Tarmoq bog’lamasi yoki terminal, ya’ni ma’lumotlarning manbai yoki qabul qiluvchisi, yoki kommutator, ya’ni axborotni kirish portidan chiqish portiga uzatuvchi, yoki ikkala vazifani bajaruvchi bo’lishi mumkin. Bevosita aloqali tarmoqlarda har bir bog’lama bir vaqtning o’zida ham terminal, ham kommutator sifatida bo’ladi va xabar terminalli bog’lamalar orasida to’g’ridan – to’g’ri uzatiladi. Bevosita aloqali tarmoqlarda bog’lama bir vaqtning o’zida yoki terminal, yoki kommutator sifatida bo’ladi, shuning uchun ma’lumot prosessorning ajratilgan kommutasiyalash bog’lamalari yordamida uzatiladi. Hisoblash tarmoq topologiyalarining uchta ko’rsatkichlari quyidagilar: - sinxronlashtirish strategiyasi;
- kommutasiyalash strategiyasi;
- boshqarish strategiyasi.
Tarmoqda operasiyalarni sinxronlashning ikkita strategiyasi mavjud, bular - sinxron va asinxron. Sinxron tarmoqlarda hamma harakatlar bir vaqtning o’zida signallar hamma bog’lamalarga uzatiladigan takt impulslarining yagona generatori hisobiga ta’minlanadigan vaqt bo’yicha yuborilgan bo’ladi. Asinxron tarmoqlarda yagona generator yo’q, tarmoqning turli qismlarida lokal generatorlar qo’llaniladi, hamda sinxronlashtirish vazifasi butun tizim bo’yicha taqsimlangan. Kommutasiyalashning tanlangan strategiyasiga qarab, tarmoq kanallarini kommutasiyalash va paketlarni kommutasiyalash bo’ladi. Ikkala variantda ham axborot paket ko’rinishida uzatiladi. Paket bitlar guruhidan tashkil topgan bo’lib, uni belgilash uchun xabar terminidan foydalaniladi. Ulanishlarni kommutasiyalash tarmoqlarida tarmoqqa kommutasiyalash elementlarini o’rnatish yo’li bilan manba–bog’lamasidan qabul qiluvchi– bog’lamasigacha, belgilangan joyga butun paket yetib bormaguncha saqlanadigan trakt (yo’l) shakllantiriladi. Aniq juft bog’lamalar orasida xabarlarni uzatish har doim bitta aloqa yo’li bo’yicha amalga oshiriladi. Tarmoq ulanishlari texnologiyasini boshqarishning tashkil qilinishiga qarab ham tasniflash mumkin. Ba’zi bir, ayniqsa, ulanishni o’zgartirish mumkin bo’lgan, tarmoqlarda markazlashtirilgan boshqarishdan (3.3-rasm) foydalaniladi. Prosessorlar (P) xizmat ko’rsatish uchun so’rovlar arbitrajini ishlab chiquvchi (masalan, M xotira moduliga) yagona tarmoq nazoratchisiga belgilangan muhimlik darajalarini hisobga olgan holda so’rov jo’natadi va kerakli bo’lgan aloqa yo’lini o’rnatadi. Bu turga shina topologiyali tarmoqlar kiradi. Prosessorli matrisalar xuddi markaziy prosessorning signalidan amalga oshiriladigan markazlashtirilgan boshqarishli tarmoqlardek quriladi. Keltirilgan sxema paketlarni kommutasiyalash tarmoqlarida ham qo’llaniladi. Bu yerda paket sarlavhasida saqlanuvchi yo’naltirish tegi belgilangan bog’lama manzilini aniqlaydi (teg – bu bir necha bit). Ko’pchilik ishlab chiqarilayotgan hisoblash tizimlari boshqarishning xuddi shu turiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |