Yakuniy bosqich
Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladilar.
O‘quv mashg‘ulotlarining natijalarini sharhlaydi, faol talabalar bahosini e’lon qiladi.
Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi: amaliy mashg‘ulotga tayyorlanib kelish. Nazorat savollariga javob berish. Ilovada ko‘rsatilgan topshiriq va mashqlarni bajarish.
18-mashq. Gaplar tarkibidagi atoqli va turdosh otlarni aniqlang. Atoqli otning turdosh otga, turdosh otning atoqli otga aylanishiga misollar keltiring. Havola etilgan matnga tayanib, berilgan topshiriqlar tizimini bajaring.
O‘ZBEGIM
Tarixingdir ming asrlar Asli nasli balki O‘zluq
Ichra pinhon, o‘zbegim, Balki Tarxon, o‘zbegim.
Senga tengdosh Pomiru Qaysari Rum nayzasidin
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim. Bag‘rida dog‘ uzra dog‘
So‘ylasin Afrosiyobu CHingizu Botu tig‘iga
So‘ylasin Urxun xati, Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim….
Ko‘hna tarix shodasida Menga Pushkin bir jahonu
Bitta marjon, o‘zbegim. Menga Bayron bir jahon
Al Beruniy, Al Xorazmiy Lek Navoiydek bobom bor
Al Farob avlodidan, Ko‘ksim osmon, o‘zbegim. (E.V.)
1-topshiriq. Matnni kuzatib, predmetlik bildiruvchi so‘zlarni aniqlang. Ularni atoqli va turdosh otlarga ajrating. Turdosh otlarni aniq va mavhum, sanaladigan va sanalmas, shaxs yoki narsa oti ekanligini aniqlang
2-topshiriq.Atoqli va turdosh otlar xususiyatlarini alohida-alohida bayon qiling.
3-topshiriq. 1. Atoqli va turdosh otlarni shaxs, narsa va o‘rin-joy otlariga ajrating, guruhlarni o‘zaro qiyoslang.
4-topshiriq. 1. Atoqli otlar guruhiga kiruvchi otlardagi umumiylikni toping. 2. Turdosh otlar guruhiga kiruvchi otlardagi umumiylikni toping.
5-topshiriq. Atoqli va turdosh otning semantik va sintaktik farqini bayon qiling.
6-topshiriq. Mazkur so‘zlarni mustaqil qo‘llab yordamchi mashqlar tuzing.
19-mashq. Berilgan gaplardagi otlarning birlik yoki ko‘plik shaklida ekanligini aniqlang. Ko‘plik shaklining sintaktik qurshovga semantik-sintaktik ta‘sirini izohlang. Xulosalaringiz asosida birlik va ko‘plik shaklining umumiy, xususiy va oraliq grammatik ma‘nolarini tiklang. OGMlarni farqlovchi omillarni va HGMlardagi zotiy va begona hodisalarni ajrating.
1. Necha kunki yo‘q oromim, Kelolmayman hushimga. Kechalari onajonim Kirib chiqar tushimga. Qo‘llarida oq yelpug‘ich Oy nurida yaltirar. Onajonim izlab meni Qoshlariga chaqirar. Keltirarlar goho beshik, Ko‘zlarida hayajon. (A.O) 2. Senga gapiraverib tillarim charchadi, quloqlarim bitdi, yuraklarim ezilib ketdi, ko‘zlarim tindi. 3. Buvimlar keldilar. 4. Vaqt-soati yetib, hamma sirdan voqif bo‘lasiz. 5. Uzumlar, uzumlar, uzumlar…Lazzatli, sharbatli, qand-asal. (U.) 6. Asablar, asablar, asablar… Sababsiz sochilgan g‘azablar. (E.V.)
7. Otalar boladan ranjisa ozroq,
Gohida shundayin so‘zni deydilar:
-Bolam, keksalarni qadrla ko‘proq,
Bog‘lab qo‘ygan emas bizni, deydilar.
Keksa dilingizga tushmasin titroq,
Otalar, chayqalib turibdi olam.
Siz ham bolalarni qadrlang ko‘proq,
Bog‘lab qo‘ygan emas, bolalarni ham. (A.O.)
20-mashq. Quyida berilgan otlarning LMGlariga misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |