37-mashq. O‘qing. Miqdor va dona sonlarni aniqlab, qanday so‘z bilan bog‘langanini ayting. Oltita gapni tanlab ko‘chiring, sonlarning gapdagi vazifasini aniqlab, tegishli chiziq bilan belgilang.
1. Yana Yoqub otasiga yo‘llamoqchi bo‘lgan maktubida zumradning besh fazilati, yetti nuqsoni, sakkiz xil tusi va o‘n ikki bahosini ham yozib yubordi. (K. Moiseeva.) 2. To‘planishgan edi uch o‘rtoq: Paxtakoru olim, agronom. (Mirm.) 3. To‘qayda o‘n qadam oldinroq yurgan otliqning boshi ko‘rinmay ketardi. (S. Ahm.) 4. Ancha zo‘r kitoblar yozib tashlabman, Besh jild qilsammikin yoki olti jild! (As. M.) 5. G‘ulomjon bilan Qosimov oldiga ofitsiantka... o‘n six kabobni olib kelib qo‘ydi. (H. Nu’mon, A. SHorahmedov.) 6. SHu qishloqda yashar edi Uch qiz, uchta dugona. (SH.) 7. Ish shu qadar qiziganki, bir odam o‘n odam ishini qilyapti. (N. Biryukov.) 8. G‘o‘za tuplaridan birida ikki yuz ellik yetti ko‘sak sanadim-a! (N. Biryukov.)
Do'stlaringiz bilan baham: |