“3 d texnologiyalar” fanidan O’quv qo’llanma



Download 6,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/86
Sana24.06.2022
Hajmi6,09 Mb.
#700567
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86
Bog'liq
3D tex

Hajmiy displeylar 
“3D-displey” atamasi hajmiy yoki vokselli deb ataluvchi displeylar uchun ham 
qo‘llanadi. Bunday displeylarda hajmiy tasvir biror o‘lchamli hajmdagi nur chiqaruvchi 
nuqtalar (turli fizik mexanizmlar asosida) shakllantiriladi. Bunday displeylar piksellar 
o‘rniga voksellar bilan ish ko‘radi. Hajmiy displeylar turli prinsiplar asosida yasaladi. 
Masalan, ko‘plab tekisliklardan (tekisliklar biri ikkinchisi ustida joylashib tasvir hosil 
qiladi), bitta tebranuvchi tekislik, aylanuvchi tekis yoki egrichiziqli panellardan 
yasalishi mumkin. Tebranuvchi tekisliklar va aylanuvchi panellardan yasalgan 
displeylarda 3D-effektni hosil qilish uchun ko‘rish inertsiya effekti qo‘llanadi. 
Harakatlanayotgan (tebranayotgan yoki aylanayotgan) sirt o‘z harakat siklida tasvir 
egallagan butun hajmni aylanib o‘tadi. Tomoshabin sirtning barcha holatini bir 
vaqtdadagi kabi qabul qiladi, bitta sirt o‘rniga jismni ko‘radi. 
Hozirgi kunda quyi imkoniyatli nurlidiodlar (jumladan, 16 million tusdagi rang 
hosil qilish imkonini beruvchi uch rangli (RGB)) asosida yasalgan, sodda 3x3x3 
(monoxrom), va ulkan o‘lchamli va imkoniyatli bu kabi displeylar tarqalmoqda. 
Bunday eng katta displey Syurix (Shvetsariya) temir yo‘l bekatida joylashgan. Uning 
o‘lchamlari – 5x5x1 metr, 25000 ta yonuvchi (har biri 16 million rang tusini beruvchi) 
sferadan iborat, yangilanish chastotasi 25 Gs. 
Perspektivalar 
Stereodispleylarni har xil turlarini ishlab chiqarish bilan ko‘pgina kompaniyalar 
shug‘ullanmoqda, shular jumlasidan: Alioscopy, Apple, 3D Icon, Dimension 
Technologies Inc., Fraunhofer HHI, Holografika, i-Art, NewSight, StereoPixel, DDD, 


23 
SeeFront, SeeReal Technologies, Spatial View Inc., Tridelity, VisuMotion, Zero 
Creative (xyZ). 
2008 yil oktyabrida Philips kompaniyasi ekran imkoniyati 3480x2160 nuqtali va 
rekord hisoblanadigan “xavfsiz” tomosha qilishning 46 rakursli stereodispleyini tavsiya 
qildi. Shundan sal vaqt o‘tib kompaniya stereodispleylar sohasidagi izlanishlar va 
ishlab chiqarishni to‘xtatganligini e’lon qildi. 
2010 yil aprelida Samsung Electronics kompaniyasi Rossiyaning Kaluga 
viloyatidagi korxonasida 3D-televizorlarni konveyerli ishlab chiqarishni boshladi.
2010 yil sentayabrida LG kompaniyasi 3D-displey bilan jihozlangan birinchi 
noutbukini taqdim etdi . 
2010 yil oktyabrda Toshiba kompaniyasi 3D-displey bilan jihozlangan maxsus 
ko‘zoynaklar talab qilmaydigan televizorlarini ishlab chiqardi. Yangi texnologiyada 
displeyning oldingi qismida yupqa linzalar qo‘llanilgan. Linzalar tasvirni ekrandan 
ajratadi va TV ning oldidagi 9 ta tayanch nuqtasiga yo‘naltiradi. Uch o‘lchovli effekt 
tomoshabin shu nuqtalardan biriga qaraganida hosil bo‘ladi. Hozirgi kunda bunday 
avtostereoskopik texnikalar faqatgina kichik burchakdagi ko‘rinish uchungina uch 
o‘lchovlilik illyuziyasini saqlay oladi (50 gradusdan oshmagan). Bu yo‘nalishdagi 
ilmiy izlanishlarni bozordagi barcha yirik o‘yinchilar olib borishmoqda. 

Download 6,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish