3. Boshqarish funksiyalari to’g’risida tushuncha. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha


Kadrlar menejmenti fanining maqsad va vazifalari, obyekti va metodi



Download 68,66 Kb.
bet2/26
Sana18.06.2021
Hajmi68,66 Kb.
#69852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Kadrlarni boshqarishning konseptual asoslari

1. Kadrlar menejmenti fanining maqsad va vazifalari, obyekti va metodi.

O’zbekistonning har tomonlama rivojlanishi, uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallagan boshqaruv mutaxassislarini tayyorlashni zaruratga aylantirmoqda. Bugungi kunda malakali menejerlar – sifat jihatidan yangi boshqaruv namoyondalari bu sohada ko’p masalalarni hal etmoqda.



Yangilikka intilish menejerlik kasbining mazmun – mohiyatini tashkil qiladi.

Shu bois menejmentni boshqarish fani sifatida chuqur va har tomonlama o’rganish, bu sohada xorij tajribasini tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish bozor munosabatlariga o’tish davrida muhim o’rin tutadi. Bu fan bo’lg’usi mutaxassisga oqilona ishlab chiqarishning boshqaruv strategiyasini topish, boshqarishdagi ziddiyatlarni chetlab o’tish, sheriklar bilan hamkorlikka erishish masalalarida ham nazariy, ham amaliy bilim beradi.

Ma’lumki, mustaqil O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishi bu sohada ham kadrlar tayyorlash vazifasini yangicha tarzda dolzarb qilib qo’ydi. Mutaxassislarning O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro maydonda muvaffaqiyatli himoya etishi ularning nazariy va amaliy tayyorgarligiga bog’liq. Menejment fani boshqaruvning ilg’or xorijiy tajribasini, chet elliklar bilan samarali hamkorlik usullarini o’rgatishga ixtisoslashgani bilan diqqatga sazovordir.

Menejment — bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta’rifga binoan u:

* boshqaruv hokimiyati va san’ati;

* resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko’nikmalar tushuniladi.

Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.

Bugungi kunda menejment va boshqaruv to’g’risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:

* yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov

* mustaqil fan

* faoliyat turi, funksiya

* jarayon

* tashkilotlarni boshqaruvchi xodimlar

* boshqaruv apparati yoki organi.

Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to’g’ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini va uning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi. Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni menejment, shundagina namoyon bo’lishi, pirovardida esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin.

Shunday qilib, sodda qilib aytganda: boshqaruv — bu tanlov, qaror qabul qilish va uning baja­rilishini nazorat qilish jarayonidir. 3

Menejment fani bu — boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va oqilona qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir.

Menejment fanining maqsadi - iqtisodiy munosabatlarni modernizatsiyalash sharoitida menejment nazariy asoslarini keng o’rganish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo’lishlarini hamda olingan bilimlari asosida o’qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta’minlashdir shuningdek, menejment asosiy elementlari va iqtisodiy negizlarini asoslash hamda boshqaruvning ilg’or xorijiy tajribasini, chet elliklar bilan samarali hamkorlik usullarini o’rgatishdan hamda bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.






Download 68,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish