning o’rnini
boshqa hech qanday mahsulot bosa olmaydi.
Boshqacha aytganda, inson salomatligi, uning uzoq va barakali umr ko’rishi
to’g’ri va mutanosib ratsion asosida ovqatlanishni ta’minlash bilan chambarchas
bog’liq ekani, meva va sabzavotlar uning eng muhim tarkibiy qismi bo’lishi
lozimligi hech kimga sir emas. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlari
22
shundan dalolat beradiki, bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda bir
kishi uchun tavsiya etilgan kundalik 400 gramm o’rniga juda kam miqdorda – bor-
yo’g’i 150-200 gramm meva va sabzavot iste’mol qilinmoqda. Xalqaro
dietologlarning tavsiyasiga ko’ra, inson iste’mol qiladigan oziq-ovqatning kamida
50 foizini meva va sabzavotlar tashkil etishi zarur. Mamlakatda yetishtiriladigan
oziq-ovqat ekinlarining ahvoli, istiqboli va turlari, ulardan olinadigan hosilning
mazali ta’mi va foydali xususiyatlari, ularning milliy iqtisodiyot va eksportda
tutadigan o’rni, birinchi navbatda, shu davlatning geografik joylashuvi, uning
tuproq-iqlim sharoitiga va shakllangan dehqonchilik madaniyati va saviyasiga,
muayyan mahsulotni yetishtirish mahoratiga, bunday mahsulotlarning mahalliy
va xorijiy bozorlarda nechog’liq xaridorgir bo’lishiga bog’liq. Ekspertlarning
ma’lumotlariga ko’ra, bizning sharoitimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlar
bebaho iste’mol xususiyatlari, ya’ni tarkibida tabiiy shakar, amino va organik
kislotalar, salomatlik uchun eng muhim bo’lgan mikroelementlar va oziq-
ovqat ratsionida o’rnini almashtirib bo’lmaydigan turli biologik moddalarga
boyligi bilan boshqa mintaqalarda yetishtirilgan ana shunday mahsulotlardan
sezilarli ravishda yuqori turadi. O’zbekistonda yetishtiriladigan meva va
sabzavotlarning faqat ularga xos bo’lgan xususiyatlari va to’yimlilik darajasi
haqida gapirganda, shuni qayd etish kerakki, mamlakatimiz selektsionerlari
sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning 170 dan ortiq navini, meva va rezavor
ekinlar va uzumning 175 ta yangi navini yaratdilar.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashni aholi oziq-ovqat mahsulotlarini
olishidagi tegishli tahlikalarga sabab bo’luvchi tahdidlarning ta’siri bilan ham
bog’lash zarur. Tahdidlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |