ta’minlash masalalari
Narx
Soliq
Subsidiyalar
Kreditlar
11
sektorning rivojlanishi, qishloq xo’jaligi yer fondini qo’llab-quvvatlash va sifatini
yaxshilash maqsadida Melioratsiya jamg’armasi tashkil etilishi va shu kabilar
ushbu jarayonda muhim rol` o’ynadi.
Oziq-ovqattovarlari ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirish va aholining
barcha qatlamlari ulardan foydalanishini kengay-tirishga yo’naltirilgan chora-
tadbirlar bilan birgalikda ovqatlanish tarkibini yaxshilashga qaratilgan choralar
ham katta ahamiyatga ega bo’ldi. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishmayotgan
mikroelementlar bilan saplimentatsiya qilish: unni fortifikatsiyalash (30 foizdan
ortiq), tuzni yod bilan boyitish (ishlab chiqarilayotgan tuzning 53 foizdan ortig’i),
o’simlik moyini retinol yoki A vitamini bilan
saplimentatsiya qilish dasturi ushbu
choralarga tegishlidir.
Umuman olganda, O’zbekistonning oziq-ovqat strategiyasi yuqori
samaradorlikni namoyish qildi va keng e’tirof etildi va ma’qullandi. Jumladan,
O’zbekiston oziq-ovqat siyosatining bir qancha asosiy qismlari (kam ta’minlangan
uy xo’jaliklari ora-sida aktivlarni (er va chorva mollarini) taqsimlash; oziq-ovqat
dasturlarini sog’liqni saqlash milliy tizimiga integratsiyalash) xalqaro e’tirof
etilgan ilg’or tajriba sifa-tida qaraladi va BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi
tomonidan boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga tavsiya etiladi. SHu bilan birga,
global va milliy iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlar bugungi kunda yangi
tahdidlarni belgilab beradi va tegishli ravishda o’rtacha muddatli va uzoq muddatli
istiqbolda mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi sohasida bir qancha yangi talablar
qo’yadi. Bir tomondan, aholi soni-ning o’sishi, demografik tarkibning o’zgarishi
va mamlakat aholisi daromadlarining ancha o’sishi istiqbolda oziq-ovqat tovar-
lariga bo’lgan talabning jiddiy ravishda o’sishiga, shuningdek o’zgarayotgan
turmush tarzi va xatti-harakat andozalari oqibatida ovqatlanish tarkibining
o’zgarishiga olib keladi. Oldinga qo’yilgan vazifalarga eri-shish suv ta’minoti
qisqarishining saqlanib qolayotgan va chuqurlashayotgan muammolari (iqlim va
geosiyosiy omillar oqibatida), yer sifatining yomonlashishi, qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishining yetarlicha samarali va mahsuldor emasligi, agrar sektorda insti-
12
tutlarning yetarlicha samarali ishlamasligi bilan murakkablashadi. Ikkinchi
tomondan, tahdid uchinchi dunyo mamlakatlarida oziq-ovqatga bo’lgan talabning
o’sishi munosabati bilan jahon bozorlarida oziq-ovqat narx-lari o’sishining
kutilayotgan tendentsiyalari va iqlim o’zgarishlari va bioyoqilg’i ishlab
chiqarishning kengayishi tufayli kelib chiqqan taklifning qisqarishi bilan
bog’liqdir. Mana shundan kelib chiqqan holda, keyingi bosqichlarda oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash yanada yangi, murakkabroq yondashuv-larni, siyosat va
vositalarni qo’llashni talab etadi. Shu munosabat bilan oziq-ovqat xavf-sizligini
uchta asosiy jihatni: 1) oziq-ovqat mavjudligi, 2) oziq-ovqat mahsulotlarining
yetarliligi va 3) oziq-ovqatning muvoza-natliligi va sifatini qamrab oluvchi
kompleks muammo sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Oziq-ovqat siyosatining
asosiy maqsadli yo’nalishlari mana shu uch asosiy yo’nalish bo’yicha shakl-
lantirilishi lozim. Birinchi maqsadni – oziq-ovqat mahsulotlarining zarur hajmda
mavjud bo’lishini ta’minlash– prognozlashtirila-digan talab baholaridan va
aholining maqbul ko’rishidan kelib chiqib oziq-ovqat tovarlari hajmlarini
ko’paytirishni va ularni ishlab chiqarish tuzilmasini maqbullashtirishni talab etadi.
Mamlakatimiz selektsionerlari sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning
170 dan ortiq navini, meva va rezavor ekinlar va uzumning 175 ta yangi navini
yaratdilar. Istiqlol yillarida g’alla yetishtirish hajmi 1 million tonnadan 8
million tonnaga yetdi va O’zbekiston g’alla eksport qiladigan mamlakatlar
qatoridan joy egalladi.Avvallari mamlakatimiz aholisini boqish uchun 5
million tonna bug’doy chetdan sotib olinardi. Mamlakatimiz aholisining
qariyb 10 million kishiga yoki 30 foizdan ortiq ko’payishiga qaramasdan, jon
boshiga to’g’ri keladigan go’sht iste’molini 1,3 barobar, sut va sut
mahsulotlarini 1,6 karra, kartoshkani 1,7 barobar, sabzavotlarni 2 martadan
ziyod, mevalarni qariyb 4 barobar oshirish imkonini berdi. Marketing va jahon
bozorlariga chiqish bo’yicha yangi texnologiyalarni joriy qilish borasida
amaliy yordam ko’rsatildi. O’zbekistonda hozirgi zamon qishloq xo’jaligini isloh
qilishning muhim siyosiy xususiyatini ko’zda tutgan holda davlatimiz rahbari
13
shunday deb ta’kidlagan: «Bugun shuni chuqurroq anglamoqdamizki, umuman
jamiyatimizning yangilanishi samaradorligi, mamlakatimizdagi demokratik
jarayonlarning rivojlanishi darajasi qishloq xo’jaligini isloh qilishning qanchalik
muvaffaqiyatli kecha-yotganligiga, bu jarayon qishloq hayotining barcha
jabhalariga qanchalik chuqurroq singib borayotganligiga bog’liq». Ma’lumki,
iqtisodiyotning real sektori korxonalarini ko’llab-quvvatlash, ularning barqaror
faoliyatini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish, o’z mahsulotlarini ishlab
chiqarish ko’lamini kengaytirish bo’yicha ko’zda tutilgan qo’shimcha choralar
ichki manbalar hisobidan mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
uchun ishonchli zaxiralarni shakllantirish imkonini bermoqda. Bu esa jahon
bozorlarida asosiy oziq -ovqat mahsulotlari narxi oshishi sharoitida alohida
muhim ahamiyat kasb etadi. «Qishloq xo’jaligi tadqiqotlarini mingyillik
rivojlanish maqsadlariga erishishga qayta yo’naltirish: xalqaro va mintaqaviy
tajriba» mavzuidagi xalqaro ekoforumda deklaratsiya qabul qilindi. Undan oziq-
ovqat xavfsizligi, o’rimdan keyingi ishlov berish texnologiyasi, foydani
oshirish uchun qo’shimcha qiymatni yaratish, ekinlarning hosildorligini oshirish,
kompleks dehqonchilik yondashuvlarini ishlab chiqish, qishloq xo’jaligi
aylanmasida Orol dengizining qurigan o’zanidan foydalanish maqsadida
tadqiqotlar olib borish kabi yo’nalishlar bo’yicha tavsiyalar o’rin olgan. Bunga,
shuningdek, qimmatli genetik resurslarni saqlash, tabiiy resurslardan ekologik
samarali foydalanish, mintaqaviy va xalqaro miqyoslarda ijtimoiy-iqtisodiy
ilmiy tadqiqotlar olib borish va hamkorlik kabi masalalar kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |