№3 - Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: “Pedagogning kommunikativ kompetentligi” mavzusida grafik organayzeri yordamida dars jarayonini tashkil etish.
Darsning maqsadi: Talabalarning “Pedagogning kommunikativ kompetentligi” mavzusida grafik organayzeri yordamida dars jarayonini tashkil etish ko’nikmalarini shakllantirish.
Dars jihozlari: Kompyuter, ko’rgazmali qurollar, Moodle masofaviy ta’lim platformasi.
Metodik ko’rsatmalar
Pedagogik kompetentsiya o‘qituvchilarning kasbiy faolligini oshirishning samaradorligi quyidagi holatlarda yuqori bo‘ladi, agarda:
pedagogik kompetentsiya fani orqali o‘qituvchilarning kasbiy faolligini oshirishning samaradorligini ta’minlash imkoniyatlari keng ko‘lamda o‘rganilsa;
o‘qituvchilarning kasbiy faolligini oshirishning yaxlit tizim sifatida ishlab chiqilsa;
pedagogik kompetentsiya fani orqali o‘qituvchilarning kasbiy faolligini oshirishning maqbul shakl, metod va vositalardan unumli foydalanilsa;
pedagogik kompetentsiya fani orqali o‘qituvchilarning kasbiy faolligini oshirishda an’anaviy va noan’anaviy ta’lim shakllaridan keng foydalanilsa;
o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy vaziyat nazarda tutgan holda amalga oshirilsa;
o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’lib, uning o’ziga xos omillari, pedagogik shart-sharoitlari, metodlari, vositalari zamonaviylashtirilsa;
o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan pedagogik amaliyot to’g’ri tashkil qilinsa, jarayon muvaffaqiyatli kechadi.
Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi.
Ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo’lib chiqish, o’rganilayotgan tushunchalar (vokea va xodisalar, mavzular) o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqlikni o’rnatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali.
Ma’lumotlarni taxlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalari: T-jadvali, Venna diagrammasi.
Muammoni aniqlash, uni xal etish, taxlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: «Nima uchun?», «Baliq skeleti», «Piramida», «Nilufar guli» sxemalari, «Qanday?» ierarxik diagrammasi, «Kaskad» tarkibiy-mantiqiy sxema.
Blits-so`rov savollari.
Amaliy mashg’ulot topshirig’i:
Har bir talaba alohida biror fan bo’yicha grafik organayzer tayyorlaydi va uning vazifasini tariflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |