Diagramma -2. O’zbekistonda dunyoning boshqa mamlakatlari bilan
solishtirganda, don va dukkakli maxsulotlar, go`sht va baliq maxsulotlariga
nisbatan ko`pro iste’mol qilinishi kuzatiladi
Mana shundan kelib chiqqan holda, keyingi bosqichlarda oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash yanada yangi, murakkabroq yondashuvlarni, siyosat va
vositalarni qo’llashni talab etadi. Shu munosabat bilan oziq-ovqat xavfsizligini
uchta asosiy jihatni: 1) oziq-ovqat mavjudligi, 2) oziq-ovqat mahsulotlarining
45
yetarliligi va 3) oziq-ovqatning muvozanatliligi va sifatini qamrab oluvchi
kompleks muammo sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Oziq-ovqat siyosatining
asosiy maqsadli yo’nalishlari mana shu uch asosiy yo’nalish bo’yicha
shakllantirilishi lozim. Birinchi maqsadni – oziq-ovqat mahsulotlarining zarur
hajmda mavjud bo’lishini ta’minlash – prognozlashtiriladigan talab baholaridan va
aholining maqbul ko’rishidan kelib chiqib oziq-ovqat tovarlari hajmlarini
ko’paytirishni va ularni ishlab chiqarish tuzilmasini maqbullashtirishni talab etadi.
1-diagrammada oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmi va tarkibini 2012 yil
darajasida saqlab qolgan holda 2025 yilda oziq-ovqat mahsulotlarining har biri
bo’yicha iste’mol qilish, ishlab chiqarish va kutilayotgan taqchillikning
prognozlashtirilayotgan hajmlari taqdim etilgan. Taqdim etilgan prognozlar
asosida istiqbolda oziq-ovqat bilan ta’minlash bo’yicha maqsadlarni amalga
oshirish uchun ikkita stsenariyni ko’rib chiqish mumkin. Birinchi stsenariy oziq-
ovqat tovarlari ishlab chiqarish va iste’mol qilish balanslarini saqlab qolishga
yo’naltirilishni taqozo etadi va kutilayotgan taqchilliklarni qoplash uchun oziq-
ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini ko’paytirishni talab qiladi. Bunda
bog’dorchilik va sabzavotchilikning intensiv usullarini joriy etish hamda
rentabelsiz yerlarda paxta ekishni qisqartirish hisobiga o’stiriladigan oziq-ovqat
tovarlari yetishtirish maydonlarini kengaytirish hisobiga qishloq xo’jaligi ekinlari
hosildorligini oshirish ushbu maqsadga erishishning asosiy vositalari hisoblanadi.
Jumladan, olingan baholarga muvofiq don ekinlari bo’yicha kutilayotgan
taqchillikni qoplash uchun 2025 yilga borib ularning o’rtacha hosildorligini 2012
yildagi gektaridan 42,4 tsentnerdan gektaridan 55 tsentnergacha oshirish va ekin
maydonlarini 472,3 ming gektardan 1500 ming gektargacha ko’paytirish talab
etiladi. Xuddi shu tarzda sabzavot ekinlari va mevalarning o’rtacha hosildorligini
tegishli ravishda 47% va 60%ga oshirish va ularning ekin maydonlarini navbati
bilan 20 va 10 foizga ko’paytirish talab etiladi.
Ikkinchi stsenariyni amalga oshirish O’zbekiston nisbatan ustunlikka ega
bo’lgan oziq-ovqat tovarlarini eksport qilishni ko’paytirish maqsadida ularni
46
yetishtirishni oshirishni nazarda tutadi. Bu, bir tomondan, don ekinlari ekiladigan
ekin maydonlarini lalmi yerlarda 42 ming gektarga qisqartirishni va ushbu
yerlardan meva yetishtirish uchun foydalanishni taqozo etadi. Ikkinchi tomondan
rentabelsiz yerlarda paxta ekiladigan maydonlarni 60 ming gektarga qisqartirishni
va ushbu yerlardan sabzavot yetishtirish uchun foydalanishni talab etadi.
Chunki ushbu yerlarda sabzavot yetishtirish iqtisodiy nuqtai nazardan
paxta yetishtirishga qaraganda maqsadga muvofiqdir.Ushbu stsenariy 2012-2025
yillarda mevalarning o’rtacha hosildorligini gektariga 100 tsentnerdan 200
tsentnergacha, sabzavotlar hosildorligini esa gektaridan 300 tsentnerdan 480
tsentnergacha oshirishni taqozo etadi. 42 ming gektar ekin maydoniga don ekinlari
o’rniga meva yetishtirish hisobiga iqtisodiyotning umumiy yutug’i 3398,2 mln
dollarni, 60 ming gektar ekin maydoniga paxta o’rniga sabzavot mahsulotlari
yetishtirish hisobiga esa -1384,2 mln dollarni tashkil etadi (2010-2012 yillarning
o’rtacha narxlarida). Bunda qishloq xo’jaligi oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash
sohasida ish o’rinlari tashkil etish istiqbollari hisobga olingan holda meva
yetishtirishni kengaytirish hisobiga 36 ming ish o’rni va sabzavot yetishtirishni
ko’paytirish hisobiga 97,6 ming ish o’rni yaratiladi.
Ikkinchi stsenariyni amalga oshirishda meva va sabzavot mahsulotlarini
eksport qilishni kengaytirish uchun tegishli salohiyat va bozor mavjud ekanligini
qayd etish ayniqsa muhimdir. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, taklif etilayotgan
chora-tadbirlar hisobiga 2025 yilda mevalarni eksport qilishning o’sish sur’atlari
Rossiya
ozorida meva va sabzavotga bo’lgan talabning o’sish sur’atlariga
qaraganda past bo’ladi. Qishloq xo’jaligi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish
tuzilmasini yanada diversifikatsiyalash nuqtai nazaridan an’anaviy ekinlardan
tashqari istiqbolli an’anaviy ekinlar (masalan, xandon pista) yetishtirish imkoni-
yatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq. Sanoat yo’li bilan xandon pista ekin
maydonlarini tashkil etish tog’oldi la’lmi yerlardan foydalanishning mavjud
tizimiga samarali muqobil bo’lishi mumkin. Jumladan, namoyish
47
etiladigan loyihalar natijalariga muvofiq tog’oldi la’lmi yerlarda bug’doy
yetishtirishga qaraganda pista yetishtirish 50 baravardan ortiq foyda beradi; bu
joylardan chorva mollarini o’tlatish uchun foydalanish xandon pista yetishtirishdan
olingan foydaning atigi 4,5 foizni tashkil etadi. Rivojlanishning tanlangan
stsenariylaridan qat’i nazar aholining go’sht-sut masulotlariga bo’lgan talabini
ta’minlash muhim strategik vazifaligicha qoladi. Hisob-kitoblarga muvofiq 2025
yilda go’sht bo’yicha taqchillik 437,44 ming tonnani, sut bo’yicha - 3490,8 ming
tonnani tashkil etadi. Kutilayotgan taqchillikni qoplash va go’sht-sut mahsulotlari
yetishtirishni ko’paytirish uchun ozuqa ekinlari yetishtirishni jiddiy ravishda
ko’paytirish talab etiladi. Go’sht-sut mahsulotlari yetishtirish hajmlarini
ko’paytirish uchun ozuqa ekinlari taqchilligini qoplash boshqa ekinlar uchun
ajratilgan yerlarda almashlab ekish tizimini joriy etishni talab etadi. Jumladan, agar
paxta ekiladigan umumiy maydonning (311 ming ga) 27 foizi almashlab ekish
uchun ajratilsa, paxta yetishtirish 839,7 ming tonnaga qisqaradi, omixta yem
yetishtirish esa 11 184 ming tonnaga ko’payadi. Umuman olganda taklif
etilayotgan choralarni qo’llash hisobiga umumiy yutuq 1 331 mln. dollarni tashkil
etadi.
Ko’rib chiqilgan stsenariylardan istalgan birini samarali amalga oshirish va
oziq-ovqatning zarur hajmlari mavjudligini ta’minlash bir qancha masalalarni hal
etish zarurligini taqozo etadi:
Oziq-ovqat mahsulotlarining zarur hajmi yetishtirilishini ta’minlash uchun
suvdan foydalanish tizimini takomillashtirish. Jumladan, qo’shni davlatlar
tomonidan gidroenergetika sohasida nazarda tutilgan loyihalar amalga oshirilgan
va suv ta’minoti tegishlicha qisqargan taqdirda 2025 yilda suv taqchilligini qoplash
uchun kamida 1,012 mln gektar sug’oriladigan yerlarda tomchilatib sug’orishni
joriy etish talab etiladi. Bu 4554 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni
talab etadi. Tomchilatib sug’orishni joriy etish qo’llaniladigan mineral o’g’itlar
hajmini 30 foizga qisqartirish imkonini beradi. Bu yetishtirilayotgan oziq-ovqat
tannarxini pasaytirishga va yerning sifati yomonlashishi muammosini hal etishga
48
ko’maklashdi. Hosildorlik, binobarin, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning
qo’shimcha hajmlaridan olinadigan foyda 40 foizga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |