2.3. Mamlakatimizda ovqatlanish sifatini va tarkibini yaxshilash masalalari
Uzoq muddatli istiqbolda O’zbekistonni rivojlantirish vazifalaridan kelib
chiqib 2025 yilga borib oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosining 70 foizini
do’konlarda va supermarketlarda amalga oshirish zarar (hozirgi vaqtda
do’konlarda va supermarketlarda savdo qilish ulushi 37 foizni tashkil etadi). Bu
supermarketlar va do’konlarning umumiy maydoni 628,3 ming kv. m. bo’lishini,
qo’shimcha ravishda 395,8 ming kv.m. maydon (taxminan 500 ta supermarket)
qurishni talab etadi.
Oziq-ovqat xavfsizligining uchinchi maqsadi millat genofondini yaxshilash
uchun muvozanatli va sifatli ovqatlanishni ta’minlashga yo’naltirilgandir.
Ovqatlanish
tarkibini
takomillashtirish
aholi
ovqatlanishi
me’yorlarini
maqbullashtirish zarurligini taqozo etadi (diagrammaga qarang). Ko’rsatib o’tilgan
me’yorlarga muvofiq sifatli ovqatlanishni ta’minlash salomatlik ko’rsatkichalari
sezilarli darajada yaxshilanishiga ko’maklashadi. Jumladan, 2025 yilga borib
sog’liqni saqlashga sarf-xarajatlarni qisqartirish yiliga 1,68 mlrd. dollarni tashkil
etadi. Shu bilan birgalikda o’rtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolda inson
kapitali sifatini oshirish hisobiga foyda ko’rish ta’minlanadi. Masalan, bolalar
salomatligi ko’rsatkichlarining o’sishi o’zlashtirish o’sishiga ko’maklashdi va
keyinchalik mehnat
unumdorligining oshishiga olib keladi va bu bilan iqtisodiy
o’sishga qo’shiladigan hissa ta’minlanadi. Bolalar va chaqaloqlar o’limini
pasaytirish ham kelgusida mehnatga layoqatli aholi sonining o’sishiga va,
tegishlicha, mamlakat yalpi ichki mahsulotiga qo’shilgan ulush ko’payishiga olib
keladi.
Bundan olinadigan foyda yiliga 1,36 mlrd. dollar miqdorida baholanmoqda.
Ovqatlanish siftaini va tarkibini yaxshilash hamda millat genofondini tegishli
ravishda yaxshilash hisobiga umumiy foyda har yili 2,04 mlrd. dollarni tashkil
36
etadi. Quyidagilar ko’rsatib o’tilgan natijalarga erishishning asosiy vositalari
hisoblanadi:
1) Homilador ayollar, bolani emizuvchi ayollar va 5 yoshgacha bolalar
ovqatlanishi sifatini yaxshilash dasturlarini joriy etish. Ko’rsatib o’tilgan
dasturlarni moliyalashtirish uchun zarur investitsiyalar 835,2 mln. dollarni tashkil
etadi. Ko’rsatib o’tilgan dasturlarga muvofiq ta’minlanadigan ovqatlanish oziq-
ovqatda kalьtsiy, proteinlar, temir va A, V, S guruh vitaminlar va boshqalar
me’yorlada mavjud bo’lishini ta’minlashga yo’naltirilgan.
2) Ovqatlanish standartlari va me’yorlarini joriy etish (shu jumladan
mikroelementlar va zarur nutrientlar mavjud bo’lishi, zararli moddalarni, turli
qo’shimchalarni, bo’yoqlarni, ta’m beruvchilarni, emulьgatorlarni nazorat qilish,
tayyorlash, tashish texnologiyalariga rioya qilishni nazorat qilish), shuningdek
ovqatlanish sifati ustidan nazorat qilish institutlarini rivojlantirish. Jumladan, ISO-
2000 turkumli xalqaro standartlar talablariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari
xavfsizligi menejmenti tizimini joriy etish va oziq-ovqat mahsulotlariga FAO/VOZ
(Alimentarius Kodeksi) xalqaro standartlari keng qo’llanilishini ta’minlash
maqsadga
muvofiqdir.
Bu
257,8
mln.
dollar
miqdorida
qo’shimcha
investitsiyalarni talab etadi.
3) Jamoat xabardorligini oshirish va uy xo’jaliklarining ovqatlanish modelini
yaxshilash maqsadida sog’lom ovqatlanish to’g’risidagi zarur axborotni tarqatish.
Ushbu maqsadlarda «Salomatlik instituti va tibbiyot statistikasi» va uning
mintaqaviy filiallari ishini kuchaytirish zarur. Davlat idoralari ushbu yo’nalishda
nodavlat notijorat tashkilotlari va mahalliy hamjamiyatlar bilan hamkorlik qilishi
lozim. Tibbiyot muassasalari maqsadli auditoriya orasida bunday axborotni
tarqatishda faolroq ishtirok etishi kerak.
FAO mutaxassislari fikriga ko’ra oziq-ovqat xavfsizligi jihatidan ahvol
oziq-ovqat xavfsizligi omillari ta’minot barqarorligi, ega bo’lish imkoniyati va
sifati bilan belgilanadi. Ular quyida batafsil belgilangan.
37
Oziq-ovqat ta’minoti uzilmasligi uchun aholi, oila yoki alohida har doim
oziq-ovqatga ega bo’la olishi lozim. Ular kutilmagan hodisalar (masalan,
iqtisodiy yoki iqlimiy bo’hron) yoki tsiklik hodisalar (masalan, iqlimiy oziq-
ovqat tanqisligi) tufayli oziq-ovqatdan uzilib qolmasligi lozim.
Zarur sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining kerakli miqdorda ichki ishlab
chiqarish yoki import orqali (shu qatori oziqaviy ko’mak) ta’minoti. Oziq-
ovqat mavjudligining eng ko’p qo’llaniluvchi vositasi kaloriyalarda
hisoblanuvchi jon boshiga kundalik energiya sarfidir (KES). FAO uslublariga
ko’ra KES ko’rsatkichi oziq-ovqat balansiga asoslangan oziqa iste’moli turiga
binoan hisoblanadi. FAO muayyan tovarlarni oziq-ovqat ta’minotining turli
manbalari (ishlab chiqarish, jamg’armalar, savdo) va mahsulotlardan turli
maqsadlarda foydalanishga (em, urug’lik, sanoatda foydalanish, chiqitlar) oid
ma’lumotlardan foydalanib, oziq-ovqat balanslarini hisoblaydi.
To’yimli oziqlanish uchun zarur oziqalarga ega bo’lish maqsadida zarur
resurslardan foydalanish uchun moddiy, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarni
ta’minlash zarur. Oziq-ovqatning moddiy ta’minoti oziq-ovqat mahsulotlari
iste’molchilar talab qilgan miqdor va tanlovda bozorda mavjudligi hamda
aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun infratuzilma bo’lishini
nazarda tutadi.
Iqtisodiy imkoniyat aholining barcha ijtimoiy qatlamlari yetarli
miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga qurbi yetishini bildiradi.
Boshqacha aytganda, iqtisodiy imkoniyat uy xo’jaliklar oziq-ovqat xaridi uchun
yetarli daromadga egaligi va mamlakat oziq-ovqat importi uchun yetarli xorijiy
valyutaga egaligini bildiradi.
Oziq-ovqat xavfsizligiga agrar sektorning holati ham, mamlaatdagi
ijtimoiy- iqtisodiy vaziyat ham ta’sir ko’rsatadi. Oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir
etuvchi yana bir omilni ajratib ko’rsatish mumkinki, bu savdodagi to’siqlar
bo’lib, udarga eng ahamiyatli qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini
olib kirish va chetga chiqarishni ta’qiqlash, hududlararo g’irrom raqobatni kiritish
38
mumkin. Oziq-ovqat xavfsizligi jahon bozorining narxlari, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi tebranishlar, mahalliy, jumladan harbiy
nizolar mavjudligi kabi omillarning ta’siriga ham uchraydi.
Oziq-ovqat xavfsizligiga agrar sektorning holati ham, mamlakatdagi
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat ham ta’sir ko’rsatadi. Oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir
etuvchi yana bir omilni ajratib ko’rsatish mumkinki, bu savdodagi to’siqlar
bo’lib, udarga eng ahamiyatli qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini
olib kirish va chetga chiqarishni ta’qiqlash, hududlararo g’irrom raqobatni kiritish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |