Kadrlarni boshqarishning konseptual asoslari
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1. Kadrlar menejmenti fanining maqsad va vazifalari, obyekti va metodi.
2. Kadrlarni boshqarishning konseptual asoslari va asosiy tamoyillari.
3. Boshqarish funksiyalari to’g’risida tushuncha.
4. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha.
5. Menejment usullari va ularning ahamiyati.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
2019 yil barchamiz ona yurtimiz, O’zbekistonimizning yangi tarixidagi eng buyuk va qutlug’ sanalardan biri – Vatanimiz mustaqilligining 28 yillik shonli bayramini keng nishonladik.
2018 yil ham mamlakatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida yangi yutuq va natijalarga juda boy bo’ldi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev 2019 yilning 19 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yilning asosiy sarhisoblari va 2019 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisida o’tgan yil natijalariga atroflicha to’xtalib, joriy yil vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi.
Tabiiyki, bu bizdan barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirayotgan keng ko’lamli islohotlarimizni atroflicha tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniq-ravshan belgilab olishni talab etadi. O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari SH.M.Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo’lishiga imkon yaratdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida to’xtalib “Bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to’lashni yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma obyektlarini rivojlantrishga, transport va kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir”1 deb ta’kidlab o’tdilar.
Shuningdek, I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yilning asosiy yakunlari va 2019 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan ma’ruzasida O’zbekiston iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalar to’g’risida to’xtalib, “Bugungi keskin raqobat sharoitida mahsulotlarimizning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo’lishi va mustahkam o’rin egallashi uchun bu boradagi ishlarni yana bir bor tanqidiy ko’rib chiqish lozim. Bunda tashqi bozorda xaridorbop, yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni rag’batlantirishni yanada kuchaytirish, ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar tayyorlash zarur”2 deb ta’kidladilar.
Bu o’zgarishlar jarayonida milliy iqtisodiyotning asosi bo’lgan menejmentning ahamiyati yanada oshib bormaqda.
O’zbekistonning har tomonlama rivojlanishi, uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallagan boshqaruv mutaxassislarini tayyorlashni zaruratga aylantirmoqda. Bugungi kunda malakali menejerlar – sifat jihatidan yangi boshqaruv namoyondalari bu sohada ko’p masalalarni hal etmoqda. Yangilikka intilish menejerlik kasbining mazmun mohiyatini tashkil qiladi. Shu bois “Menejment” fanini chuqur va har tomonlama o’rganish, bu sohada xorij tajribasini tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish bozor munosabatlariga o’tish davrida muhim o’rin tutadi.
O’quv qo’llanma kasb-hunar kollejlarining talabalariga, biznes maktablarining tinglovchilariga, litsey va gimnaziyalarning o’quvchilariga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |