Bog'liq 3-AMALIY MASHG’ULOT. - Nusxa ko‘chirmoq (2)
Nazariy tushuncha. G'ovaktanlilar-o'troq yashovchi tuban ko‘p hujayrali hayvonlar. Asosan dengizlarda, ayrim vakillari chuchuk suvlarda tarqalgan. To‘qima va organlari rivojlanmagan, tanasi bir necha xil hujayralardan va hujayra oralig'i moddasidan iborat. Tana bo‘shlig‘i xoanotsitlar deb ataladigan yoqali xivchinli hujayralar bilan qoplangan. Nerv sistemasi rivojlanmagan. Tanasida juda ko‘p mayda teshikchalari va ulardan tana bo'shlig'iga qarab ketadigan naychalari bo'ladi. Ana shu naychalar orqali g'ovaktanlilar tanasi orqali to'xtovsiz suv o'tib turadi. Deyarli hamma yakillari ohaktosh (CaC03) yoki silikat (Si02)dan iborat mineral yoki organik skeletga ega. Ihzilishi. Tana shakli xaltaga yoki chuqurroq qadaxga o'xshash, lekin bir qancha turlari muayyan shaklga ega bo'lmaydi. Tanasi sirtidagi juda ko'p mayda teshikchalar orqali paragastral tana bo ‘shlig4 tashqi muhit bilan bog'langan. Bu bo'shliq tanasining yuqori tomonidagi teshik - oskultim orqali tashqi muhitga ochiladi. Tanasi ikki qavat bo'lib joylashgan hujayralar - tashqi ektoderma va tana bo'shlig'ini qoplab turadigan endodermadan iborat. Ektoderma va endoderma oralig'ida mezogleya deb ataladigan strukturasiz qavat joylashgan. Ko'pchilik g'ovaktanlilar mezogleyasi qalin bo'lib, unda har xil hujayralar tartibsiz joylashgan. Skelet ana shu mezogleyada hosil bo'ladi. Ektoderma yassi hujayralardan iborat. Ektodermadagi mayda teshikchalar juda ingichka naychalar orqali paragastral bo'shliq bilan tutashgan. Endoderma uzun xivchinli silindrsimon hujayralar - xoanotsitlardan iborat. Xivchinlar asosini yupqa membrana pardadan iborat yoqacha o'rab turadi. G'ovaktanlilar tuzilish xususiyatiga ko'ra askon, sikon va leykon deb ataladigan guruhlarga bo'linadi . Askon tuzilishi eng sodda g'ovaktanlilar uchun xos. Bunday g ‘ovaktanlilaming mezogleyasi qalin bo‘lmaydi, ektodermadagi teshiklar (poralar) ingichka naychalar orqali bevosita yoqachali xivchinli hujayralar bilan qoplangan paragastral bo ‘shliqqa ochiladi. Ko ‘pchilik g ‘ovaktanlilar uchun askon tuzilishi faqat embrional rivojlanish davrida ko'rinadi. Ontogenezda askon murakkablashib borib, sikonni hosil qiladi. Murakkablashuv mezogleyani qalinlashib, alohida kameralarni hosil qilishidan hamda xivchinli endoderma hujayralarini kameralar ichida joylashganligidan iborat. Leykonda mezogleya yanada ko'proq qalinlashadi; xivchinli kameralar mezogleyaga ko‘proq botib kiriladi. Mezogleyadagi kameralar olib keluvchi naychalar orqali tashqi muhit bilan, olib ketuvchi naychalar orqali esa paragastral bo‘shliq bilan bogiangan. Sikon va leykonning paragastral bo‘shlig‘i ham yassi ektoderma hujayralar bilan qoplangan boiadi. G‘ovaktanlilaming xivchinli kameralari juda ko‘p boiadi. Masalan, bo‘yi 7 sm, eni 1 sm keladigan leykoniya g'ovaktanlisida, xivchinli kameralarining soni 2 mln dan oshadi. Hujayra elementlari. Mezogleyada yulduzsimon hujayralar, skleroblastlar va amyobotsitlar joylashgan . Yulduzsimon hujayralar tayanch elementlar - kollensitlar hisoblanadi. Skleroblastlar ichida skelet elementlari hosil boiadi. Amyobotsitlar harakatchan hujayralar bo‘lib, ulami xoanotsitlardan olingan oziqni hazm qiluvchi hujayralar vaixtisoslashmagan rezerv hujayralar - arxeotsitlarga ajratish mumkin. Arxeotsitlar barcha ko‘rsatilgan hujayralami, shu jumladan jinsiy hujayralami ham hosil qilish xususiyatiga ega. Tekshirishlaming ko ‘rsatishicha g ‘ovaktanlilar tanasida qariyb hamma hujayralar bin ikkinchisini hosil qilishi mumkin. Masalan, xoanotsidar xivchinini tashlab mezogleyaga o'tishi va amyobotsitlarga aylanishi yoki aksincha arxeotsitlar xoanotsitlarga aylanishi mumkin. Bu hoi g ‘ovaktanlilami juda sodda tuzilganligi, hujayralari to‘liq ixtisoslashmaganligini ko‘rsatadi.