3 – mavzu. Plauntoifalar bo‘limi
Reja:
1. Plaunsimonlar bulimining umumiy harakteristkasi.
2. Bulim vakillarining anotomik, morfologik va sistematik harakteristikasi.
3. Polushniksimonlar sinfining umumiy harakteristikasi.
4 .Selaganelanamolar qabilasi va uning vakillarining morfologik, anotomik va sistematik harakteritikasi.
5. Polushniksimonlar qabilasi vakillarining morfologik anatomik va sistematik harakteristikasi .
6.Polushniknomalar qabilasining sistematikasi.
7.Polushnik turkumining anotomo-morfologik tuzilishi.
8.Lepidodendronnomalar qabilasining biologiyasi.
Tayancha atamalar: Umumiy tavsifi. Kelib chiqishi va rivojlangan davrlari. Hayotiy sikli. Mikrofillilik. Tent sporali va har xil sporali plaunlar. Bulimning sinflari plaunsimonlar va polushniksimonlar. Ularning umumiy tavsifi, tarqalishi va ekologiyasi.
Plaunsimonlarning yer sharida mingdan ortik turlari tarqalgan. Uzbekistonda esa bu bulimning vakillari uchramaydi.
Plaunsimonlar ham yuksak O‘simliklarning eng qadimgi vakillaridan bo‘lib, ularning koldiklari fanga silur davridan aniklangan. Ular paleozoy erasining toshkumir davrlarida yaxshi taraqqiy etgan.
Usha davrlarda daraxtsimon kirkbugimlar va daraxtsimon paporotniklar bilan birgalikda plaunlarning ham daraxtsimon vakillari katta urmonlarni tashqil etgan.
Hozirgi paytda yer sharida tarqalgan plaunsimonlar esa hammasi utchil O‘simliklardir. Ular tipik ildizpoya va barglarga ega bo‘lishi jihatidan moxsimonlar va riniofitlar morfologik strukturasidan farq qiladi.
Plaunlarning ildizi dixotomik shoxlangan kushimcha ildizdan tashqil topgan. Ayrim vakillarida ildizpoya va rizofora deb ataluvchi kushimcha ildizpoya bo‘ladi.
Poyasi tikka usuvchi, ayrimlarida esa yotib usuvchi bo‘lib, dixotomik shoxlangan.
Barglari oddiy, ba’zilarida uchki qismi biroz ayrisimon va bir tomirli bo‘ladi. Kupchilik vakillarida barg joylashishi spiral xolda, ayrim vakillarida karama - karshi va xalkasimon barg joylanishini kuzatish mumkin.
Ayrim plaunlar bargining ostida ligula deb ataluvchi tilchalari mavjud.
Plaunsimonlarning bargini kelib chiqishi bilan tanishganimizda, ularda barglar uk organlarida paydo bulgan usma enatsiyalaridan tarakiy etgan. Enatsion barg yoki filloid deb ataluvchi plaunlarning bargi boshka yuksak O‘simliklarning bargini kelib chiqishidan tubdan farq qiladi.
Plaunlarda barglari juda kichik (mikrofiliya) bo‘ladi. Fakat bizgacha yetib kelgan Lepidodendron deb ataluvchi daraxtsimon plunlarda bargining uzunl igi 1 metrgacha bulgan.
Plaunsimonlar vegetativ, jinssiz va jinsiy yullar bilan kupayadi.
Vegetativ kupayish yotib usuvchi poyasi va yer osti poyasi yordamida boradi.
Jinssiz kupayishda spora boshoklar hosil qiladi. Ular sporafillardan tashqil topgan bo‘lib, ular ba’zi vakillarida vegetativ bargchalarga o‘xshash bo‘ladi yoki ayrimlarida esa shakli, kattaligi, rangi jihatidan vegetativ barglardan farq qiladi.
Plaunsimonlar orasida teng sporali va har xil sporali vakillari mavjud. Har xil sporali vakillarining bargchalarida tilcha hosil bo‘ladi.
Teng sporali va har xil sporali plaunlarning gametofitlari ham bir- biridan farq qiladi. Teng sporali plaunlarning gametofiti birmuncha yirik 2-20 ml gacha bo‘lib, ikki jinsli etdor, sporafit yoki yarim sporofit xolida xayot kechiradi va 1-15 yilda yetiladi. Har xil sporali plaunlarning gametofiti esa kichik, ya’ni makro va mikro spora pustidan ozgina tashkariga chikib bir nechta hujayralarni hosil qiladi. Bir jinsli spora tarkibidagi ozika xisobidangina oziklanadi va bir necha xafta mobaynida yetiladi.
Plaunlarni klassifikatsiya kilishda sporafitning teng va har xil sporaligi, morfologik tuzilishi, gometofitining tuzilishi asos kilib olingan. Sho‘nga ko‘ra bu bulim 2 ta sinfga bulinadi:
1. Plaunsimonlar-Zycopodiopsida.
2. Polushniklar-Isoetopsida, izoetopsida .
Plaunsimonlar sinfi 3 ta qabilaga ajratiladi:
1). Asteroksilonnomolar-Asteroxylales
2).Plaunnomolar- Lycopodioles.
3). Protoletdodentdronnomolar- Protolepidodendrales.
Bu uchala qabila vakillari teng sporali bulgan.
Polushniklar sinfi ham uchta qabilaga ajratiladi:
1)Selaginellanamolar- Selaginellales
2.lipidadendronomolar- Lepidodendroles
3.Polushniknomolar-Isoetales.
Polushniklar sinfi vakillari har xil spora hosil kilib kupaygan .
Asteroksilonnomalar- Asteroxelales qabilasi 1ta asteroksilondoshlar oilasi va 2ta turkumga:
1)Asteroksilon- asteroxelon
2) Sxizepodium- Schizopodiom ga
ajratilgan. Har ikkala turkum vakillari bundan 400 mln yillar oldin kirilib ketgan. Asteroksilon turkumi plaunlarning eng primitiv va qadimgi gruppasi bo‘lib, ularni yakin vaktlargacha riniofitlar bulimiga kiritganlar. Biroq poyasining sifonostelik tuzilishi, barglarini mavjudligi va u poyasini zich koplab olganligi hozirgi plaunlarni tuzilishini eslatadi.
Asteroksilon utchil O‘simliklar bulgan va yer usti hamda yer osti organlariga ajralgan.
Yer ustki organlaridan poyasi tikka usuvchi buyi 1 metrgacha bulgan. Ba’zan dixatomik yoki dixopodiol shoxlangan. Yon novdalari kup marta dixatomik shoxlangan, barglari juda mayda bulgan, barg va poyalarida labchalar joylashgan.
Labchalarning funksiyasi nimadan iborat bulgan?
Yer ostida dixatomik shoxlangan rizomoidlari bulgan. Biroq rizomoidlarda xali ildiz tukchalari bulmagan. Ksilemasi yulduzsimon shaklga ega bulgan. Turkumning nomi ham Asteroxxellon ( grekcha aster-yulduz, xylon-daraxt yoki yogochchil) degan iboradan olingan.
Poyasining asosiy qismini (diometrining 4\5 ni) pustlok parenximasi tashqil etgan. Uning o‘rta qismida pukaksimon xavo saklovchi kanalchalari mavjud bulgan.
Poyasini va rizomoidlarini pustlogida zamburug gif va sporalari topilganligi ularni zamburuglar bilan simbioz xayot kechirganligidan dalolat beradi.
Asteroksimonlarda sporangiy poyasining uchki qismidagi bargsiz dixotomik shoxchalarida taraqqiy etadi.
Sporangiysi 1 mm gacha uzunlikka ega bo‘lib, tashqi tomonidan kup kavatli pust bilan koplangan bulgan. Sporalari bir xil kattalikda bulgan.
Protolepidodendronnomolar- Protolepidodendroles qabilasi. Bu qabila vakillarining koldiklari ham yuqori silurdan to pastki va o‘rta devongacha topilgan. ular ham utchil o‘simliklar bulgan. boshka plaunlardan asosan ayrisimon shoxlanganligi bilan farq kilidi.
Dreponofikus – dreponophycus,turkumi . Bu turkum vakillari Yevrosie va Shimoliy Amerikaning devon davridan aniklangan. Poyasi 60- 70 sm balandlikka ega bulgan va dixotomik shoxlangan. Ignasimon barglari asteroksilonlarni barglariga o‘xshash bulgan. Sporangiyasi bargining ustki tomonida joylashgan bulgan.
Protolepidodendron turkumi – Protolepidendron.
Bu turkum vakillarining koldiklari ham Yevroziyadan pastki va o‘rta devon koldiklaridan topilgan.
Poyasining balandligi 25-40 sm bulgan. Ular ham dixatomik shoxlangan. Barglarini ustki qismi dixatomik shoxlangan bo‘lib ular poyada spiral xolda joylashgan. Barglari tukilgandan so‘ng poyada «Yasmiksimon» iz koldirgan. Bu jihatidan ular lepidodendronlarga uxshab ketadi.
Yer ostida esa gorizontal usuvchi ildizpoyasi bulgan.
Sporongiyalari sporofillarning ustki tomonida va asosiga yakin joylashgan bulgan. Biroq xali spora boshoklari bulmagan. Sporofillari vegetativ barglaridan deyarli farq kilmagan.
Plaunsimonlar –Zycopodioles qabilasi.
Qabilaga bitta plaundoshlar- Zycopodiaclas oilasiga va ikkita turkum:
1.Plaun-Zecopodium
2.Flloglasum- Phyylcoglossum ga bulinadi.
Bu qabilaga 400 dan ortikrok tur kiradi. Ularning vakillari kup yillik utchil O‘simliklardir. Barglari butun, tilchasiz. Poyada kambiy yuk. Izospora hosil qiladi. Usimtasi ikki jinsli.
Plaun turkumi vakillarining kupchiligi tropik va subtropik iklim sharoitiga ega bulgan joylarda tarqalgan, ayniksa, tog urmonzorlarida kuprok uchraydi. Ularning turlari orasida bir kancha epifit vakillari mavjud. Poyasining usishi jihatidan ham xilma- xil: tikka usuvchi, ilashuvchi, yotib usuvchilari mavjud. Poyasining uzunligi 1mdan, lianalarida 10 mgacha bo‘ladi.
Sobik SSSR territiriasiada 14 ta turi uchraydi. Ular igna bargli urmonlarning ostida, botloklarning atrofida, togli rayonlarda uchraydi.
O‘rta Osiyoda( O‘rta Osiyo O‘simliklarini aniklagichi bo‘yicha) 2 ta turi:
Zycopodium selago va alpikum jo‘ngor alatouning yaylov mintakasida uchraydi.
Turkumning lotincha nomini birinchi bo‘lib fanga nemis botanigi Ya.T.Taborismontan tomonidan XVI asrda burilgan.Zycopodium «buritovon » degan ma’noni bildiradi. Sobik SSSRda keng tarqalgan chukmokli plaun –Zycopodium clowesum misolida morfo-anotomik tuzilishi va Taraqqiyot sikli bilan tanishamiz.
Chukmokli plaun igna bargli urmonlarning ostida uchraydigan kup yillik utchil O‘simlik. Poyasi yotib usuvchi, 3 mgacha o‘sadi. Poyasidan yuqoriga qarab vertikal usuvchi dixatomik shoxlar taraqqiy etadi. Novdalari mayda kalin(kup) uznchoq oddiy barglar bilan koplangan. Yotib usuvchi poyasidan yer ostida dixatomik shoxlangan ildizlar taraqqiy etadi.
Poyasining anotomik tuzilishi bilan tanishganimizda: uning tashqi tomoni epidermis bilan koplangan. Epidermisdan ichkarida kalin pustlok parenximasi joylashgan bo‘lib, uning tashqi tomonidagi hujayralarning pusti oraliklarida va chetlarida floema joylashgan. Lekin poyada kambiy va uzak kavati yuk.
Ildizining anotomik tuzilishi poyasining anotomik tuzilishiga uxshaydi . Bargi tashqi tomondan epiderma bilan koplangan. Bargning har ikkala tomondan epidermisida labchalar mavjud.
Bargning mezofil kavati hujayralari xlorofillrga boy, Biroq ustinsimon va bulutsimon tukimalarga differensialanmagan.
Chukmokli plaunda yadro fazalarining almashinuvi quyidagicha: yozning o‘rta larida uning novdalarining uchlarida ikkitadan turttagacha spora boshoklar hosil bo‘ladi. Spora boshogida zich xolda sporofilla(yoki spora bargi deb ham ataladi) o‘rnashgan. Sporafil sarik rangliligi bilan vegetativ barglardan farq qiladi. Har kaysi sporafilning kengaygan pastki qismida bittadan buyraksimon sporangiya mavjud bo‘lib, u sporafilning tashqi tomonidagi hujayralar gruppasidan taraqqiy etadi.
Sporangiy ichida arxesporiy hujayralar bor. Uning bulinishi xisobidan sporaning ona hujayralari shakllanadi. Ona hujayraning reduksion bulinishi xisobidan esa tetrada spora taraqqiy etadi. Yetilgan sporalar sporangiyani kundalangiga chatnab ochilish tufayli tashqi muxitga tarkaladi.
Chukmokli plaunning sporasi bir xil kattalikdagi izosporalardan tashqil topgan, sargish rangli. Sporalar ekzo va endo sporiy deb ataluvchi tashqi va ichki pust bilan koplangan. Spora ichida esa sitoplazma, yadro, plastidalar va moy bor.
Tashqi muxitga tarqalgan izosporalar tuprok yoriklariga tushib, qulay sharoitda usa boshlaydi va 2-5 mm kattalikdagi plastinkasimon, ikki jinsli usimta- gametofit hosil bo‘ladi. Gametofitning pastki qismidan rizoidlar hosil bo‘ladi. Rizoidlar orkali zamburug giflari tuprokdagi gametofitning ichki hujayralariga utib oladi va endotrof mikorizani hosil qiladi. Chukmokli plaunnig gametofiti rangsiz, sporafit xayot kechiradi. Gametofitning ustki tomonida anteridiy va arxegoniy hosil bo‘ladi. Anteridiy gametofitga tula botib kirgan xolda o‘rnashgan. Arxegoniy esa fakat buyin qismi tashkarida bo‘lib, korincha qismi gametofitga botib kirgan bo‘ladi. Undan tuxum hujayra yetilgandan so‘ng, arxegoniyning buyin qismi ochiladi. Anteridiydan chikkan ikki xivchinli spermatozoidlar namlik yordamida suzib kelib, arxegoniyning buyin qismidagi kanalcha orkali utib, ulardan bittasi tuxum hujayrani otalantiradi. Natijada zigota hosil bo‘ladi. Zigotadan esa mo‘rta k taraqqiy etadi.
Chukmokli plaunni gametofiti va mo‘rta gi yer ostida taraqqiy etadi. Hosil bulgan mo‘rta k yarim sharsimon tanacha shaklda bandga (pochka) hosil etib, u gametofitni tukimasiga botib kiradi va undan ozikani shimib ola boshlaydi. Shunday kilib mo‘rta k asta- sekin rivojlanib unda boshlangich poya, boshlangich barg va ildizcha shakllanadi. Keyinchalik u gametofit tukimani yorib tashkariga chika boshlaydi va yer ustida plaunnig yangi yosh usimligi paydo bo‘ladi.
Biroq plaunlarda sporafitning Taraqqiyot i juda sekin boradi. U 15- 18 yilda mo‘rta kdan taraqqiy etib yosh O‘simlikka aylanadi.
Shunday kilib, plaunlarning Taraqqiyot siklida sporafit davri gametofit davri bilan almashinadi.
Chukmokli plaunni vegetativ kupayishi yotib usuvchi poyasining yerga yopishgan qismidan ildiz otishi tufayli ruy beradi.
Plaunlarning boshka vakillarida vegetativ kupayish uchun maxsus organlar taraqqiy etadi. Masalan, Zycopodium selago va Z.Liciolum turlarining novdalrining uchlarida ajratuvchi piyozcha yoki ko‘rta kchalar hosil qiladi. Hosil bulgan ko‘rta kcha yoki piyozchalar yetilgandan so‘ng ona O‘simlikdan ajralib yerga tushadi va yangi yosh O‘simlikka aylanadi.
Tropik zonalarda usuvchi plaunlarning epifit vakillari esa ildizi va bargida ajratuvchi tugunaklar hosil etib, vegetativ kupayadi. Plaunlarning ayrim turlari juda zaharli. Shuning uchun umurtkali hayvonlar ularni iste’mol kilmaydi.
Xalk tabobatida ulardan dorivor O‘simliklar sifatida foydalaniladi. Biroq zaharliligi uchun uta extiyotlilikni talab etadi. Ulardan veterinariyada ham foydalanishgan hamda yashil, kuk, sarik buyoklar tayyorlashda ishlatilgan.
Plaunlar hozirgi davrda ham shifobaxsh O‘simliklar katorida turadi. Ulardan nikotanizm, alkogolizm, kuz ogrigini davolashda foydalaniladi.
Sporangiyni bolalar pudrasi tayyorlash uchun yigilib aptekalarga topshiriladi (kayta ishlash uchun).
Biroq turli maksadlarda spora boshoklari yigilayotganda O‘simlikni boshka organizmga zara keltirmagan (shikast yetkazmasdan) xolda yigish tavsiya etiladi.
Plaunlar zaharli bulganligi uchun xona sharoitida manzarali O‘simlik sifatida ustirish tavsiya etilmaydi.
Polushniksimonlar – Isoetopsida sinfi .
Polushniksimonlar – Isoetopsida sinfi yuqorida kayt etilganidek uchta qabilaga bulinadi. Ulardan seloginolanamolar va polushniknamolar qabilalarining vakillari hozirgi paytda ham yer sharida keng tarqalgan. Lepidodendronomolar qabilasi esa fakat kazilma xolida uchraydi.
Bu sinfnig deyarli hamma vakillarida bargi tilchli bo‘lishi gametofiti reduksiyalanganligi va bir jinsliligi, kupchilik turlarini sporofitlarida tipik ildizdan tashkari rizoforalarga ega bo‘lishi bilan harakterlanadi va likopodiumsimonlar sinfidan farq qiladi.
Selaginelanamolar Selaginellales qabilasi . Bu qabila shu nom bilan ataluvchi birta oila va birgina turkumdan iborat bo‘lib, 700 ga yakin turni uz ichiga oladi . Selaginella turlari asosan tropik va suptropik iklimli rayonla rda tarqalgan utchil O‘simliklardir. Bu qabila vakillari ichida toshlok chullarda uchraydigan kserofit vakillari va botkokliklarda usuvchi turlari ham bor. Sobik SSSR teritoriyasida seloginellaning 8 turi uchraydi.
Qabilaning nomi Sucopulium Selago deb K.Linney tomonidan atalgan turning nomidan olingan. Linney usha davirda selaginellaning sernam , yoruglik kam tushadigan muxitda usuvchi turlarida poyasi nozik ,yashil yoki ba’zan jigarrang bo‘lib ,mayda barglar bilan koplangan .
Quruq va yorug sharoitda moslashgan turlarida esa poyasi dagal va kupincha jigarrang yoki kizil rangli barglari kulrang yashil bo‘ladi.
Seloginellalar novdasining tuzilishiga ko‘ra 2 ta gruppaga ajratiladi: radial simmetrik novdalari bo‘lib (50 ka yakin turlarda), unda barglar speral xolda joylashgan. Kolgan kupchilik (650 tadan) turlarda esa dorzaventrik novdaga ega bo‘lib, ularda barglar turt kator bo‘lib joylashgan .ustki ikki katorini barglari kichik,yontomonidagi ikki kator barglari esa yirik bo‘ladi. Dorza ventral novdali vakillarni kupchiligida geterofiliya xodisasi mavjud.
Barglari oddiy, butun. Barg plastinkasining shakli yumalok, nnashtarsimon .Bargning mezofilida suv utlarnikiga o‘xshash plastidasi mavjud, xromotofor shaklida bargning harakterli belgilaridan yana biri uning yuza tomonini tilchaga ega bo‘lishidir. Bu xol shu qabilaga kiruvchi turlar uchun sistematik belgi vazifasini utaydi. Biroq tilchaning funksiyasi anik emas. Seloginella tuprokka dixotomik shoxlangan ildizi yordamida birikadi .ildizi poyaning asosidan taraqqiy etgan bo‘lishi mumkin yoki yotib usuvchi vakillarida poya buylab joylashgan bo‘lishi mumkin.
Poyaning asosida joylashgan 1- tartib ildizi yer usti vaer osti kisimlaridan iborat.Birinchi tartib ildizning yer ustki qismi biroz yugonlashgan bo‘lib, ildiz tukchalariga ega emas.Ildiz tukchalari I-II va boshka tartib ildizlarning yer osti qismidagina taraqqiy etadi.
I-tartib ildizning pustlok qismi anatomik tuzilishi jihatidan usha O‘simlikning poyasi pustlogini anatomik tuzilishiga o‘xshash bo‘ladi .Xatto tashqi koplagich tukima kavaitda xloroplastlarni ham uchratish mumkin.
II-ildizlarda ildiz kinchalari,ildiz tukchalarini bulmasligi,bazan xlorplastlar xisobidan yashil rangcha bo‘lishi va navbatdagi novdaga aylanishi, ayrim botaniklar tomonidan uni rizofora deb atashga sabab bulgan. Biroq tipik yashil taraqqiy etgan rizoforaga fakat selaginellalarni bizgacha yetib kelmagan vakillarida va ayrim chin polushniklarda bo‘ladi.
Selaginellalar ham vegetativ jinsiz va jinsiy yullar bilan kupayadi. Vegetativ kupayish ayrim vakillarida poyasining ayrim bugimlariga bulinib ildiz otishi yoki ayrimlarida tugunak , piyozchalar yordamida kupayadi. Selaginellalar asosan jinsiz va jinsiy yul bilan kupayadi. Jinsiz kupayishda spora boshoklarida makro, mego yoki mikrosporangiyalar taraqqiy etadi. Spora boshoklari yoki strobila 3mm dan 8 sm gacha uzunlikka ega bo‘lib novdaning uchki qismida taraqqiy etadi.
Sporangiyalar uzini qisqa bandi yordamida sporafilga yopishgan bo‘ladi. Selaginellalar har xil sporali O‘simliklardir. Shuning uchun uning mikrosporangiyasida kup mikdorda kichik mikromeralar hosil bo‘ladi. Mikrosporangiyada esa birta yoki to‘rta makrospora yetiladi.Sporalarning tashqi muxitga tarqalishi sporangiyalarning chatnab yorilishi tufayli sodir bo‘ladi. Qulay sharoitga tushgan mikrospopra usib erkaklik gametofitini hosil etadi. Biroq yosh erkak gametofit bitta vegetativ va bitta anteridiydan iborat gametofit asta- sekin mikropora ichida taraqqiy etib, so‘ngra uning uch nurli kesmali izidan yorib tashkariga chikadi.
Shunday kilib, mikrosporadan taraqqiy etgan reduksiyalangan gametofitni anteriydisidan ikki xivchinli spermatazoidlar birin ketin tashkariga chikarila boshlaydi. Urgochi gametofitning Taraqqiyot i ham xuddi erkak gametofitga o‘xshash bo‘ladi va makrospora pustini ichida joylashgandir. Unda arxegoniy taraqqiy etadi. Namlik yordamida spermatozoidlar kelib arxegoniydagi tuxum hujayrani uruglantirgandan so‘ng hosil bulgan zigotadan yana yangi yosh selaginella usa boshlaydi.
Selaginellalar gametofitning reduksiyalanganligi jihatidan ham plaunlarning birinchi sinfini vakillaridan farq qiladi. Selaginellalarning har xil spora hosil etish va gametofitning reduksiyasini evolyusion jihatidan ahamiyatga ega, ushbu belgilarni taraqqiy etish asta- sekin spora bilan kupayishdan urug yordamida kupayishga utish uchun zamin hozirlagan.
Polushniknomalar-Isietales qabilasi.
Qabilaning nomi grekcha Isos- teng, etes- yil, teng bir yil ma’nosini bildiradi. Ya’ni yil davomida yam-yashil usuvchi.
Bu qabilaga bitta oila Isoetaceal va 2 ta turkum:
1) Polushnik- Isoedes
2) Ctelites-Stulites ga ajratiladi.
Birinchi turkumga (polushnik) 70 ga yakin tur kiradi. Shundan 9 ta turi sobik SSSRda uchraydi. Ikkinchi turkumga esa 2 ta tur kiradi. Bu turkum 1956 yilda Amerikalik botanik Erik tomonidan dengiz satxidan 4750 m balandlikdagi tog ko‘llari buyidan topgan.
Polushnik turlari yer sharida keng tarqalgan. Ular dengiz atrofidagi past tekistliklardan, to baland togli joylargacha tarqalgan.
Ular tropikada ham ma’lum iklim sharoitida ham uchraydi. Suvda o‘sadigan turlari kupincha tinik suvlarda tarqalgan. Ular suvga botgan xolda o‘sadi.
Ayrim turlari kichik suv xavzalarida tarqalgan bo‘lib, suv kurigan paytda barglari kurib poyasini ustini koplab oladi, so‘ng yana suv tuplangan paytda poyasidan yangi barglar hosil kilib Taraqqiyot ini davom ettiradi. Ular orasida sernam tuprokda, botkoklikda uchraydigan vakillari ham bor.
Polushnikning buyi 8dan 90 sm gacha balandlikka ega. Poyasi shoxlanmagan. Yer ustida asosan barglari mavjud.
Polushniklar tashqi kurinishi jihatidan piyozlarga o‘xshash bo‘ladi.
Polushniklarda rizofora mavjud. Rizodermasi ham poyasiga o‘xshash qisqa bo‘lib, ikki bulakli va uning chegarasi poyani asosidagi bargsiz qismi bilan ildiz zonasi oraligi hisoblanadi.
Polushniklarni ildizi popuk ildiz, 15- 20 uzunlikka ega.
Barg joylashishi spiral shaklda. Poyanin eng tashqi tomonidagi barglari makrosporafill, undan so‘ng mikrosporafill, ichkaridagi xali differensiyalanmagan barglari esa vegetativ barglar sanaladi.barcha barglarida tilcha mavjud.
Kishda makro va mikrosporafill barglar hosil bo‘ladi.vegetativ barglari esa tirik koladi va ular mikro va makro sporafillarga aylanadi, ichkari qismidan esa yangi vegetativ barglar taraqqiy etadi. Bularda ham sporafillari asosida mikro va makrosporangiyalar taraqqiy etadi.
Polushniklar ham har xil sporali O‘simliklardir. Shuning uchun ham ularda gametofitlari ham ayrim jinsli va selaginellalarnikiga nisbatan ham reduksiyalangan. Biroq speratazoidlari kup xivchinli. Urgochi gametofitdan bir necha arxegoniy taraqqiy etadi. Uning tuxum hujayralari uruxlangandan so‘ng mo‘rta k taraqqiy etadi va u makrosporani pustini yorib tashkariga chikadi.
Polushniklarning yana bir harakterli belgilaridan poyasining anotomik tuzilishida kambiy kavatining borligidir. Kambiy kavati xisobidan poyasi eniga yugonlashadi. Biroq kambiy hujayralarining bulinishi xisobidan tashqi tomonga gamlovchi parenxima hujayralari, ichkari tomonda esa floema va ksilemalar aralash joylashgan utkazuvchi tukima elementlari hosil bulgan.
Keyingi yillarda sanoat va maishiy xizmat chikindilari xisobidan suvlarning ifloslanishi tufayli suvda usuvchi polushniklarning turlari keskin kamayib bormokda. Shuning uchun ularni relikt yashashjoylarini muxofaza kilish zarur. Aks xolda ularni turlari tabiatdan asta- sekin yukolib boradi. Ularni akvariumlarda manzarali O‘simlik sifatida ustirish mumkin.
Lepidodendronnomolar-Lepidodendronales qabilasi. Bu qabilalarning vakillari tulik kirilib ketgan. Hozirgi vaktda kazilma xolda topilayotgan O‘simlikdir.
Ular kuyi devon davrida paydo bo‘lib toshkumir davrlarida yaxshi taraqqiy etgan. Poleozoy erasining oxiri,mezozoy erasining boshlarida esa kirilib borib,uz urinlarini ochik uruglilarga bera boshlaydi.
Bu qabiladan lepidodendron va sigillariya turkumlarining vakillari keng tarqalgan bulgan.
Lepidodendronlar yirik daraxtlar bo‘lib, buyi 30 m gacha , poyasining asosini diametri 1 m dan ortikrok bulgan.
Ularning poyasining uchki qismi dixotomik shoxlangan bo‘ladi. Barglari bularda ham tilchali bulgan. Barglari tukilgandan so‘ng ularning urni poya va shoxlarda rombsimon formadagi yostikchalari tangacha hosil kilgan. Shundan so‘ng O‘simlikning nomi tangacha daraxt deb atalgan.
Poya kundalang kesimining kariyb 20% ni pustlok tashqil etgan.
Lepidodendronlarda spora boshoklari (strobila) shoxlarining uchida joylashgan bulgan. Ularning uzunligi 50 sm gacha,diametri esa5sm gacha bulgan. Spora boshoklari ikki jinsli bo‘lib, ustki qismida mikrosporafillar, ostki qismida esa makrosporofillar joylashgan.
Perm davriga kelib, lepidodendronlarni ularga nisbatan past buyli va kam shox sigilariyalar almashtirgan. Ularda barglar ingichka bulgan. Tukilgan barglarini ildizlari poyada pechatga(muxrga) o‘xshash shaklga ega bulgan. O‘simlikning nomi ham shundan olingan.
Plaunsimonlar vakillari evolyusiyaning asosiy yunalishi bilan tanishganda ular xayotiy forma jihatidan daraxtsimondan asta-sekin buta va utchil formaga utgan.
Utchil xayotiy formasi esa hozir ham gulli O‘simliklar bilan birga usib kelmokda.
Bundan tashkari kupayish protsessida teng sporalilik har xil sporalilik bilan almashgan va evolyusiya davomida gametofitning reduksiyalanib borganligini kuzatish mumkin. Bu esa uz navbatida lepidospermanamolar qabilasi vakillarida primitiv xolda urugni taraqqiy etishiga olib kelgan.
Фойдаланилган адабиётлар руйхати:
1Жизнь растений. IV-V-VI томлар, 1981.
1Тахтаджян Н.Л. Система флорогения цветковых растений.М, Наука, 1966.
3Камарницкий Н.А ва бошкалар., Ботаника, 1935
4. Сахобиддинов С.Р. Ўсимликлар систематикаси. 2-том «Укитувчи». 1966
Do'stlaringiz bilan baham: |