3-amaliy mashg’ulot. Mavzu: G‘ovaktanlilar tipi Sycon raphanus


Korall poliplar – Anthozoa



Download 1,27 Mb.
bet7/7
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#398289
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-AMALIY MASHG’ULOT. - Nusxa ko‘chirmoq (2)

Korall poliplar – Anthozoa. Actinia equine ninig tashqi tuzilishi.

Kеrakli jihоzlar:, Korall poliplarining bo’yalgan tayyor prеparatlari, sоat оynasi, buyum va qоplag’ich оynalar, tоmizg’ich, suv, Actinia equineninig aks ettiruvchi tablitsalar, mum yoki plastilin bo’laklari, prеparоval ninalar, mikrоskоplar, binоkulyarlar.

Nazariya tushuincha. Korall poliplar faqat dengizlarda o'troq hayot kechiradigan 6000 dan ortiq bo'shliqichlilardan iborat. Ko'pchilik turlari koloniya hosil qiladi. Kattaligi har xil; yakka yashovchi poliplar bir necha milli metrdan bir necha o'n santimetrgacha; ayrim turlari 1 m gacha bo'ladi. Korall poliplar nasi almashinmasdan rivojlanadi, ya’ni faqat polip shaklida uchraydi; meduza davri boimaydi. Ttizilishi. Tanasi gidropoliplarga o'xshash, lekin ularga nisbatan murakkab tuzilgan. Yakka poliplar silindrsimon tanasining yassi tovon qismi substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Koloniyali poliplarda esa har qaysi individ tovon orqali koloniyaning poyasiga yoki shoxiga yopishadi. Og'iz teshigi har bir polip tanasining uchki qismida joylashgan. Og'iz teshigi sakkizta (sakkiz nurlilar kenja sinfi), yoki olti karra miqdorda paypaslagichlar bilan o'ralgan Og‘iz nayga o'xshash uzun halqumga ochiladi. Halqum davori gastral bo'shliqqa osilib turadi. Halqum og‘iz diski devorining polip tanasiga botib kirishidan hosil bo ‘lganligi tufayli ektoderma epiteliysi bilan qoplangan. Halqum nayi yassi bo'lganidan halqum teshigi ham bir tomonlama yassilashgan tirqishga o'xshaydi. Halqumning bir uchida yoki ikkala uchida ham sifonoglif deb ataladigan og'iz egatchalari joylashgan. Egatchalarda joylashgan kipriklaming harakati tufayli suv gastral bo'shliqqa kiradi. Halqumning boshqa qismi orqali suv gastral bo'shlig'idan oqib chiqadi. Shu usulda gastral bo'shlig'idagi suv doimo almashinib turadi. Suvning yangilanib turishi polip tanasini kislorod bilan ta’minlanishida va mayda plankton organizmlar bilan oziqlanadigan poliplarning oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Gastral bo'shliqdan suvdagi kislorod to'qimalarga o'tadi; karbonat angidrid esa to'qimalardan suvga o'tadi. Karbonat angidridga to'yingan suv hazm bo 'lmagan oziq qoldiqlari bilan birga gastral bo'shliqdan chiqib ketadi. Gastral bo 'shliq endoderma bilan qoplangan bo 'lib, parda to' siq-septa yordamida kameralarga bo'lingan. Septaning bir tomoni tana devoriga yopishgan bo'lib, periferik kameralami hosil qiladi; ikkinchi tomoni gastral bo'shliqda erkin joylashgan. Ana shuning uchun ham gastral bo'shliqning markaziy qismi kameralarga bo'linmagan. Septaning tana bo'shlig'ida erkin joylashgan qalinlashgan uchi mezenterial iplar deyiladi. Mezenterial iplarda hazm qiluvchi fermentlar ishlab chiqaradigan bezli hujayralar joylashgan. Septalar soni paypaslagichlar soniga teng bo'ladi. Septalar endoderma bilan qoplangan mezogleyadan iborat. Gistologik jihatdan ham korall poliplar gidroidlarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Ulaming yupqa bazal membranasi o'miga qalin mezogleya; ektodermadagi epiteliy-muskul hujayralari o'miga ixtisoslashgan bo'ylama va halqa muskullar rivojlangan. Bunday muskullar septalarda ham boiadi. Ular har bir septa bo'ylab o'tadigan yug'onlashuv, ya’ni jiyakni hosil qiladi. Korall poliplar ektodermasi ostida joylashgan nerv tugunlari gidroidlarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Koloniya bo ‘lib yashovchi korall poliplar ohak, ba’ zan (sakkiz nurlilar) muguz skelet hosil qiladi. Ko'pchilik yakka yashovchi korallaming skeleti boimaydi. Sakkiz nurlilar skeleti mezogleyada tarqoq joylashgan mikroskopik ohak ninalardan iborat. Qizil korall tanasidagi skelet ignalaming ko ‘pi bir-biriga yopishib, birmuncha tig'iz skeletni hosil qiladi. Olti nurlilarda dastlab tovon plastinkasi, so‘ngra polip tanasi sirtida kosacha, ya’ni teka hosil boiadi. Keyinroq tekadan tana ichiga skelet to‘s'iq-sklerosepta botib kiradi. Juda ko‘p individlardan iborat poliplar koloniyasidagi qo ‘shni individlar tekasi о ‘zaro qo ‘shilib ketadi. Sakkiz nurlilar skeleti mezogleyada, oltinurlilar skeleti esa ektodermada joylashgan. Sakkiz nurlilarda gastral bo‘shliqning sakkizta kamerasidan ikkitasi uning toraygan tomoni qarshisida joylashgan bo‘lib, yo‘naltiruvchi kameralar deyiladi. Septalarda muskulli valiklar joylashgan. Oltinurlilar septalari yanada murakkabroq tuzilgan. Ulaming gastral bo'shlig'idato'siqlar juft-juft bo'lib joylashgan; to'siqlar sonikamida 12 ta yoki 12 karra miqdorda boiadi. Kameralar birdaniga hosil boimaydi. Dastlab olti juft birinchi tartib kameralar, so'ngra ular orasida ikkinchi tartib kameralar hosil boiadi. Bitta juftlikni tashkil etadigan to'siqlar oralig‘idagi kameralar ichki, har xil juft to'siqlar oralig'idagi kameralar oraliq bo'ladi. Skleroseptalar ana shu oraliq to'siqlarda joylashadi. Yakka holda yashaydigan yirikkorallar-aktiniyalaming skeleti boimaydi.
Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish