3-Amaliy mashg’ulot. Vaqtinchalik omborxonlarining mahsulot sig‘imini hisoblash. Doimiy omborxonlarining mahsulot sig‘imini hisoblash Ishning maqsadi



Download 53,5 Kb.
bet1/3
Sana02.07.2022
Hajmi53,5 Kb.
#731288
  1   2   3
Bog'liq
3-Amaliy mashg'ulot.


3-Amaliy mashg’ulot.
Vaqtinchalik omborxonlarining mahsulot sig‘imini hisoblash. Doimiy omborxonlarining mahsulot sig‘imini hisoblash
Ishning maqsadi. Handak va uyumlarning sig‘imini va yer maydonini hisoblashni o‘rganish. Doimiy omborlar sig‘imini aniqlash.
Ishni bajarish uslubi. Handak va uyumlar o‘lchami bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Aktiv shamollatgichli doimiy uyum maydonlari keng tarqalgandir. Ildizmevalarni saqlash uchun uyumlarning maydoni 800-1000 t ga mo‘ljallab hisoblanadi. Uyumning uzunligi - 24 m, eni - 4 m, to‘qilgan holdagi mahsulotning balandligi - 1,7 m tashqil etadi. Ba’zan uyumlarning tagidan - 0,7 m chuqur qazilgan bo‘lishi ham mumkin (bunda uning pastki qismining eni - 2,7 m, yuqorigi qismining eni - 3,5 m). Ikkita ventiliyator yordamida asosiy ariqga havo yuboriladi. So‘ngra taqsimlavchi ariqlar bo‘ylab uyumdagi mahsulotlarning tagiga uzatiladi. Har bir taqsimlavchi ariqlar zadvijka bilan ta’minlangan bo‘lib, ular uyumlarning tagidan havo yuborish yoki yopib qo‘yishni ta’minlaydi. Ventilyatorlarning har biri avtonom holda ishlab oltita uyumga havo beradi. Agar zarurat tug‘ilsa asosiy arikdagi zadvijkalar yordamida boshqa uyumlarga ham havo beriladi.
Mahsulotlarning hajmiy og‘irligi ularning turiga, naviga va yetishtirish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Quyida sabzavotlar hajmiy og‘irligining taxminiy qiymati keltirilgan (t/m3):



Sabzi:
qum qobig‘isiz
qum qobig‘i bilan (qumning og‘irligini hisoblamay)




Lavlagi

0,55-0,65

Piyoz

0,55-0,60

Sarimsoq piyoz

0,41-0,43

Karam

0,33-0,50

Yer maydonini hisoblashda uyumlar orasidagi masofa hisobga olinadi: bir tarafi 6 m, boshqa tarafi esa - 8 m. Bu ularni yopish uchun va suv oqadigan ariqchalar uchun kerak. Har bir juft uyumlar orasida 2 m enlik bo‘sh maydon bo‘ladi. Shunday ekan, uyumning bir tomonida 4 m, boshqa tomonidan esa 3 m yo‘lak qoladi. Handaklarni yopish uchun chuqurdan chiqqan tuproqdan foydalaniladi, shuning uchun handaklar orasidagi masofa 4 va 6 m qoldiriladi. Vaqtinchalik ombor kvartallari orasida yo‘l kengligi 8-10 m.dan bo‘ladi.


Uyumlarning uzunligi kartoshka uchun 10-20 m, sabzi uchun 3-7 m bo‘ladi. Uyum balandligi uning kengligaga yoki burchagining tabiiy qiyaligiga bog‘liqdir. Kartoshkada u 40-45° teng.
Saqlanuvchanligi yuqori bo‘lgan ildizmevalar uchun janubiy va g‘arbiy tumanlarda uyum kengligi 1-2 metrgacha, balandligi esa 0,5-0,8 m; markaziy va shimoliy tumanlarda uyum kengligi 1,5-2,0 m, balandligi esa 1 m bo‘ladi.
Karamni oziq-ovqat maqsadida janubiy va g‘arbiy tumanlarda kengligi 1 mva 0,5-0,7 m balandlikda, markaziy mintaqada kengligi 1,5-2,0 m, balandligi 1 m uyumlarda saqlanadi.
Somonning sarfi esa yopilayotgan qatlamning qalinligiga bog‘liq. U yoki bu iqlimiy zonadagi somon qatlamining qalinligani bilgan holda, ularning aniq sarfini hisoblash mumkin. Ammo bu hisoblar juda katta bo‘ladi. Odatda uyumning yer ustki qismida joylashgan 1 t ildizmeva uchun 0,1 (1 s), karam uchun - 0,15 t (1,5 s) somon sarflanadi; handaklar uchun - 0,05 t (0,5 s) somon sarf bo‘ladi. Uyum va handaklarni yopishda ustki qatlami — somon, tuproq qalinligi — mahsulot saqlanayotgan sharoitda tuproqning mo‘zlash qalinligidan kam bo‘lmasligi shart. Bunda somonning qalinligi 10 sm, tuproq qalinligi 20 sm ga to‘g‘ri kelmog‘i kerak.

Download 53,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish