3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi


Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash tartibi



Download 184,79 Kb.
bet13/41
Sana22.06.2022
Hajmi184,79 Kb.
#691455
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi

Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash tartibi. Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1.Xodimga o’tgan oyda hisoblangan ish haqi, shuningdek o’rtacha oylik mukofotlar summasi asos qilib olinadi va u kasal bo’lgan oydagi kalendar ish kunlari soniga bo’linadi. Topilgan summa o’rtacha bir kunlik to’lov summasini beradi. Aytaylik, yuqoridagi misolda keltirilgan buxgalterning dekabrdagi ish haqi 20000 so’m, o’rtacha oylik mukofat summasi 5000 so’m bo’lgan. Unda o’rtacha bir kunlik to’lov summasi yanvar oyi uchun 1000 (25000 : 25) so’m bo’ladi.
2.Kasal kunlarga nafaqa hisoblash uchun bir kunlik o’rtacha to’lov summasi nafaqani to’lash koeffisiyentiga ko’paytiriladi. Ushbu koeffisiyent O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2000 yil 19 yanvarda 873 –tartib raqami bilan ro’yxatdan o’tgan “Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalarini berish to’g’risida Yo’riqnoma”, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 fevraldagi “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqalar to’lash me’yorlarini takomillashtirish to’g’risida” gi 71-son qaroriga muvofiq 2002 yil 1 martda boshlab xodimning xizmatlari, mehnat staji, kasallik toifasi, bolalarining soniga qarab quyidagicha belgilangan:
1.Ish haqining 100 % miqdorida:

  • Ikkinchi jahon urushining qatnashchilari hisoblangan xodimlarga;

  • Baynalmilalchi jangchilarga va ularga tengashtirilgan shaxslarga;

  • Qaromog’ida 16 yoshga (o’quvchilar uchun –18 yosh) to’lmagan uch nafar va undan ko’p farzandi bo’lgan xodimlarga;

  • Chernobыl AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan xodimlarga, Chernobыl AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuasiya qilingan xodimlarga;

  • Ko’chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o’tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o’smalar bilan bog’lik kasalliklarga chalingan xodimlarga;

  • Yadro poligonlarida va boshqa radiasiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi shaxslar qatoridan nogiron xodimlarga;

  • Ishda shikastlangan va kasb kasalliklariga chalingan xodimlarga.

2.Oylik ish haqining 60 % dan 100% gacha bo’lgan miqdorda:

  • Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo’yicha hisobda turuvchi xodimlarga, ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urtasiga badallar to’lab kelinishi muddatiga (ish stajiga) qarab.

3.Oylik ish haqining 60%dan 80 % gacha bo’lgan miqdorda - qolgan hollarda, xodimlarning umumiy ish stajiga qarab.
Davlatimiz qonunlariga muvofiq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik uchun nafaqalar o’z sog’ligiga ataylab ziyon etkazilganda, mastlik yoki narkomaniya oqibatida, jinoyat sodir etgan va ular bilan bog’liq boshqa hollarda vujudga kelganda hisoblanmaydi va to’lanmaydi.
Bizning misolda keltirilgan buxgalter barcha ko’rsatkichlari bo’yicha uchinchi guruh bo’yicha nafaqa oluvchi hisoblanadi. Shuning uchun uning bir kunlik nafaqa summasi to’lov koeffisiyentiga ko’ra 600 so’mni (1000 x 0,6 ) tashkil qiladi.
3.Bir kunlik nafaqa summasi kasal bo’lgan kalendar ish kunlari soniga ko’paytiriladi. Topilgan summa kasal kunlar uchun hisoblanadigan nafaqaning summasini bildiradi. Bizning misolimizda buxgalterga hisoblanadigan nafaqa summasi 6000 so’mni (600 x10) tashkil qiladi.
Ishbay ishlovchi xodimlarga kasal kunlar uchun nafaqa hisoblashda oxirgi ikki oylik ish haqi va o’rtacha oylik mukofat summasi asos qilib olinadi. Qolgan hisob-kitoblar yuqorida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi.

Download 184,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish