3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi



Download 184,79 Kb.
bet4/41
Sana22.06.2022
Hajmi184,79 Kb.
#691455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi

To‘lov talabnomasi hisob-kitob hujjati bulib, Mol yetkazib beruvchi yuk jo‘natuvchi va vositalarni boshqa oluvchilarning to‘lovchiga muayyan summani bank orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga oladi. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati O‘zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va vlarni ta’minlash zaruratidan kelib chiqib belgilanadi. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni oluvchi unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka inkassa uchun to‘lovchiidan muayyan summani bank orqali to‘lash talab qilingan hisob-kitob hujjatiniim etadi. To‘lovchilarning aktseptli yoki aktseptsiz talabli hisob-kitoblari korxona o‘rtasida yuklab junatilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilganatlar uchun, boshqa to‘lovlar bo‘yicha esa - amaldagi qonunlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda kullanadi, talabnomada mazkur to‘lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy hujjat, shartnoma bandiga, albatta, xavola qilinishi kerak.
Olingan aktsept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aktsept muddati tugagan kunning ertasiga tulanadi. To‘lovchi unga xizmat ko‘rsatadigan bank muassasasiga mazkur muassasasi talabnomani olgan kundan sung 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunini Hisobga olmaganda, aktseptdan voz kechishi to‘g‘risida aytish xuquqiga egadir. Zarurat tug‘ilganda korxonaning so‘roviga binoan bank muassasasi rahbari talabnoma aktsepti muddatiini 10 kunga qadar o‘zaytirishi mumkin. Bank tomonidan 10 kun mobaynida rozilik (aktsepti) olinmagan takdirda bunday talabnomalar bank muassasasiga kaytarilib, hujjat aktseptlanmagani ko‘rsatiladi. Aktseptdan voz kechishlarni qabul qilish huquqi berilgan mansabdor shaxslar doirasi bank rahbari tomonidan belgilanadi..
Inkassa topshiriqnomalariga binoan to‘lovlar hisobi korxonalar hisobvaraq-
laridagi mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan uchirishning quyidagi hollarida qo‘llanadi: byudjetga to‘lovlar bo‘yicha , jarimalarni undirishda va mablag‘larni hisobdan o‘chirishning so‘zsiz tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilarning farmonlari bo‘yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo‘yicha. Mablag‘larnihisobvaraqlardan so‘zsiz tartibda hisobdan uchirish undiruvchilarning to‘lov talabnoma-torshiriknomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.
Rejali to‘lovlar tartibidagi hisob-kitoblar shakli korxonalar o‘rtasida, ya’ni etkazib beruvchi va haridor o‘rtasida doimiy aloqa mavjud bo‘lgan hollarda qullaniladi. Hisob-kitobning bu shakli mashinasozlik korxonalarida, ko‘mir, gaz, metall sotib olishda, ozik-ovkat sanoati korxonalari bilan savdo tashkilotlari o‘rtasida non, sut mahsulotlarini sotish va sotib olishda kullaniladi- Uning xususiyati shundaki, hisob-kitob har bir junatilgan mahsulot uchun emas, balki belgilangan muayyan muddatda, ya’ni har kuni yoki 3-5 kunda bir marta olib boriladi. Ushbu shakldagi hisob-kitobning to‘g‘ri olib borilishini bank nazorat kilib turadi.Hisob-kitob hujjatlari haridor yoki Mol yetkazib beruvchi tomonidan yozilishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan junatilgan mahsulot va tulangan pul tekshirib turiladi, urtadagi farq qo‘shimcha mablag to‘lash yoki mahsulot junatish bilan tartibga solinadi.
Rejali to‘lovlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi mol yuboruvchining balansida 4010-«Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» hisobvarag‘ining Rejali to‘lovlar hisob-kitobi» analitik hisobvarag‘ida yuritiladi.
Mahsulot sotilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4010-«Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
K-t 9010-«Mahsulotni sotishdan olingan daromad».
Sotilgan mahsulotning puli kelib tushganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
K-t 4010-«Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Mijoz (korxona) chek daftarchalarini unga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasidan oladi. Mehnatga xaq to‘lash, pensiyalar, kasallik varakasi bo‘yicha nafakalar, mukofotlar, xizmat safarlari va xo‘jalik harajatlari uchun nakd pullarni bank cheki asosida korxonaning Hisob-kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi.
Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko‘rsatilgan nakd pul summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyoxda yoki sharikli ruchkada to‘ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt, oluvchining nomi, shuningdek olingan summa-ning nima maksadda ishlatilishi ko‘rsatiladi.

Download 184,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish