Makroslarnimenyubuyruqlaribilanbog‘lash Accessning ko‘pgina buyruqlarini ishga tushirish uchun ularni bajarish usullarini aniqlovchi qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsatish kerak.
Kerakli ma’lumotlarni olish uchun Access dialog oynasini ochadi, unda foydalanuvchi ko‘rsatmalarni bajaradi. Bu amallarni mos keluvchi makrokomandalarni yaratish yo‘li bilan avtomatlashtirish mumkin. Ularning ba’zilari menyu buyruqlari bilan ekvivalent. Выполнитькомандуmakrokomandasi bajarilishi kerak bo‘lgan menyu buyrug‘ini berishga imkon beradi. Misol: uchun jadvalda, so‘rovda yoki formada yozuvni topish kerak bo‘lsa, Find argumentli makrokomandadan foydalanish mumkin. Bu makrokomandani bajarishda qidirish natijalarini ko‘rsatish uchun dialog oynasi ochiladi.
Qidirish buyrug‘i ko‘p foydalanilgani uchun mumkin bo‘lgan makrokomandalar tarkibiga Найти Запись makrokomandasi kiritilgan. Bu makrokomanda argumentlar ro‘yxatida qidirish dialog oynasining hamma elementlari bor. U Правка (Tahrirlash) menyusining Найти (Topish) buyrug‘i yordamida ochiladi. Bu argumentlar qiymatlarini yaratilish bosqichida berib, o‘zingizni makrokomandani bajarishda qidirish dialog oynasini to‘ldirish majburiyatidan xalos etasiz. Shunday qilib, faqat o‘zgarmas qidirish shartlarini berish mumkin. Yozuvni o‘zgarib turuvchi tarkibi bo‘yicha qidirish uchun Find argumentli Выполнитькомандуmakrokomandasidan keyingi qidirish dialog oynasi maydonlarini to‘ldirish kerak. Unda qidirilayotgan original qiymat ko‘rsatiladi.
Yangi makros oynasini oching va birinchi maydonga (СПИСОК ПРЕПОДАТЕЛЕЙ) O‘qituvchilar ro‘yxati jadvalini ko‘chiring.
Ikkinchi maydonga КЭлементуУправленияbuyrug‘ini tanlang. Keyingi maydonni ishga tushiring va ro‘yxatdan Найти Записьmakrobuyrug‘ini tanlang.
Образец поиска argumentiga Samarin V.S. qiymatini bering, qolgan argumentlarga bo‘lsa rasmda ko‘rsatilgan qiymatlarni bering.
Makrosni Поиск Записиnomi ostida saqlab qo‘ying va ishga tushiring.
7-rasm.Makrosni menyu buyruqlari bilan bog‘lash.
Natijada dastur jadvalni ochadi, qidirish bajaradi va topilgan qiymatni markerlaydi. Agar berilgan qiymat (familiya) topilmasa, jadvalning birinchi elementi (birinchi yozuvi) markerlanadi. Qidirish shartini bajarilish maydoni Правка menyusining Найти buyrug‘ini chaqirib tekshirib ko‘rish mumkin. Ochilgan dialog oynasida Найти Записьbuyrug‘ini bajarishda ishlatilgan hamma argumentlar qatnashadi. Biror maydon tarkibini almashish buferiga nusxa ko‘chirish uchun, avval bu maydonni КЭлементу Управленияmakrobuyrug‘i yordamida tanlab olish kerak, keyin:
Поиск Записиmakrosini oching va Стаж argumentli КЭлементуУправленияmakrobuyrug‘ini qo‘shing.
Keyingi maydonda “copy” argumentli Выполнитькоманду makrobuyrug‘ini tanlang. Saqlab qoling va ishlating.
Natijada topilgan Стаж maydoni tarkibi markerlanadi va almashish buferiga nusxa ko‘chirilgan bo‘ladi.