3- mavzu. OʻZbek davlatchilining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari asosiy tushuncha va iboralar


 Oʻrta Osiyoda kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishda Buyuk Ipak yoʻlining oʻrni



Download 32,55 Kb.
bet6/6
Sana30.12.2021
Hajmi32,55 Kb.
#194703
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MwfnTJ0CkDY G11PbVNTUCHsON2ocgZz

3.6. Oʻrta Osiyoda kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishda Buyuk Ipak yoʻlining oʻrni

Buyuk ipak yoʻli miloddan avvalgi I ming- yillikning ikkinchi yarmidan to milodiy XV asrgacha Xitoy, Hindiston, Oʻrta Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda Oʻrta dengiz mamlakatlarini gʻarb bilan tutashtiruvchi savdo-sotiq iqtisodiy va madaniy aloqalarining rivojlanishida asosiy vosita boʻlgan. Nemis sharqshunos olimi Ferdinand fon Rixtgofen 1877- yilda Xitoy nomli asarida bu karvon yoʻllar tarmogʻini avvallari ular orqali asosan ipak va shoyi tashilgani uchun "ipak yoʻli" deb atadi. Keyinchalik “Buyuk ipak yoʻli” atamasini koʻpchnlik tadqiqotchi va olimlar ishlatadigan boʻldilar. Lekin miloddan burungi bir necha asrlar qimmatbaho toshlar tashiladigan “Lojuvard yoʻl” Badaxshonni Eron, Mesopatamiya, Suriya Misr kabi davlatlar bilan bogʻlangan. “Nefrit yoʻli” esa Turkistonni Sharqiy Xitoy bilan bogʻlangan.

Miloddan avvalgi II asr oxiridan boshlab Oʻrta Osiyo bilan Xitoy oʻrtasida muntazam diplomatik va savdo munosabatlari amalga oshirila boshlangan. Xitoy hukmdorlari oʻz elchilarini katta sovgʻa-salomlar bilan nafaqat Oʻrta Osiyoga, balki Buyuk ipak yoʻli orqali Eron Mesopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga ham yuborganlar. Buyuk ipak yoʻlida yangi-yangi shaharlar, karvonsaroylar va savdo nuqtalari bunyod etildi. Oʻrta Osiyo hududlari oʻzining geografik joylashgan mavqeiga koʻra Buyuk ipak yoʻli taraqqiyotida munosib oʻrin egallagan. Chunki, savdogarlar Sharqiy Turkiston, Xorazm, Buxoro, Naxshab, Termiz, Samarqand kabi shaharlarda oʻz mollarini sotib bu hududlardan oʻzlariga kerakli boʻlgan buyumlarni harid qilib qaytar edilar.

Buyuk ipak yoʻli 12 ming km uzunlikda boʻlgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali Oʻrta er dengizi sohillarigacha borgan. Ikkinchi yoʻnalish Markaziy Osiyo orqali Hindistonga olib borgan. Bu yoʻlda qator qadimiy shaharlar joylashgan: Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqalar. Markaziy Osiyo kumushiga ehtiyoj sezgan mamlakatlarga boradigan "Kumush yoʻli" ham boʻlgan. Bu yoʻl Xazar xoqonligi va Bulgʻor davlati orqali Kiev, Rusi va Yevropa mamlakatlariga borgan. U Buyuk ipak yoʻlning shimoliy tarmogʻi hisoblanib, VI asrdan boshlab ishga tushgan.



Fargʻona vodiysida ipak yoʻli ikki tarmoqqa boʻlingan. Birinchisi Oʻzgandan Axsi, qamchiq davoni orqali (yozda) Iloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq boʻlib, oʻzgandan Oʻsh, Quva, Margʻilon, Qoʻqon orqali Xoʻjand, Samarqand, Buxoroga oʻtgan. Asosiy karvon yoʻllaridan tashqari ichki savdo yoʻllari ham boʻlgan. Biri Axsidan Koson orqali Chust vohasiga oʻtgan. Yana biri Pop, Zarkent orqali konchilar qarorgohlari va yaylovlariga borgan. Qurama va Oloy togʻlari qazilma boyliklari va Zarafshon daryosi boyliklari tufayli bu yoʻl tarmogʻi “Oltin yoʻl” deb atalgan.

Bu yoʻl XV-XVI asrlarga kelib oʻzining dastlabki mavqeini yoʻqota bordi. Chunki bu davrlarda dengiz yoʻli kashf etildi, savdo kemalari orqali turli yurtlar bilan bordi-keldi qilinadigan boʻldi. Keyingi asrlarda oʻzaro iqtisodiy va oʻzga munosabatlar birmuncha osonlashdi, yangidan-yangi transport vositalari kashf etildi.
Download 32,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish