3. Elektr apparatlarining nazariy asoslari
3.1. Umumiy axborot.
Qisqa tutashuvda tarmoqda asbobning tok o’tqazadigan qismi orqali
(belgilangan nominal tokdan 10 baravar oshadigan) tok o’tishi mumkin. Bu toklar
apparatning boshqa tok o’tqazuvchi qismlarning magnit maydoni bilan o’zaro
bog’langanida elektrdinamik kuchlanishlar xosil qiladi (EDK). Bu kuchlanishlar
tok o’tqazish qismlarining o’tkazgichlari va ular maxkamlanadigan izolyatorlarni
deformatsiya qilishga xarakat qiladi. Nominal toklar paytida bu zo’riqishlar kichik
va xavfsizdir. Qisqa tutashuv toklarning o’tish paytida paydo bo’ladigan EDKga
qarshi turib berish qobiliyati apparatning