Janubiy Koreya. 1995 yilda KO‘K mahsuloti eksportining salmog‘i mamlakat umumiy eksport hajmining 30%ni tashkil qilgan va 50 mlrd AQSh dollariga yetgan. Bunga katta bank kreditlari yordam bergan.
Kredit-pul siyosati shunday qurilganki, tijorat banklari o‘z qarzlarining 30%ini KO‘Kga berishga majburlar. Mamlakatdagi kichik biznes federatsiyasi, KO‘K banki, texnologiyalarni sug‘urta qilish federatsiyasi, savdo va sanoat vazirligi KO‘Kning rivojlanishiga yordam beradi.
Sanoatni rivojlantirish siyosatining ajralmas qismi sifatida KO‘K ning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash siyosati sohasida yirik qonunchilik bazasi tashkil qilingan: KO‘Kni rag‘batlantirish haqidagi dikret (1966y.), KO‘Kning sub-kontraktli ishlarini rag‘batlantirish xaqadati qonun (1978y.), faqat KO‘K ishlab chiqaradigan tovarlar ro‘yxati (1982y.), KO‘K o‘zaro yordam fondi haqidagi qoidalar (1984y.), KO‘K boshqaruv barqarorligi va boshqalar. Yordam, birinchi navbatda, yuqori eksport salohiyatiga ega bo‘lgan korxonalarga ko‘rsatiladi.
Gollandiya. Bu mamlakatda KO‘Kni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘pgina tashkilotlar mavjud:
KO‘K uchun golland kengashi;
KO‘K masalalari bo‘yicha tadqiqotlar va konsalting;
KO‘K uchun siyosatning qirollik federatsiyasi;
ijtimoiy biznes tashkilotlari tarmoq xususiyatlari bo‘yicha ish beruvchilar va xodimlarning hamkorligini ta’minlaydilar;
savdo palatasi konsalting xizmatlari ko‘rsatadi;
KO‘K instituti ishchi-xizmatchilarni o‘qitish, maslahat berish bilan shug‘ullanadi;
o‘qish vaqtida shaxsiy korxonalarini ochgan talabalarga yordam ko‘rsatish uchun «Mini-korxonalar fondi» tashkil qilingan;
ikkita Oliy o‘quv yurti KO‘K uchun mutaxassislarni tayyorlaydi;
kechqurunlari qatnash mumkin bo‘lgan ko‘pgina turli xil kurslar ishlaydi. Bularda ishni endi boshlovchilar shaxsiy ishni ochish, biznes-rejalar tuzish, maslahatlar va axborotlar olish maqsadida o‘qishlari mumkin.
Frantsiya. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadi – bandlikning ko‘payishi va raqobatbardoshlikning o‘sishidir. Buning uchun quyidagilar qilinadi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam, axborotlarga kirish, ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish, soliqlarni kamaytirish va boshqalar. Frantsiyada KO‘K ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha har xil tashkilotlar tashkil qilingan:
KO‘K konfederatsiyasi;
savdo palatasi;
hunarmandlik ishlari bo‘yicha palata;
qishloq xo‘jaligi palatasi;
investitsion xavf-xatarni sug‘urtalashning frantsuz jamiyati;
biznesni tashkil qilish markazi va boshqalar.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlarda qo‘llaniladigan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari faqat umumiy ko‘rinishda bayon qilingan. Yordamning ayrim yunalishlarini aniqroq o‘rganish va O‘zbekiston iqtisodiyoti sharoitlarida ulardan foydalanish imkoniyatlarini belgilash kichik biznesni rivojlantirish uchun shubhasiz foyda keltirgan bo‘lar edi.
Nazorat uchun savollar
Kim kichik va xususiy korxonalarning sub’ekti hisoblanadi?
Kichik biznes faoliyagining tarkalish sohalari kanaka?
Kichik korxonalar kim tomonidan tashkil qilinishi mumkin?
O‘zbekistonda kichik biznesni belgilovchi mezon sifatida qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?
Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni belgilashda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |