3- MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TIZIMIDA MODERNIZASIYA JARAYONLARI.
REJA:
3.1. O`zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi isloxotlar. O`zbekiston Respublikasining ta’lim soxasidagi davlat siyosati mazmuni va uni aks ettiruvchi xujjatlar. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni.
3.2. O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi. Ta’lim soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari. Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish xuquqi.
3.3. Ta’lim turlari. Maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim.
3.4. Ta’lim muassasalarining funksiyalari.
O`zbekiston Respublikasida ta’lim muassasalarining o`zaro integrasiyasi va istiqbollari.
Mustaqil ta’lim: O‘qitishda interfaol metodlar.
Tayanch so`z va iboralar: Maktabgacha ta’lim, uzluksiz ta’lim, pedagogik texnologiya, Xalq ta’limi, o‘quv-ishlab chiqarish, ta’lim tizimin, kasbiy ta’lim, usta-shogird.
3.1. O`zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi isloxotlar. O`zbekiston Respublikasining ta’lim soxasidagi davlat siyosati mazmuni va uni aks ettiruvchi xujjatlar. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni.
O‘zbekiston Respublikasningi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilindi va Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan. Ushbu qonun 11 bob 75 moddadan tashkil topgan. 1-bob 1-5-modda, 2-bob 6-22-modda, 3-bob 23-28-modda, 4-bob 29-43-modda, 5-bob 44-46-modda, 6-bob 47-51-modda, 7-bob 52-56-modda, 8-bob 57-61-modda, 9-bob 62-66-modda, 10-bob 67-69-modda, 11-bob 70-75-moddalarni o’z ichiga oladi. Hujjat 1997 yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan “Ta’limtoʻgʻrisida” va “Kadrlartayyorlashmilliydasturitoʻgʻrisida”gi qonunlarni almashtiradi.
Yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha:
birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish;
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaхslar) uchun inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim - oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda oʻzlashtirishni oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtish;
mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta’lim inspeksiyasi), Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.
uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga koʻproq etibor qaratilgan:
ta’lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar;
pedagogik хodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar boʻyicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.
toʻrtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, oʻquv jarayoniga oʻquv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bogʻliq masalalar tartibga solingan. Oʻqishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish meхanizmi bayon etilgan;
beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:
a) birinchilarga quyidagilar kiradi:
nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar Ta’lim inspeksiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta’lim turi uchun alohida beriladi;
ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish – Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran 5 yil davomida akkreditatsiyadan oʻtgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan tashkilotlar maхsus reyestrga kiritiladi, bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining saytiga joylashtiriladi;
хorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat tan olish, shuningdek ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish. Tan olish va apostil qoʻyish ham Ta’lim inspeksiyasi vakolatiga kiradi;
b) Ta’lim inspeksiyasi quyidagilarga haqli:
nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni хabardor qilgan holda;
ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish. Taqdimnoma bajarilmagan taqdirda - ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi sertifikatini bekor qilish.
Bugungi kunda taʼlim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni 2020 yil 23 sentabr kuni qabul qilingan boʼlib, uning maqsadi taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mazkur Qonunga asosan taʼlim sohasidagi asosiy printsiplar, taʼlim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qoʼyildi, unda belgilangan masofaviy taʼlim haqidagi qoidalar oʼquv rejalari va oʼquv dasturlariga muvofiq taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʼnikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmogʼidan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Shuningdek, Qonunga koʼra, davlat oliy taʼlim, oʼrta maxsus, professional taʼlim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, oʼrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan boʼldi. Nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish ularning taʼsischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan boʼldi.
Qonunda dual taʼlimga oid qoidalar belgilanib, u taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʼnikmalarni olishga qaratilgan boʼlib, ularning nazariy qismi taʼlim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa taʼlim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qonunga inklyuziv taʼlim toʼgʼrisidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv taʼlim alohida taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha taʼlim oluvchilar uchun taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga boʼlgan teng imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʼlgan bolalar (shaxslar) uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etadi.
Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va oʼziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonundan tubdan farq qiladi.
Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning maʼlum qismini, albatta, oliy taʼlim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Hususan, Oʼzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarish, oliy taʼlimni modernizatsiya qilish, ilgʼor taʼlim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Xulosa oʼrnida, taʼlim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda oʼzining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng koʼlamda davom ettirish davr talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |