3-amaliy mashg‘ulot Ot va sifat ularning lug‘aviy-grammatik turlari va lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashq tahlili. Son va ravish, ularning lug‘aviy-grammtik turlari hamda lug‘aviy shakllari bo‘yicha mashqlar tahlili



Download 42,87 Kb.
bet5/15
Sana03.01.2022
Hajmi42,87 Kb.
#315882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3-amaliy mashg'ulot

23-mashq. Sifatlarni topib lug’aviy turini aniqlang.

1. Samimiy do‘stlari bo‘lmagan odam, haqiqatdan ham yolg‘izdir. (F.Bekon) 2. Ufq qizg‘ish tusga kirib, tong yorishardi. (Sh.R.) 3. Yaxshi fikrlar ham eng yaxshilariga joy bo‘shatib bermog‘i lozim. (V.Shekspir) 4. Torga tor dunyo, kengga keng dunyo. 5. So‘z sehridan kuchliroq sehr yo‘q. 6. Bir otim bor ajabgina, dumlari gajakkina, Hali kelsa ko‘rasiz, kula-kula o‘lasiz. (chayon)

7. Nechun tim qoradir arman ko‘zlari,

Hassos tabiatning sehrimikan bu.

Yo go‘zal bo‘lsinlar arman qizlari –

Degan onalarning mehrimikan bu.

Yo‘q bu mehr emas, sehr ham aslo,

Bu ko‘zlar o‘z-o‘zin aylab qo‘yar fosh.

Yig‘idan bo‘larmish ko‘zlar tim qaro-

Hech kim armanchalik to‘kmagan ko‘z yosh. (A.O.)

24-mashq. Berilgan sifatlarni sifatga xos LMGlarga birlashtiring.

bardam, yoqimtoy, oq, xafa, badjahl, boy, iliq, muloyim, toza, dilkash, yangi, yaxshi, tinch, yomon, jim, ichki, loqayd, badavlat, ozoda, yozgi, qishki, ertachi, chillaki, ertapishar, novcha, go‘zal, shirin, achchiq, jimjit, xushbo‘y, mo‘min, kuzgi, o‘ktam, sariq, zangor cho‘loq, salqin, sovuq, yassi, nordon, taxir, uzunchoq, nam, namxush, bukir, baquvvat, tetik, g‘amgin, qora, qizil, ma‘yus, yosh, keng, sokin, osuda, tor, uzun, xursand, kambag‘al, issiq, tashqi, devoriy, qishloqi, badbo‘y, qo‘lansa, yaqin, katta, og‘ir, g‘o‘r, puxta, ko‘hna, juldur, musaffo, isqirt, kir, eski, ho‘l, quruq, osoyishta, bezovta, xom, pishiq, dumalok, yapaloq, aylana, pushti, sho‘r.

  • xarakter, xususiyat, xossa bildiruvchi sifatlar:

  • holat bildiruvchi sifatlar:

  • shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifatlar:

  • rang-tus bildiruvchi sifatlar:

  • maza-ta‘m bildiruvchi sifatlar:

  • hid bildiruvchi sifatlar:

  • miqdor bildiruvchi sifatlar:

  • o‘rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar:

  • o‘lchov bildiruvchi sifatlar:

25-mashq. Sifat yasalishining sodda va qo‘shma sermahsul so‘z yasalish qoliplarini aniqlang. Qolip hosilalariga misollar keltiring.

rasmli, do‘ppili, kuchli, o‘tirishli, aybdor, nasldor, sersuv, bedin, sersavlat, noinsof, nomunosib, unutuvchan, kuyinchak, uyushqoq, qopag‘on, yeyarmon, yig‘loqi, yorug‘, turg‘un, qisqartma, ko‘chma, arzirli, chiyildoq, jirkanch, imloviy, ommaviy, hozirgi, kozoqi, o‘zbekcha, odamsimon, vatanparvar, zo‘raki, badbashara, jahonshumul, izchil, terskay, gapdon, achimsiq, hazilkash, qaram, sog‘lom, qiska, palovbop, xushhavo devqomat, dilorom, dilozor, kafangado, otashnafas, sohibjamol, sho‘rpeshona, kaltafahm, shirinsuxan, sho‘rtumshuq, balandparvoz, jig‘ibiyron, tepakal, xonavayron, xudobezor, otabezori, kamgap, kamsuxan, kamsuqum, kamqon, kamxarj, ertapishar, cho‘rtkesar, yebto‘ymas, o‘zboshimcha, gadoytopmas, tinchliksevar, o‘zbilarmon, ikkiyuzlamachi, qirqyamoq.

Download 42,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish