Yetakchi-rahbar uchun olti maslahat
Yaxshiyetakchilaro‘zxodimlariningfikrinitinglashadi,
ulardan o‘rganishadi va o‘z jamoalari uchun foydali bo‘lishga
harakat qilishadi.
1. Gapirishdan ko‘ra ko‘proq tinglashadi.
33
Inson haddan tashqari ko‘p gapirsa, bu uning o‘ziga
ishonmasligidan dalolat berishi ham mumkin. Yaxshi rahbar
o‘zxodiminingfikrinibayonqilishigaimkonberadi,chunki
uuchunxodimlariningfikrlarihaqiqatdaqiziq.Rahbarularni
o‘ylashga undaydigan va ishning mohiyatini chuqurroq
anglab yetishga yordam beradigan qiziq savollar beradi. Bu
qandaytuzilgan?Sizgauningnimasiyoqdi?Bundanqanday
saboqoldingiz?Buishniyanadayaxshibajarishingizuchun
nimakerakbo‘ladi?
Shu tariqa rahbar ularning har biri tashkilot faoliyatida
muhim o‘rin tutishini namoyish qiladi. Bundan tashqari, u
o‘ziuchunyangifoydalima’lumotoladi.
2. O‘z ishlari haqida boshqalarning fikriga quloq
tutishadi.
Haqiqiy yetakchi jamoaning o‘z rahbarlik usullari haqidagi
fikrinibilmayturib,undagiishchimuhitniboshqaraolmaydi.
Rahbar uning boshqaruv uslubi xodimlarni qoniqtiryaptimi
yoki yo‘q, jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘lishini istashlariga
doimo qiziqish bildirishi kerak. Bu uning barqaror va samarali
faoliyati uchun zarur ekanini yaxshi anglaydi.
3. Xodimlari bilan ishonchli munosabat o‘rnatishadi.
O‘zingizdagi yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishni
xohlasangiz, o‘zingizni shunday tutingki, odamlar sizga
ishonsin. Yaxshi rahbar uchun xodimlarining muhim
masalalar bo‘yicha unga murojaat qilishi juda muhim.
Ishonchlimunosabatlarrahbarningochiqligi,e’tiborliligiva
adolatli ekanini bildiradi.
4. O‘z tashkiloti xodimlarining hayotini yaxshilashga
harakat qilishadi.
Haqiqiy yetakchi faqat o‘z qiziqishlari bilangina cheklanib
qolishi kerak emas. U o‘z xodimlari uchun qayg‘uradi va
ularningehtiyojlarigae’tiborlibo‘ladi.Shutariqaukuchliva
jipslashgan jamoani tashkil qiladi.
Rahbar ishchilar ko‘z o‘ngida o‘z nufuzini oshirish
uchun o‘ziga o‘zi savol berishi kerak: xodimlarim ishxonada
o‘zlarini qulay his qilishlari va o‘z ishlarini sevishlari uchun
34
bugunnimaqilishimmumkin?
5. O‘z xatolarini tan olishadi.
Kibr,noinsoflikvaboshqalarfikriniinkoretish—rahbar
xalos bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlar. Har bir inson shaxsiy
nuqtai nazar huquqiga ega. Hattoki yirik tashkilot yetakchisi
ham qayerdadir xato qilishi mumkin. Jamoa esa aynan
g‘oyalar,fikrlaralmashishvabirbirigayordamlashishuchun
ham kerak.
O‘zxatolarinitanolishzaiflikbelgisiemas.Aksincha,
xodimlar bunday rahbarni hurmat qilishadi. Zero doim haq
bo‘lgandan ko‘ra, vazifani to‘g‘ri bajarish muhimroq.
6. O‘z pozitsiyalarida qat’iy turishadi.
Yaxshi rahbar qat’iy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bu
sifat tashkilot jiddiy sinovlarga duch kelganida muhim
qarorlar qabul qilish uchun ham zarur. U o‘z tamoyillaridan
voz kechishi kerak emas. Haqiqiy yetakchi o‘zini ham,
xodimlarini ham aldamay, doim vijdonan harakat qilishi
kerak.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |