1-ilova.
Tezkor savollar va topshiriqlar:
Son haqida gapiring .
Sonning qanday ma’no turlari bor?
Sonning lug‘aviy shakllarini sanang?
Son qachon otlashadi?
Ravish so‘z turkumi tahlili
27-mashq. O‘qing, ravishlarni topib, ma’nosi, so‘rog‘i va grammatik xususiyatlarini ayting; o‘zi bog‘langan so‘z bilan birikma tarzida ko‘chiring.
1. Ozroq podada yurmasa, biz bunda eplolmaydiganga o‘xshaymiz. (S. Ahm.) 2. Nizomjon u yoqdan-bu yoqqa yuradi, sal tovush kelsa darrov alangslaydi. (S. Ahm.) 3. Tilmoch jim o‘tirganini ko‘rgan O‘g‘ilniyoz xola pastdan luqma tashladi. (X. Deryaev.) 4. Qo‘shninikiga tomizg‘i so‘rab kirgan Hajalxon bir zumda bir talay gap topib chiqdi. (A, Muhiddin.) 5. Kattagina kul rang chamadonini ko‘tarib olgan Feruza hozirgina o‘zi tark etgan vagon bilan yigirma qadamcha yonma-yon yurib bordi. (H. G‘.) 6. Qiz etaklarini hilpiratib oldinda shamoldek yelib borardi. (S. Ahm.) 7. Geologlar ekspeditsiyasidagi Matluba degan qiz jo‘rttaga bir ish bilan Yakkakapada qolib ketdi. (A. Eshonov.) 8. «Villis» hanuz shu yerda edi. (A. Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |