3- mavzu: Tuproq va uning muhofazasi Nazorat savollari



Download 9,78 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi9,78 Kb.
#301950
Bog'liq
Allaberganov Shoxrux 3-topshiriq


3- Mavzu: Tuproq va uning muhofazasi

 
Nazorat savollari:



  1. Chо‘llanishga olib keladigan asosiy sabablar qaysilar?

  2. CHо‘llanishni keltirib chiqaradigan omillarni ayting.

  3. Tuproq eroziyasi nima?

  4. Tuproq degumidlanishi nima?

  5. О‘simliklar degradatsiyasini tushuntiring.

  6. Yaroqsiz yerlar sifatini qanday yaxshilash mumkin?

Javoblari:

1. Shamol ta’sirida mayda tuproq bо‘lakchalari uchib ketadi va tuproqda qum miqdori oshadi. Deflyatsiya ta’sirida tuproqda gumus miqdori kamayadi va agroximik, suvning fizik xossalari yomonlashadi. Deflyatsiyaga uchragan yerlar Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida uchraydi. Ayniqsa, sezilarli darajada deflyatsiya Orol dengizi qurishi hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida uchraydi. Orol dengizining qurigan tubidan chang, qum, tuz kabilar О‘zbekistonning yuzlab kilometr masofalariga tarqalmoqda.

2. Chо‘llanish natijasida:

- yaylovlarda hosildorlik pasayadi;

- chorva mollari yemaydigan begona о‘tlar kо‘payadi;

- yaylov tiplarida barqaror va rang-barang turlar yо‘qolishi yuz beradi;

- tur tarkibi kamayadi;

- chorva mollarini boqish uchun yaroqsiz bо‘lgan ochiq yalangliklar paydo bо‘ladi.

3. Tuproq eroziyasi (lot. erasio yemirilish, nurash) — tuproqning eng unumdor yuqori qatlamlari va tuproq osti jinslarining atmosfera yogʻinlari hamda sugʻorish suvlari, shamol va boshqa taʼsirida yemirilish jarayoni. Yuz berish darajasiga koʻra, tabiiy va jadallashgan (yemiradigan) turlarga boʻlinadi. Tabiiy Tuproq eroziyasi nisbatan sekin kechib, tuproq tabiiy hosil boʻlish jarayonida qayta tiklanib turadi. Jadallashgan Tuproq eroziyasi odamning xoʻjalik faoliyati (madaniy oʻsimliklarni oʻstirishda yerdan notoʻgʻri, uquvsiz foydalanish, eroziyaga qarshi tadbirchoralarga rioya qilmay yerlarni oʻzlashtirish, sugorish, chorva mollarni boqish, oʻrmonzorlarni yoʻq qilish, qurilish ishlarini olib borish va boshqalar) natijasida yuz berib, tuproq unumdorligini sezilarli darajada pasaytirib yuboradi.

4. Degumidlanish (lot.de-ajralish, pasayish, humus – tuproq, facere-qilmoq) deganda organiq qoldiqlarning sernam va kislorod yetishmaydigan sharoitda biokimyoviy jarayonlarga uchrab, parchalanmay qolishi tushuniladi. Bu - gumusning yо‘qotilishidir. Gumus yо‘qotilishi atrof-muhitda chо‘llanish jarayonini kuchaytiradi va irrigatsion eroziyani keltirib chiqaradi. Yaylov tuproqlarining oriqlashi – chorva mollarini bir maydonning о‘zida haddan tashqari kо‘p boqish natijasida о‘simlik qoplamining degradatsiyasi paydo bо‘lishidandir.



5. О‘simlik qoplami degradatsiyasi - (tur tarkibi, zichlik va holatning о‘zgarishi) chо‘llanishning eng kо‘p tarqalgan va oson aniqlanadigan jarayonlaridan biridir. Degradatsiya - (fran. Degradation – asta-sekin yomonlashuv) – biron bir narsa yoki holatning son va sifat jihatdan oldingi holatidan yomonlashuvi, yemirilishi. Degradatsiya – hosildorlik kamayishi, fotosintetik faoliyat va о‘simlik qoplamining landshaftni muvozanatlab turadigan funksiyasini pasayishi bilan izohlanadi. Asosiy sabab esa, inson ta’siri va shuningdek, kuchayadigan salbiy omillardir (masalan: qurg‘oqchilik, bug‘lanish va boshqalar).

6. Sug‘orma dehqonchilikda yerlarning ikkilamchi shо‘rlanishi jiddiy muammo hisoblanadi. Ikkilamchi shо‘rlanishning asosiy sababi - quvursiz, yer zaxini qochirmasdan sug‘orishdir. Bunda grunt suvlari kо‘tarilib, mineralizatsiya jarayoni oshadi, sug‘orish meyorini oshirish va suvdan oqilona foydalanmaslik esa ikkilamchi shо‘rlanishga olib keladi.
Download 9,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish