Restoranda mijozlarga xizmat ko’rsatish vaqti
Mazmuni
|
Vaqt,Daqiqa
|
|
O’rtacha
|
Tez
|
Birinchi kelish
|
4-5
|
1-2
|
Buyurtma bilan taom berish oralig’i
|
8-10
|
1-2
|
Buyurtma bilan gazak berish oralig’i
|
10-12
|
5-10
|
Gazak va asosiy taom berish oralig’i
|
21-25
|
15-25
|
Buyurtma va dessert berish oralig’i
|
6-8
|
3-5
|
Umumiy xisob-kitob varaqasini berish
|
6-8
|
1-2
|
Mijozlarning noroziligi o’rtacha 10 daqiqa o’tgandan so’ng izhor etiladi. Ikkinchi, uchinchi taomlar kutilayotganda bu 10 daqiqa e’tiborsizdir. Taom berish oldidan yoki eng oxirida ham uning uncha ahamiyati yo’q.
Madaniyat xizmat tushunchasi bilan xizmat uchun choy chaqa berish tushunchasi aloqadordir. Choy chaqa berish restoran xizmatida odat bo’lib qolgan. Lekin bu ko’pgina muammolar kelib chiqishiga sabab bo’ladi, natijada bir-biriga zid ikki xil qarashni keltirib chiqaradi. Birinchidan, ofitsiantlarga ma’lum miqdorda moddiy manfaat bazasi bo’lib xizmat qilsa, ikkinchidan, ofitsiantlarning ko’prok choy chaqa olishga bo’lgan e’tiborini kuchaytiradi. Bu esa restoran mijozlarining noroziligiga sabab bo’ladi.
Butun dunyo restoranlarida ofitsiant mijozlar ovqatlanib bo’lganidan so’ng choy chaqa haqida eslatishi juda yomon illat hisoblanadi. Hozirgi kunda ofitsiantlar restoranlarda mijozlardan choy chaqa so’rash holatlari uchrab turadi. Ba’zi restoranlarda ofitsiantlar xizmat haqi uchun hisob-kitobga 15% qo’shimcha qo’shadi. Ammo ofitsiant hech qachon mijozlarga choy chaqa haqida gap ochmasligi lozim. Restoran mutaxassislari fikricha, agar ofitsiant «hasis mehmonlar» haqida o’z doirasida yuritar ekan, demak, u bu sohada ishlashga loyiq emasdir.
AQShda choy chaqa berish qoidaga aylangan. Hatto ba’zi amerikaliklar choy chaqa miqdorini ko’rsatuvchi jadval olib yuradilar, ofitsiantni ovora qilmay, choy chaqa summasini o’zlari aniqlab to’lab ketaveradi. Ko’pchilik restoran va kafelarda ofitsiant oyligining 95% ini mijozlardan olinadigan choy chaqa tashkil qiladi.
Restoran xodimlari mijozlarning yaxshi dam olishlarini ta’minlash va xodimlar orasida choy chaqa sababli nizolar chiqishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Chet el restoranlarida choy chaqa masalasiga turlicha yondashadilar. Ba’zilarida choy chaqa ofitsiantlar orasida teng bo’linadi. Bu ko’pincha o’ntagacha ofitsiant ishlaydigan restoranlarda bo’ladi. Ba’zilarida esa, ofitsiant choy chaqaning yarimini o’ziga olib qoladi, yarmini bosh ofitsiant, ichimlik sotuvchi va boshqalarga beradi. Ba’zi hollarda choy
Restoran servisinitashkil qilish chaqaning bir qisman zal menejeriga, bosh ofitsiantga, garchi ularning maoshlari yuqori bo’lsada beriladi,
Ba’zi restoranlarda ochiq aytilmasa ham choy chaqa qoldirish uchun imo-ishora qilinadi. Cheklarda quyidagicha yozuv bo’ladi: «Xizmat haqi taomlar bahosiga ko’shilmagan», Ammo xizmati oliy darajadagi restoranlarda bunday harakatlarga yo’l qo’yilmaydi.
Ovqatlantirish korxonalarida xizmat qilish madaniyati mijozlarning taom iste’mol qilish madaniyati bilan uzviy bog’likdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |