Ixtiyoriy ushlanmalar – bularga xayriya sifatidagi ushlanmalar, kasaba uyushma va boshqa uyushmalarga a’zolik to’lovlari, jamg’arma schyotlariga ushlanmalar, turli kommunal xizmatlar uchun ushlanmalar va boshqa xodimning o’z arizasiga ko’ra amalga oshiriladigan boshqa ushlanmalar kiradi.
Ish haqidan ushlanmalarning barcha turlari va ularning jami summasi hisob-to’lov qaydnomasida yoki ish haqi bo’yicha yuritilgan kitobda alohida ustunchalarda ko’rsatiladi. Mehnat Kodeksiga muvofiq (164-modda) xodimning ish haqidan ushlanmalarning jami miqdori hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Ish haqidan ushlanmalar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
№
Operasiyaning mazmuni
Debet
Kredit
Asos
1.
Ish haqidan ushlanmalar:
-Daromad solig’i
-5,5% lik pensiya fondiga ushlanma
-Alimentlar va jarimalar
-Olingan avans
-Kasaba va boshqa uyushmalarga to’lovlar
-Jamg’arma schyotlarga va boshqa xizmatlar uchun ushlanmalar
-Kreditga sotilgan tovarlar uchun ushlanmalar
-Olingan qarzlar uchun ushlanmalar
-Kursatilgan zararlar uchun ushlanmalar
-Sotilgan tovarlar uchun ushlanmalar
-Sotilgan tayyor mahsulotlar uchun ushlanmalar
-Sotilgan boshqa aktivlar uchun ushlanmalar
-Ko’rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun ushlanmalar
-Xizmat safariga berilgan avanslarning ortiqcha summalari ushlanganda
-Boshqa turli maqsadlarda berilgan to’lovlar ushlanganda
6710
6410
6520
6890
4210
6890
6890
4710
4720
4730
9020
9010
9210-9220
9030
4420
4230-4290
Hisob-to’lov qaydnomalari,
buyruqlar, ijro hujjatlari
va boshqa hujjatlar
Xodimlarga ish haqini berishning ikkita tizimi mavjud:
Avansli tizim – ushbu tizim asosan vaqtbay ishlovchi xodimlar uchun qo’llaniladi. Unga muvofiq to’liq ishlagan xodimlarga hisobot oyning birinchi yarimi uchun belgilangan ish haqining 50 foizigacha avans beriladi. Avans kassadan to’lov qaydnomalariga asosan beriladi.
Avanssiz tizim–ushbu tizimda ish haqi bo’yicha korxonaning qarzi faqat hisobot oyi tugagandan so’ng to’lov qaydnomalariga asosan beriladi.
21- son BHMS ga muvofiq ish haqi bo’yicha majburiyatlarning sintetik hisobi 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” va 6720 “Deponentlangan ish haqi” schyotlarida yuritiladi. Ushbu passiv schyotlarning qoldiqi kredit tarafida bo’lib, u korxonaning o’z xodimlari oldidagi qarzini ko’rsatadi. Schyotning kredit tarafida ish haqining barcha turlarini hisoblanishi, debet tarafida esa ish haqidan ushlanmalarning barcha turlari, shunigdek ish haqi bo’yicha qarzning uzilishi quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi: