3 i-bob. Axolini sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlashning asosiy mexanizmalari


Jahon mamlakatlarida bmt mingyillik dasturi 1- maqsadining amalga oshirilishi



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/29
Sana02.01.2022
Hajmi1,59 Mb.
#309182
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
oziq ovqat havfsizligi salomatlik omili gosht va sabzavod misolida. (1)

Jahon mamlakatlarida bmt mingyillik dasturi 1- maqsadining amalga oshirilishi  

(2017 yil, FAO ma’lumoti) 


41 

 

ko’rilgan  bo’lib,  ming  yillik  deklaratsiyasi  va  BMTning  Mingyillik rivojlanish 



maqsadlarida qayd etilgan.   

 

FAO  tomonidan  tashkil  etilgan  oziq-ovqat  xavfsizligiga  bag’ishlangan 



birinchi  konferentsiya  1974    yilda    o’tkazilgan    bo’lsa,    unda  jahon    oziq-ovqat  

muammosini  yaqin  10  yil  ichida  hal  qilishga qaror qilingan edi. Lekin keyingi 

chorak  asrda  sezilarli  yutuqlarga  erishilgan  bo’lsada,  bu  muammo  haligacha  hal 

qilingan yo’q. 

 

Agar  20-asrning  70-yillarida  jahon  aholisining  uchdan  bir  qismi  to’yib 



ovqatlanmagan    bo’lsa,    bugungi    kunda    bu    ko’ratkich    20%ni    tashkil    qiladi.  

Qishloq  xo’jaligi mahsulotlarining  jahon  savdosi  hajmi  uch  baravar  oshdi,  shu  

bilan    bir  qatorda  jahon    qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishining  o’sish  sur’atlari 

3%dan  keyingi  o’n  yillikda  1,6%  ga  tushdi.  Bunda  95  qishloq    xo’jaligi    ishlab  

chiqarish    hajmi  jahonning    90    ta    mamlakati,  shu  jumladan    44    ta  Afrika 

mamlakatlarida pasaydi. Bu jahonda  aholi  soni yiliga  90-100 mln.kishiga  oshib  

borayotgan    va    795  mln.dan  ortiq  to’yib  ovqatlanmayotgan  sharoitda  yuz 

berayapti.  

 

FAO  ma’lumotlariga    ko’ra  1960    va  2000  yillar  orasida  bug’doy 



hosildorligi 208 foizga oshdi hamda sholi, makkajo’xori va kartoshka hosildorligi 

tegishli  ravishda  109,  157  va  78  foizga  oshdi.  Ekin  hosildorligi  keskin  oshishi  

asosan  ilmiy    va    texnikaviy  yuksalish,    jumladan    ekinlarning    yuqori    hosildor  

navlari,    kimyoviy    o’g’itlar    va  pestitsidlardan  kengroq  foydalanish  hamda 

sug’orish  va  mexanizatsiya  sharofati  bilan  ro’y  berdi.    Mazkur    texnologiyalar  

ekin    maydonini    ozgina    kengayishi    bilan    qishloq  xo’jaligining    intensiv  

rivojlanishi    tufayli    bo’ldi.    Masalan,    1966    yilda    Osiyoda  hosildorligi  yuqori 

sholi  navi  joriy    etilgan.    1969  yilga    kelib  sholikorlik  maydoni  bor-yo’g’i  13 

foizga  oshgan  bo’lsada,  hosil  miqdori  240  milliondan  483  millionga  yetdi.  Ayni 

shu    paytda  mineral    o’g’itlardan  foydalanish    ko’rsatkichi    gektarga    17    kgdan  

110  kg gacha  oshdi.  1963  1964  yillarda Hindistonda  to’rt  gektar  yerda yuqori  

hosildor    bug’doy  navlari    yetishtirilishi   sinovdan    o’tkazilgan    edi.   1972    yilga  




42 

 

kelib  to’rt  million gektardan  oshiq  maydonlar  mazkur  yangi  bug’doy  navlari  



uchun  ajratildi.  1964–1969 yillarda Hindistonda bug’doy hosili 10 milliondan 17 

million  tonnagacha oshib, 2005 yilda ushbu ko’rsatkich 75 million tonnaga yetdi. 

1990  yilga  kelib  ular  Osiyoda  sholikorlik  maydonlarining  deyarli  75  foizini  band 

qilishdi.    Bug’doyning    yangi    navlari    Afrikada    barcha    ekin    maydonlarining  

yarmi  hamda Lotin  Amerikasi  va  Osiyoda  yarmidan  ko’piga  ekildi.  Dunyoda  

makkajo’xori    dalalarida  ularning  hissasi  70  foizga  teng  bo’ldi.  Rivojlanayotgan 

mamlakatlardagi  fermerlarning  qirq    foizi    yangi    hosildor    navlarni    ekib,  bu  

jihatdan    Osiyo    yo’lboshchi    bo’lib,  uning  ortidan  Lotin  Amerikasi  bormoqda. 

Qishloq xo’jaligida bunday sifat tomonga o’zgarish tufayli  dunyoda  o’rtacha  jon  

boshiga    kaloriyalar    soni    1958    yildagi    taxminan    2420  kilokaloriyadan    1999  

yilda  2808  kaloriyagacha  ortdi.  Lekin  ayni  paytda  dunyo aholisining  soni  ikki  

baravardan    ko’proq    oshdi.    “Yashil    inqilob”  oziq-ovqat  xavfsizligi  va  qishloq  

xo’jaligini  rivojlantirishga  qaratilgan  fan  va  davlat dasturlari  hamkorligining  

muvaffaqiyatli  misolidir.  Ko’p  mamlakatlarda  hukumat turli  navlar  va  urug’lik  

ta’minotini  qo’llab-quvvatlaydi,  sug’orish  tizimlarini rivojlantirdi  va kimyoviy 

o’g’itlarni    ta’minotini    subsidiya  qiladi.  Qishloq  xo’jaligi  sinov-namoyish  

dasturlari    fermerlarga    yangi    navlar    urug’lari,    mineral    o’g’itlar,  pestitsidlar  

ta’minoti  bilan  bir  qatorda  ushbu  inqilobning  ijobiy  natijalari kengroq  tatbiq  

qilinishini  qo’llab-quvvatladi.  Fan  yutuqlari  tatbiqi,  nou-xauni takomillashtirish  

hamda    mineral    o’g’itlarning    samarali    qo’llanilishi    Osiyo    va    Lotin 

Amerikasidagi  ko’p  mamlakatlarga  o’z  aholisini  oziq-ovqat  bilan    ta’minlashda 

dolzarb  masalalarni    hal    qilishga    imkon    berdi.    Ushbu    muvaffaqiyatlarga  

qaramay,  qishloq xo’jaligi  mahsulotini  ko’paytirish  uchun  choralar  aholining  

oziq-ovqat    xavfsizligini  ta’minlash  uchun  yetarli  emas.  Ushbu  maqsadga  yetish 

uchun  ko’p  mamlakatlar  tegishli  savdo  siyosati    bilan    bir    qatorda    ishlab  

chiqarishni    qo’llab-quvvatlash    choralarini    qo’llashdi.  Lekin    “Yashil    inqilob”  

atrof-muhit  muammolari,  jumladan  tuproq  yomonlashishi, kimyoviy  o’g’it  va  



43 

 

pestitsidlardan    haddan    ortiq    foydalanish    hamda  qishloq  xo’jaligida  ishlab 



chiqarishning xilma-xilligining kamayishiga olib keldi. 

 

Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  oziq-ovqat  xavfsizligi 



masalalari  O’zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy  siyosatida  markaziy  o’rinlardan 

birida turadi. Natijada mamlakat ushbu yo’nalishda katta yutuqlarga erishdi. G’alla 

mustaqilligiga erishish, aholi jon boshiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari – go’sht, 

sut, tuxum va meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishning ancha ko’payganligi va 

buning  oqibatida,  oziq-ovqatning  barcha  asosiy  turlarini  mamlakatning  o’zida 

ishlab chiqarish amalda to’liq ta’minlandi. 




Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish